Och qolish shart emas: Parhezga o‘tirish yaxshi fikr emasligini isbotlovchi sabablar
Ilmiy tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, “ochlik” diyetalari sizni baxtli yoki sog‘lom qilmaydi, balki faqat yangi muammolarni tug‘diradi xolos.
Yana qaytadan vazn yig‘asiz
Foto: Stock AdobeTadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 95 foiz odamning diyetasi “muvaffaqiyatsiz” tugaydi. Ko‘pchilik vazn yo‘qotishga muvaffaq bo‘ladi, lekin vaqt o‘tishi bilan ular qayta vazn yig‘adi, hatto bir necha kilogrammga ham semiradi. Buning ilmiy izohi bor: “Diyetadaligingizda taomlar yanada ishtahaochar bo‘lib ko‘rinishni boshlaydi. Ochlik hissini uyg‘otadigan gormonlar darajasi oshadi, to‘yish uchun javob beradigan gormonlar darajasi esa aksincha, kamayadi. Metabolizm sekinlashadi, organizm kaloriyalarni yog‘ sifatida to‘play boshlaydi”, — deydi ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Treysi Mann Psychology Today nashriga bergan intervyusida.
Ijtimoiy hayotdan uzilasiz
Foto: Stock AdobeQattiq diyetada bo‘lganimizda fikrlarimiz va jadvallarimiz faqat ovqatlanish, kaloriyalar va o‘lchovdagi raqamlar atrofida aylanadi. Do‘stlar bilan uchrashuvlarga bormaymiz, kecha chunki pitssa bilan yakunlanishi mumkinligini bilamiz. Chinakam zavqlanadigan mashg‘ulotlar o‘rniga sport zalida qattiq ishlashni afzal ko‘ramiz. “Mukammal tana” shunga arziydimi?Bu savolga imkon qadar tez va xolis javob berishingiz muhim.
Baxtli bo‘lolmaysiz
Foto: Stock AdobeKo‘pchilik o‘zi orzu qilgan vaznga erishgandan so‘ng darhol baxtli bo‘lishlariga ishonishadi. Biroq har doim ham shunday bo‘lavermaydi. “Hech qanday maqsadning tashqi yutug‘i xursand qilmaydi. Siz vazn yo‘qotish hayotingizni avtomatik ravishda o‘zgartiradi deb o‘ylaysiz, lekin hayotingiz avvalgidek qolishi ham mumkin”, — deb ogohlantiradi klinik psixolog Andrea Bonior.
Sog‘lig‘ingiz ham yaxshilanmaydi
Foto: Stock AdobeTadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ortiqcha vaznli yoki o‘rtacha semirib ketgan odamlar kamida normal vaznli odamlar kabi uzoq va ko‘pincha ulardan ham ko‘proq yashaydilar. Salomatlikni xatti-harakatlarni o‘zgartirish orqali yaxshilash ham mumkin”, — deb yozadi doktor Linda Bekon va doktor Lyusi Aframor The Nutrition Journal’idagi maqolalarida.
Agar “ochlik” diyetaga rioya qilgan holda vazn yo‘qotsangiz, ilgari bo‘lmagan muammolarga duch kelishingiz mumkin. Masalan, oshqozon-ichak traktining buzilishi yoki gormonal yetishmovchikik kabi.
Mavzuga doir:
- Homiladorlikda nega jig‘ildon qaynaydi va undan qanday qutulish mumkin?
- ]Doimiy charchoq hissi bilan qanday kurashish kerak?
- Oshxona hamda hammomda uchraydigan mog‘or qanchalik xavfli va u qanday kasalliklarga olib kelishi mumkin?
Manba