Kompyuterda ishlash natijasida paydo bo‘lgan bo‘yin og‘rig‘idan qanday qutulish mumkin?
Bo‘yin sohasidagi og‘riq hissi — kunning ko‘p qismini kompyuterda yoki qo‘lida gadjetlar bilan o‘tkazadigan zamonaviy odamning muammolaridan biridir.
Foto: Getty ImagesBo‘yin juda katta og‘irlikni ko‘taradi, chunki tik holatda turgan odam boshining o‘rtacha vazni taxminan 5 kg bo‘lsa, u holda 45-60 daraja burchak ostida egilganda bu og‘irlik bo‘yinga 25-30 kilogrammdek tuyuladi.
Boshni tik tutish yoki egish uchun bo‘yin takroriy kuchlanishlarni qabul qiladi. Agar bo‘yin mushaklarida spazm bo‘lsa, unda qon aylanishi va yuz to‘qimalarida limfa faoliyati buziladi. Natijada iyakning ajralishi, ajinlar, yuzning ovallashuvi sodir bo‘ladi. Bunday vaziyatda bo‘yin uchun maxsus mashqlar yordam berishi mumkin. Bo‘yin mashqlari 10-15 daqiqadan ko‘proq vaqtni oladi, ularni kun davomida qilish mumkin.
Yuqoridagi mashq bo‘yin egriligini bosqichma-bosqich tiklash, bo‘yinning barcha qismidagi kuchlanishni yo‘qotish, bo‘g‘iz sohasidagi bosim va shishishni kamaytirishga imkon beradi. Mashqni 1 daqiqa davomida bajaring.
Ayniqsa, kompyuterda ishlaganda mushaklar spazmi tez shakllanadi, bu esa bo‘yin sohasida taranglik va og‘riq hissi paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun dastlab qilinishi kerak bo‘lgan narsa — bo‘yin va belni qo‘llab-quvvatlaydigan maxsus ortopedik stul sotib olish orqali ish joyini to‘g‘ri tashkil etishdir. Kreslo va stolingiz balandligi, kompyuter monitoringi va klaviaturaga egilish holatini muvozanatlashtiring.
Bunday hollarda gavdani to‘g‘ri tutish ham muhim ahamiyatga ega: bo‘yningizni oldinga cho‘zishdan saqlaning — monitorga egilmaslikka harakat qiling va belingizni tik tuting. Yelkalar bo‘shashgan holda bilak va qo‘llaringiz tekis tursin. Kun davomida oz bo‘lsa ham, tanaffuslar qilishni unutmang.
Mavzuga doir:
- Ko‘zlarning tez charchashiga olib keladigan zararli odatlar
- Yurak faoliyatini yaxshilaydigan 7 mahsulot
- Revmatizm rivojlanayotganidan darak beruvchi simptomlar
- Teri va soch holatining yomonlashishiga olib keladigan mahsulotlar
Manba