Salomatlik Salomatlik Nima uchun muzlatilgan go‘shtni mikroto‘lqinli pechda eritib bo‘lmaydi?

Nima uchun muzlatilgan go‘shtni mikroto‘lqinli pechda eritib bo‘lmaydi?

O'qildi: 366


Nima uchun muzlatilgan go‘shtni mikroto‘lqinli pechda eritib bo‘lmaydi?

Hozirgi kunda oziq-ovqatlarni muzdan tushirish funksiyasiga ega bo‘lmagan mikroto‘lqinli pech modelini topish qiyin. Ammo bu haqiqatan ham foydalimi?Mutaxassislar bu bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.

Foto: Legion Media

Go‘shtni muzdan tushirishning eng mashhur ikki usuli — muzlatgichda va mikroto‘lqinli pechda eritish taqqoslansa, mutaxassislar bir ovozdan birinchi usulni tanlashi, shubhasiz. Shotlandiyaning Dandi shahridagi Abertey universiteti professori Kostas Statxopulosning so‘zlariga ko‘ra, mahsulotni bir necha soat davomida 2 dan 6 darajagacha bo‘lgan haroratda eritish kerak. Aks holda oziq-ovqat mahsulotlari xavfli bakteriyalar bilan zarralangani sababli ovqatdan zaharlanish xavfi yuzaga keladi.

Mikroto‘lqinli pechga kelsak, professor Statxopulos bu muzdan tushirishning to‘g‘ri usuli emasligini ishonch bilan ta’kidlaydi. Sovuq harorat yuqumli kasalliklar, jumladan, E. coli bakteriyalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, go‘shtni iliq muhitda to‘satdan eritganda, ularning soni taxminan ikki baravarga ko‘payadi, bu esa turli xil ovqat hazm qilish kasalliklariga olib kelishi mumkin.

Go‘shtni xona haroratida muzdan tushirish ham tavsiya qilinmaydi. Jarayon ko‘p vaqt oladi va go‘sht oshxonada bo‘lgan vaqt davomida millionlab patogen bakteriyalar bilan qoplanadi. Agar to‘satdan mahsulotni pishirish to‘g‘risidagi fikringiz o‘zgarib, uni qayta muzlatib qo‘yadigan bo‘lsangiz, ular o‘ladi deb umid qilmang — eng zararli mikroorganizmlar omon qoladi va go‘shtni iste’molga yaroqsiz holga keltiradi.

Mavzuga doir: 

  • Diyetologlar hech qachon iste’mol qilmaydigan 5 mahsulot
  • Muzlatilgan baliq foydalimi yoki yo‘q?
  • Xitoyda muzlatilgan mahsulotlar o‘ramidan tirik koronavirus topildi
  • Olimlar koronavirus muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqishi mumkinligini ma’lum qildi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.