Salomatlik Salomatlik Bo‘yin sohasidagi zo‘riqishni bartaraf etishga yordam beradigan 3 tavsiya

Bo‘yin sohasidagi zo‘riqishni bartaraf etishga yordam beradigan 3 tavsiya

O'qildi: 359


Bo‘yin sohasidagi zo‘riqishni bartaraf etishga yordam beradigan 3 tavsiya

Nafaqat tashqi ko‘rinish, balki salomatlikdagi jiddiy muammodan qutulish uchun nima qilish kerakligi haqida mutaxassis Aleksey Ulishenko javob berib o‘tadi.

Foto: Marie Claire

Ushbu muammoga yechim topish uchun mahalliy og‘riqqa qarshi kurashishning o‘zi kifoya qilmaydi. Dastlab kelib chiqish sabablarini aniqlashtirib olish kerak.

Bukchayib qolish

Yelka va bo‘yin sohasida zo‘riqish va oldinga egilish holati kuzatiladimi?Gap shundaki, bo‘yin va yelkalar tayanch apparatining bir qismi hisoblanadi. Organizmda esa hamma narsa bir-biri bilan aloqador. Agar umurtqaning pastki qismlarida muammo bo‘lsa, bu yuqori qismlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Odam boshini atigi 15° egsa, bo‘yinlar zo‘riqishi ikki karra ko‘payadi. 60° bo‘lganda esa zo‘riqish tobora ortadi. Oqibatda og‘riq va og‘irlik seziladi. Aynan shu sabab ham kitob o‘qiganda yoki kompyuter qarshisida boshingizni tik tutishga harakat qiling.

Ko‘p o‘tirish

Kunini, asosan, o‘tirib o‘tkazadiganlarda ham xavf yuqori bo‘ladi. Aynan shu sabab ish orasida yengil mashqlarni bajarishga harakat qiling.

Sal narsaga tashvishlanish

Xavotir va tashvishlanganda ham yelkalarni qisib olish kuzatilishi mumkin. Shuni yodda tutgan holda tinchlanish va ortiqcha asabiylashmaslikka harakat qiling. Unutmang, hamma narsaga yechim topsa bo‘ladi. Hal qilib bo‘lmaydigan muammoni esa ortga tashlash kerak.

Diskomfort va zo‘riqishning qanday xavfi bor?

Bo‘yin sohasidagi diskomfort muammo tananing boshqa qismlarida ham kuzatilayotganidan darak beradi. Ushbu tana qismidagi qon aylanishi yuzdagi qon tomirlar uchun kislorod va ozuqa manbai hisoblanadi.

Agar mushaklar qisilib tursa, mikroelementlar bilan ta’minlanishda muammo kuzatiladi. To‘qimalarning qon bilan ta’minlanishi qiyinlashadi, limfa bosh sohasida to‘planib, shishlar paydo bo‘ladi. Buning hisobiga yuz tuzilishida o‘zgarish kuzatiladi, ko‘rish qobiliyatida muammo kuzatiladi, ajin paydo bo‘lib, bosh og‘rig‘i bezovta qiladi.

Bo‘yinlardagi zo‘riqishni bartaraf qilishga yordam beruvchi mashqlar

  • Qo‘llarni bo‘yin va ko‘krak qafasi sohasiga qo‘yib, chuqur nafas oling. Bu vaqtda qo‘lingiz zo‘riqish kuzatilayotgan sohaga tegib tursin. Spazm bo‘yinning orqa qismida bo‘lsa, boshni oldinga eging.
  • Mushaklarni massaj qilish ham yaxshi samara beradi. Bo‘yinning orqa qismini yengil harakatlar bilan massaj qiling.
  • Bo‘yin sohasida qo‘llarni birlashtirib, boshingizni oldinga va orqaga buking. O‘nga va chapga qarang. Agar o‘zingizni yengil his qilsangiz, demak mashqni to‘g‘ri bajargan bo‘lasiz.
  • Qo‘llarni bo‘yin sohasidan olmasdan turib, boshni aylanma harakatlantiring. Bo‘yin sohasidagi mushaklarning maksimal cho‘zilishiga e’tibor qarating. Orqa va oldinga aylanma harakatlarning har biri 2 daqiqa davom etishi kerak.
  • Bo‘yinning chap qismini ushlab, ensa va quloqni o‘ng tomonga buking. Keyin xuddi shu mashqni bo‘yinning o‘ng tomonida bajaring.
Doimiy ravishda mashqlar bajarilsa, ijobiy natija seziladi. Yanada yaxshi samara berishi uchun esa faqat bo‘yin emas, yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarga ham ahamiyat berish kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir:

  • Margarin, kolbasa va organizm qarishini tezlashtiradigan boshqa mahsulotlar
  • Ellik yoshdan oshgan insonlarga har kuni iste’mol qilish tavsiya etiladigan 9 mahsulot
  • Uzoq umr ko‘rishga yordam beradigan 8 ta kundalik odat


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.