Salomatlik Bolalar Bola kelajakda muvaffaqiyatga erishishi uchun unga nimalarni o‘rgatish kerak?

Bola kelajakda muvaffaqiyatga erishishi uchun unga nimalarni o‘rgatish kerak?

O'qildi: 376


Bola kelajakda muvaffaqiyatga erishishi uchun unga nimalarni o‘rgatish kerak?

Har bir ota-ona o‘z farzandiga yaxshilik tilaydi. Lekin bitta yomon tomoni bor: bolani kelajakka tayyorlashni chin ko‘ngildan orzu qilgan holda biz uni tajribalarimiz asosida tarbiyalaymiz. Va bu tajribalarimiz o‘zimiz bilan birga qanchalik tez eskirayotganini o‘ylab ham ko‘rmaymiz.

Foto: Shutterstock

Bolaga nimalarni o‘rgatish kerak?

1. Yodlab olmaslik

Yodda saqlash qobiliyati bo‘yicha odamlar allaqachon kompyuter va robotlardan yengilgan. 10 yil davomida maktab o‘quvchisining boshiga nazariy jihatdan joylashtirish mumkin bo‘lgan bilimlar hajmi 1 Gb dan oshmaydi.

Kompyuterlarga kelganda esa, alohida olingan elektron hisoblash moslamasining xotirasi shu yili 160 Tb ga yetdi.

Demak, agar siz ilgarigidek farzandingizning xotirasini keraksiz ma’lumotlar bilan to‘ldirish kerak deb hisoblasangiz, unda shuni unutmangki, sizning bolangiz hozirdanoq mashinalardan yutqazib bo‘ldi. U o‘zining hamma vaqtini va kuchini keraksiz ma’lumotlarni yodlashga sarfladi, uning tengdosh raqiblari esa bu vaqt ichida boshqa muhimroq malakalarga ega bo‘ldi.

2. Yangi narsalar uchun ochiq bo‘lish

Bolaning maktab yillaridan oladigan eng muhim malakasi — o‘rganishga bo‘lgan qobiliyat va xohish.

Buning uchun esa ta’lim olish jarayonini o‘quvchi uchun og‘ir va qo‘rqinchli yuk bo‘lmaydigan qilib tashkillashtirish juda muhim hisoblanadi.

3. Haqiqiy qiziqarli narsalarga e’tibor qaratish

Hozirgi vaqtda yotiq holatdagi mavqega erishish birinchi o‘ringa chiqdi. Bu yuqoriga ko‘tarilishga intilmasdan, o‘ziga yoqadigan ish bilan shug‘ullanishni bildiradi. Bunda siz mukammallashib borasiz, sizning asarlaringiz kundan-kunga yaxshilanib boradi.

Bironta ham robot buyumni yasashda odam kabi unga o‘z mehrini bera olmaydi. Demak, oxir-oqibat aynan o‘sha mehr qo‘yilgan ish farzandingiz uchun hayotda o‘z o‘rnini yo‘qotishdan saqlab qoluvchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

4. Imkoniyatlarni ko‘rish

Martabasini oshirishga 15—20 yil ajratilgan o‘tmishdagi odam uchun bir-ikki yil sustkashlik qilish — bu juda jiddiy muddat. Kelajak odami uchun esa bir-ikki yil — bu hamma tomonga nazar tashlash va boshqa istiqbollarni ko‘rish imkoniyati hisoblanadi.

Manba: “Layfxaker”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.