Xotirada muammo, qo‘l qaltirashi va tashvishlanishga hojat bo‘lmagan boshqa simptomlar
Kasallikni davolagandan uning oldini olgan yaxshi. Aynan shu sabab ham organizmdagi ayrim o‘zgarishlar kuzatilganda shifokorga murojaat qilish kerak. Biroq ba’zida paydo bo‘lgan simptomlar jiddiy kasalliklarga xos bo‘lmasligi mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Ko‘krak sohasida og‘riq
Ko‘pchilik ko‘krak sohasida paydo bo‘lgan og‘riqni yurak xuruji tufayli deb o‘ylaydi. Ammo boshqa simptomlar kuzatilmasa, bemor yosh va unda boshqa yurak kasalliklari bo‘lmasa, bu unchalik xavfli bo‘lmaydi. Aksariyat hollarda bu jig‘ildon qaynashi, stress va asab, hatto qattiq jismoniy zo‘riqish oqibatida ham kuzatilishi mumkin. Og‘riq bir necha kun davom etadigan bo‘lsa, shifokorga tekshirtirib ko‘ring.
Yurak urishining jadallashishi
Ushbu simptom ham har doim ham yurak kasalliklari bilan aloqador bo‘lavermaydi. Taxikardiya stress, suvsizlanish va uyqu yetishmasligi hatto kofein miqdorining oshib ketganidan darak berishi mumkin. Ammo yurakning tez urishi nafas qisishi bilan birga kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘l qaltirashi
Parkinson kasalligiga xos eng ko‘p tarqalgan simptomlardan biri ekaniga qaramay, bu sog‘liqdagi boshqa alomatlardan ham darak berishi mumkin. Qondagi qand miqdorining kam bo‘lishi yoki qalqonsimon bez faoliyatidagi muammolar, shuningdek, kofeinni me’yoridan ortiq iste’mol qilish ham qo‘lning qaltirashiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar ushbu simptom harakatlarning sekinlashishi, diqqat qilishning yomonlashishi va xotira susayishi bilan namoyon bo‘ladigan bo‘lsa, mutaxassisga borishni unutmang.
Xotira bilan bog‘liq muammolar
Xotira bilan bog‘liq muammolar har doim ham demensiya tufayli kuzatilmasligi bunga ba’zida stress ham sabab bo‘lishi mumkin. Ahamiyatli narsalar, masalan, uyga doimiy borish yo‘li, yaqin kishilar qiyofasini unutish esa jiddiy xavotirga sabab bo‘ladi.
Hayz siklining buzilishi
Ushbu holatga homiladorlikdan tashqari, stress, jismoniy zo‘riqish va to‘satdan vazn yo‘qotish ham sabab bo‘lishi mumkin. Ammo bu uch oyga cho‘ziladigan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish lozim.
Suyaklarda g‘ichirlash
Agar og‘riq bilan kuzatilmasa, xavotirlanishga hojat yo‘q. Bu bo‘g‘inlarda havo to‘planishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda maxsus jismoniy mashqlar bajarish, issiq kompress qilish tavsiya qilinadi. Diskomfort va og‘iz bilan birga kuzatilsa, artritning oldini olish uchun ertaroq davo choralarini ko‘rish lozim.
Manba