Salomatlik Salomatlik Umrni uzaytiradi, yoshlikni saqlab qoladi: qahvaning sog‘liq uchun 10 ta foydasi

Umrni uzaytiradi, yoshlikni saqlab qoladi: qahvaning sog‘liq uchun 10 ta foydasi

O'qildi: 288


Umrni uzaytiradi, yoshlikni saqlab qoladi: qahvaning sog‘liq uchun 10 ta foydasi

Bir finjon qahvasiz uyg‘onolmaslik va ish kunini xushbo‘y ichimliksiz tasavvur qila olmaslik mumkinmi?Bu umuman yomon odat emas, qahva nafaqat tetiklantiruvchi ichimlik, balki sog‘liq va farovonlikni yaxshilashning oson usuli hisoblanadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Lekin muhim qoidalarni unutmaslik lozim. Birinchidan, kislotalilik bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, uyqu rejimi buzilsa, xavotirga tushish yoki kofeinga sezgirlik juda yuqori bo‘lsa, qahva ichish tavsiya etilmaydi. Ikkinchidan, shakarsiz, siropsiz va boshqa moddalarisiz qora qahvani ichish kerak. Aks holda foyda o‘rniga zarar keltirishi hech gap emas. Va nihoyat, uchinchidan, iloji bo‘lsa, tavsiya etilgan kunlik me’yor – 400 mldan oshmasligi kerak.

Qahva nimasi bilan foydali?

Metabolizmni yaxshilaydi

Kofein nafaqat insonni, balki metabolizmni ham faollashtiradigan yengil stimulyatordir. Ammo, albatta, bu faqat shakarsiz qora qahva uchungina to‘g‘ri keladi. Shunchaki bir qoshiq shakar qo‘shish orqali vaznni kamaytirish emas, balki oshirish mumkin.

Qandli diabet xavfini kamaytiradi

2013-yilda chop etilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kuniga ikki stakan qora qahvani shakarsiz ichgan ayollarda diabetga chalinish xavfi boshqa ichimliklarni afzal ko‘rganlarga qaraganda 12 foizga kam. Aytgancha, erkaklarda ushbu ko‘rsatkich kamroq foizni tashkil etadi.

Antioksidantlarga boy tarkib

2004-yilgi tadqiqotga ko‘ra, qahva ratsiondagi antioksidantga boy ichimlik hisoblanadi. Haqiqat shundaki, u xlorogen kislotalarga boy bo‘lib, ular ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish va glaukoma xavfini kamaytiradi. Chunki u retinaning yosh bilan bog‘liq zararlanishining oldini oladi.

Asab tizimi uchun foydali

Bir finjon qahva tarkibida hujayralar energiya ishlab chiqarishiga yordam beradigan va asab tizimini boshqaradigan vitamin – riboflavinning kuniga tavsiya etilgan miqdorining 14 foizi mavjud.

Jismoniy ko‘rsatkichni yaxshilaydi

Sport zalida ko‘proq vaqt o‘tkazadiganlar diqqatiga: jismoniy mashqlar oldidan bir finjon qahva ichish tavsiya etiladi. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kofein sportdan zavqlanishga yordam beradi va jismoniy mashqlar osonroq hamda yoqimli ko‘rinadi.

Yurakni himoya qiladi

Bundan tashqari, qahva qon tomirlari tiqilib qolishining oldini olishga yordam beradi. Kofein haqiqatan ham qon bosimining qisqa muddatli ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa-da, bu ta’sir uzoq davom etmaydi, yurak va qon tomirlarining sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Shifokorlar qon bosimi yuqori bo‘lgan odamlarga qahva ichishda ehtiyot bo‘lishni va o‘zlarini yomon his qilsa, ichmaslikni maslahat beradi, ammo bu ichimlikdan butunlay voz kechish kerak degani emas.

Depressiya xavfini kamaytiradi

JAMA Internal Medicine’da nashr etilgan o‘n yillik tadqiqot shuni tasdiqladiki, qahvani muntazam iste’mol qilish haqiqatan ham depressiya xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, yaqinda Garvard universiteti nevrologlari yangi sharhini e’lon qildi, unda qahva potensial depressiya xavfini 33 foizga kamaytirishi mumkinligi aytilgan.

Ko'krak bezi saratoni xavfidan himoya qiladi

2015-yilgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kuniga ikki yoki undan ortiq finjon qahva ko‘krak bezi saratoni xavfini kamaytiradi. Qahva o‘smaning o‘sishini bosadi va saraton kasalligining qaytalanish xavfini kamaytirishi mumkin. Chunki kislotalar va kofein saraton hujayralariga ta’sir qilishi va ularni davolashga moyil.

Teri saratonidan asraydi

Navbatdagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qahva va choydan olingan kofein melanoma xavfini kamaytirishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Biroq, quyosh nurlaridan himoya qiluvchi vositalardan foydalanish samaraliroq, albatta.

Xotirani mustahkamlaydi

Bir necha yil oldin Nature Neuroscience’da nashr etilgan tadqiqot kofein qabul qilingandan keyin 24 soat ichida bemorlar o‘zining xotiralarida yangi ma’lumotlarni saqlash qobiliyatini yaxshilanganligini tasdiqladi. Bundan tashqari, kofeinning dozasi odatdagidek muhim emas: kuniga atigi bir stakan qahva xotira uchun ancha foydali bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.