Salomatlik Salomatlik Kasallikka kamroq chalinish uchun ko‘proq nimalar iste’mol qilish kerak?

Kasallikka kamroq chalinish uchun ko‘proq nimalar iste’mol qilish kerak?

O'qildi: 276


Kasallikka kamroq chalinish uchun ko‘proq nimalar iste’mol qilish kerak?

To‘g‘ri ovqatlanish immunitetga ta’sir qiladi. Sog‘lom ovqatlanish odatlari nafaqat vaznni barqarorlashtirishi, balki kayfiyat bilan ham bog‘liqdir. Mahsulotlar tarkibida qanday vitaminlar borligi va ratsionda tuz va shakar miqdorini qanday qilib nazorat ostida ushlab turish haqida quyida tanishib chiqish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Kamroq kasal bo‘lish uchun nima iste’mol qilish kerak?

Sog‘lom ovqatlanish organizmning immunologik reaktivligini oshirishi, ya’ni uni virus va bakteriyalarga chidamli bo‘lishiga olib keladi. Bu yerda eng muhim tamoyillardan biri bu yetarli miqdordagi oqsil, yog‘, uglevod, vitamin(A, D, C vitaminlari, B guruhi, ß-karotin), mineral(kalsiy, magniy, fosfor va boshqalar)va mikroelement(rux, selen va boshqalar). Vitaminlar va minerallar orasida C, E, D vitaminlari immunitet tizimining normal ishlashida alohida ahamiyat kasb etadi.

C vitamini(askorbin kislotasi) sabzavot, meva va o‘simliklarda bo‘ladi. Masalan, qora olxo‘ri, bulg‘or qalampiri, petrushka, arpabodiyon, gulkaram va oq karam, turshak, ismaloq, yashil piyoz, apelsin, qulupnay tarkibida mavjud.

E vitaminining asosiy manbalari o‘simlik moylari kungaboqar, makkajo‘xori, soya va boshqalar, yong‘oq, bodom, yeryong‘oq va dukkakli ekinlar hisoblanadi.

D vitamini. D vitaminining manbalari jigar, baliq, sariyog‘ va tuxumdir.

Temir Fe. Temir go‘sht, jigar, qo‘ziqorinlarning barcha turlarida uchraydi.

Sink Zn. Sinkni mol go‘shti, pishloq, dukkakli o‘simliklar hamda yong‘oqlardan olish mumkin.

Selen Se. Selenning asosiy manbalari makaron mahsulotlari, go‘sht, baliqlar va dengiz mahsulotlari, pishirilgan mahsulotlar, sarimsoq va tuxum sarig‘idir.

Magniy Mg. Magniyga boy mahsulotlarga dukkaklilar, kepak noni, yong‘oqlar, quritilgan mevalar(quritilgan o‘rik, anjir)kiradi.

Tuz va shakar: salomatlikka zarar keltirmaslik uchun qancha miqdordan iste’mol qilish kerak?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti parhezda tuz va shakar miqdorini nazorat qilishni tavsiya qiladi. Haddan tashqari ortiqcha shakar yurak xastaligi xavfini va qon bosimini oshirishi mumkin. Gap faqatgina tuz va shakarning alohida iste’molida emas, balki supermarket rastasidan joy olgan bir qancha mahsulot haqida ketmoqda.

Qanday qilib tuzni ozroq iste’mol qilish mumkin?

  • Kuniga tavsiya etilgan tuz miqdori: 5 gramm — 1 choy qoshiq.
  • Tuzni ovqat pishayotganda emas, balki tayyor bo‘lgach qo‘shish kerak.
  • Tuzni dasturxondan olib qo‘ygan yaxshi, lekin qalampirni qoldirish mumkin.
  • Tuzni ko‘kat va ziravorlar bilan almashtirish ta’mni mukammal darajada ta’minlaydi.
  • Salatlarga tuz o‘rniga limon sharbati qo‘shish mumkin.
  • Bulyon, sous, yarim tayyor va fastfudlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Qanday qilib shakarni ozroq iste’mol qilish mumkin?
  • Kuniga tavsiya etilgan shakar miqdori: 25 gramm — 5 choy qoshiq.
  • Shirin gazli ichimlik va qadoqlangan sharbatlarni ichish tavsiya etilmaydi.
  • Choy va qahvani shakarsiz ichishga odatlanish zarur.
  • Ratsiondan sous, yarim tayyor ovqat, konservalarni chiqarib tashlash kerak.
  • Mahsulot yorlig‘idagi ingrediyentlarni diqqat bilan o‘qish zarur.
  • Pishiriqlar sonini haftasiga 1—2 tagacha kamaytirgan ma’qul.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.