Faqat choy uchun emas: Yalpizning 5 foydali xususiyati
Yalpiz nafaqat choy va shirinliklarni mazali bo‘lishiga hissa qo‘shishi, balki salomatlikka ham ijobiy ta’sir qilishi mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Qorin bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilishga yordam beradi
Oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq boshqa muammolar sabab bo‘ladigan og‘riq va spazmni yalpizdan tayyorlangan yog‘dan foydalanib kamaytirish, hatto butkul bartaraf qilish mumkin. Tarkibidagi metanol tinchlantiradi, og‘riqni kamaytirib, yengillikni his qilishga sabab bo‘ladi. Maxsus qo‘shimchalar eng yaxshi ekaniga qaramay, yalpizli vosita ham foydali bo‘lishi mumkin. Ammo spazm 1 soatdan uzoq cho‘ziladigan bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Yallig‘lanishni kamaytiradi
Yalpizda antioksidantlik xususiyatiga ega bo‘lgan fitonutriyentlar bisyor bo‘ladi. Ular hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi. Shuningdek, yalpiz tarkibidagi yallig‘lanishga qarshi birikmalar surunkali yallig‘lanish rivojlanishining oldini oladi.
Immunitetni mustahkamlaydi
Chorak stakan yalpiz hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladigan A vitamining kunlik dozasini yarmi hisoblanadi. Bu yurak, diabet va saratonning ayrim turlari singari surunkali kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.
Bakteriyalarni o‘ldiradi
Yalpizdan tayyorlangan efir yog‘ida xavfli bakteriyalarni paydo bo‘lish xavfini kamaytirishga yordam beradigan karvon va limonen birikmasi mavjud bo‘ladi. Shu sabab ham yalpizni taomga qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Tuzni kam miqdorda iste’mol qilishga yordam beradi
Ba’zida shunchaki tuz iste’mol qilishni kamaytirish buyraklar faoliyati yaxshilanishi va vazn tashlashga yordam beradi. Yalpiz qo‘shish taom va salatlarni mazali qilgani sabab qo‘shimcha tuz qo‘shishga hojat qolmaydi.
Manba