Salomatlik Salomatlik Saratonning e’tiborsiz qoldirish mumkin bo‘lmagan dastlabki 10 ta belgisi

Saratonning e’tiborsiz qoldirish mumkin bo‘lmagan dastlabki 10 ta belgisi

O'qildi: 379


Saratonning e’tiborsiz qoldirish mumkin bo‘lmagan dastlabki 10 ta belgisi

Barchaga ma’lumki, saraton kasalligidan vafot etayotgan bemorlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Sababi ko‘pchilik kasallikning ilk alomatlariga e’tiborsizligi tufayli hayotini xavf ostida qoldiradi.

Foto: IZ

Saratonning umumiy belgilari

Gemoglobin darajasining kamligi

Gemoglobin – bu kislorodni tana a’zolariga yetkazib beradigan qondagi oqsildir. Gemoglobin darajasining keskin pasayishi saraton kasalligining belgisi bo‘lishi ham mumkin. Biror sabab tufayli tahlil uchun qon topshirgan har qanday bemor, eng avvalo, gemoglobin darajasiga e’tibor qaratishi lozim. Bordi-yu, gemoglobin atigi 70-80 darajani tashkil etsa, darhol onkologga murojaat qilish zarur.

Og‘riq

Tanada kuzatiladigan har qanday og‘riqning, albatta, sababi bor. Masalan, orqa qism odatda noodatiy yoki noto‘g‘ri jismoniy harakatlar tufayli og‘riydi. Masalan, sport bilan shug‘ullanishni istagan, ammo murabbiysiz mustaqil mashq qilishga qaror qilgan inson jismoniy tomondan tanani zo‘riqtirib qo‘yishi shubhasiz. Shuningdek, og‘riq sababsiz paydo bo‘lsa, uzoq vaqt davomida o‘tib ketmasa va dori vositalari yordamida bartaraf etilmasa, shifokor ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.

Vazn kamayishi

Ushbu alomat ko‘pincha kasallikning keyingi bosqichlarida namoyon bo‘ladi, ammo ertaroq paydo bo‘lishi ham mumkin. Stressli holat, parhez tutish va sport bilan shug‘ullanmasdan ham vazn kamayishi to‘satdan kuzatilsa, bu onkolog bilan bog‘lanish uchun muhim sababdir. Bemorning ishtahasi yo‘qoladi va suvsizlik tufayli vazn tezlik bilan kamayib boradi. Bu asosan o‘smaning tananing boshqacha ishlashiga olib kelishi sababli sodir bo‘ladi, ya’ni metabolizmni buzadi va ko‘p miqdorda vazn yo‘qotishiga olib keladi. To‘satdan sezilarli darajada ozish – go‘zallik belgisi emas, balki saratonning ilk alomatlaridan biridir.

Holsizlik

Saratonning dastlabki bosqichlarida bemor odatiy kundalik ishdan so‘ng tezda charchashi mumkin. Bu o‘smaning tanani zaharlashi, uni biologik faol moddalar ishlab chiqarishi va odatdagi jarayonlarni o‘zgartirishi sababli sodir bo‘ladi.

Tez-tez kasallikka chalinish

Saraton kasalligining boshlanishi bilan bemorning immuniteti zaiflashadi va virus hamda infeksiyalarga qarshi kurasha olmaydi. Bordi-yu, issiq mavsumda ham tez-tez kasal bo‘lish kuzatilsa, ayniqsa, konditsioner tufayli bo‘lmasa, shifokor tekshiruvidan o‘tish zarur. Ushbu alomat ham saratonning dastlabki bosqichida o‘zini namoyon qilishi mumkin, ammo uni farqlash biroz qiyin bo‘ladi.

Sariqlik

Zaharlanish yoki biron bir jiddiy kasallik bo‘lsa, jigar o‘z vazifasini to‘liq bajarishni to‘xtatadi, hajmining kattalashishi unga xalaqit beradi. Ushbu vaziyatda teri rangsizlanadi va sarg‘imtir tusga kira boshlaydi. Ba’zida kasallik alomati sifatida teri qorayadi va sochlar tez o‘sishi ham mumkin.

Saratonning alohida belgilari

Terining qalinlashuvi

Buni ko‘krak qafasi terisida aniqlash oson, boshqa hollarda faqatgina shifokor yordamida holatga oydinlik kiritish mumkin. Ammo teri ostida shish paydo bo‘lsa, kechikmasdan shifokorga murojaat qilish zarur.

Qon ketishi

Qon ketishi ichki organlarning noto‘g‘ri ishlayotganining belgisidir. Yo‘tal, qayt qilishi vaqtida qon ketishi mumkin, bunga, albatta, e’tiborli bo‘lish lozim. Shuningdek, tananing ko‘karishi ham saratonning belgisi bo‘lishi mumkin. Jarohatlardan so‘ng ko‘karishlar bir necha hafta ichida yo‘qolmasa, bu ham organizmdagi qandaydir muammodan darak beradi.

Yo‘tal va xirillash

Yo‘tal va ovozning o‘zgarishi nafas olish tizimida rivojlanayotgan saratonni ko‘rsatishi mumkin, ayniqsa u qon bilan kuzatilayotgan bo‘lsa. Albatta, bunday alomatlarga yallig‘lanish va yuqumli kasalliklar sabab bo‘lishi mumkin, ammo buning oldini olish yaxshiroqdir. Agar yo‘tal va nafas qisilishi ikki haftadan ko‘proq davom etsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Xollarning ko‘payishi

Agar xol hech qanday sababsiz o‘sishni boshlasa, shakli va rangini o‘zgartirsa,  uni shifokorga ko‘rsatish zarur. Ehtimol, bu xol emas, balki teri saratoni kasalligidir. Agar terida g‘alati izlar yoki notekis xollar paydo bo‘lsa, onkologga murojaat qilish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.