Salomatlik Salomatlik Uy sharoitida tromboz paydo bo‘lishining oldini olish yo‘llari

Uy sharoitida tromboz paydo bo‘lishining oldini olish yo‘llari

O'qildi: 255


Uy sharoitida tromboz paydo bo‘lishining oldini olish yo‘llari

Tromboz nima?

Tromboz — tomirlarda qon quyqalari – tromblarning paydo bo‘lishidir. Ular qonning erkin aylanishiga to‘sqinlik qiladi, natijada to‘qima va organlarning gipoksiyasiga, ya’ni kislorod yetishmasligiga, metabolik mahsulotlarning to‘planishiga olib kelishi mumkin. Agar tromb qon tomirlarning 90 foizini blokirovka qilsa, u hujayralar va organlarning to‘yib oziqlanmasligi(ishemiya)va o‘limga(nekroz)sabab bo‘lishi mumkin. Bu o‘z navbatida qon tomirlari kasalliklariga, miokard infarktiga, qorin va retroperitoneal organlarning ishemiyasiga, ekstremitalarning gangrenasiga va odam o‘limiga olib keladi.

Tromboz o‘tkir yoki surunkali bo‘lishi mumkin. Shifokorlar trombozni davolash samaradorligining 50 foizini insonning turmush tarzi bilan bog‘lashadi. Qonning yopishqoqligi, uning turg‘unligi, qon tomirlari devorlarining holati ko‘p jihatdan bizning qanday yashashimiz va ishlashimizga, nima yeyishimizga va o‘z sog‘ligimizga qanchalik e’tiborliligimizga bog‘liq.

Foto: Getty Images

Nima uchun tromboz paydo bo‘ladi?

Kasallikning ikki turi mavjud — arterial, venoz tromboz va uning rivojlanishining uchta asosiy sababi bor.

  1. Qon tomirlari devorining shikastlanishi. Yallig‘lanish, yuqumli kasalliklar, xolesterin blyashkalari hosil bo‘lishi, og‘ir yuk ko‘tarish, tug‘ruq paytida yuzaga kelishi mumkin.
  2. Qon yopishqoqligining o‘zgarishi, qon ivish tizimining buzilishi yoki trombofiliya, giperkoagulyatsiya. Bu noto‘g‘ri ovqatlanishdan, gormonlar muvozanati, metabolik kasalliklar va ba’zi bir autoimmun kasalliklar, genetik moyillik tufayli yuzaga keladi.
  3. Qonning turg‘unligi va qon oqimining sekinlashishi. Bu harakatsiz odamlarda, uzoq vaqt yotoqda yotadigan, avtomobil, samolyot, kompyuterda ko‘p o‘tirishdan rivojlanadi.

Mavzuga doir: Qon tomirlarda tromblar paydo bo‘lganidan darak beruvchi 7 belgi




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.