Salomatlik Salomatlik Made in Japan: Yaponcha parhez nima va unga amal qilish orqali qanday natijaga erishish mumkin?

Made in Japan: Yaponcha parhez nima va unga amal qilish orqali qanday natijaga erishish mumkin?

O'qildi: 386


Made in Japan: Yaponcha parhez nima va unga amal qilish orqali qanday natijaga erishish mumkin?

Amal qilish orqali bir necha hafta davomida 8 kilogacha vazn tashlash mumkin bo‘lgan mashhur yaponcha parhez haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Getty Images

Yaponcha parhez nima o‘zi?

Ta’kidlash joizki, yaponlarning o‘zi ratsionini parhezbop deb hisoblamaydi. Bu ular uchun shunchaki sog‘lom va yosh qolishga yordam beradigan(statistika ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya eng uzoq umr ko‘rish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi va semirishdan aziyat chekadigan ayollar sezilarli darajada kam)ovqatlanish tizimi xolos. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, yaponcha parhez bu barcha uchun sevimli bo‘lgan sushi, dengiz mahsulotlari va souslar emas, sog‘lom va balansli ovqatlanish demakdir.

Barcha taomlar asosida oqsil bo‘ladi, shuningdek, go‘sht va sut mahsulotlari ratsiondan o‘rin olmaydi. Qolaversa, yaponlar shirinliklarni deyarli iste’mol qilmaydi, buning o‘rniga mevalar tanovul qilishni afzal biladi. Umuman olganda ushbu millat vakillari taom va ovqatlanishga o‘zgacha yondashadi: yeguliklar chiroyli idishlarga solinadi, dasturxon did bilan bezatiladi, ovqatlar porsiyasi kam, mevalar ham faqat barra bo‘ladi. Aksari taomlar bug‘da pishiriladi.

Foto: Elle

Qaysi mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin?

Guruch

Uncha ko‘p bo‘lmagan miqdordagi guruchni hatto nonushtaga ham iste’mol qilsa bo‘ladi. Tarkibida yog‘ kam bo‘lgan ushbu mahsulotda to‘qlik hamda ochlik hissini yo‘q qilishga javob beradigan uglevodlar bisyor bo‘ladi. E’tibordan qochirmaslik kerak bo‘lgan jihati — yaponlar guruchni o‘simlik yog‘i va sariyog‘siz tayyorlaydi.

Baliq

Losos, tunets, forel, sardina singari yog‘li baliqlar iste’mol qilish kanda qilinmaydi. Ushbu mahsulot tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotasi suyaklar va yurak-qon tomir tizimi ahvoli, miya faoliyatini yaxshilaydi.

Sabzavotlar

Yaponlar ratsionini sabzavotlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hech bir tanovul aksariyat hollarda suvda dimlanadigan 4-5 xil sabzavotli taomsiz bo‘lmaydi.

Tuxum

Tuxum tarkibidagi to‘yinmagan yog‘ kislotalari organizmdagi to‘plangan yog‘larni bartaraf qilishga yordam beradi.

Ko‘k choy

Ko‘k choy organizmdan zaharli moddalar va shlaklarni chiqarishdan tashqari, arterial qon bosimni me’yorlashtiradi va yallig‘lanish jarayonlarini to‘xtatadi. Ammo iste’mol borasida me’yorni bilish muhim sanaladi — kun davomida 1,5 litrdan ko‘p ichmaslik kerak.

Yaponcha parhezga xos qoidalar

  • Parhez davrida tuz va shakardan voz kechish kerak.
  • Ochlik hissini 80 foizga qondirish uchun taomlar kam porsiyada ( taxminan 200 gramm taom)dasturxonga tortiladi(“Och qolganingdagina ovqatlan”, deydi yaponlar).
  • Yog‘ va qovurish haqida gap bo‘lishi mumkin emas, taomlarni faqat bug‘da yoki dimlab pishirish mumkin.
  • Kun davomidagi odatiy 5-6 marta ovqatlanishni 3 marta tanovul qilishga qisqartirish kerak. Orada tamaddi qilishni esdan chiqarish kerak.
  • Kun davomida kamida 1,5 litr suv ichish kerak.

Natija

Yaponcha parhez 14 kunga mo‘ljallangan. Uglevodlarning sezilarli darajada kamayishi va oqsillarning mo‘l-ko‘lligi hisobiga ushbu vaqt davomida kamida 5 kilo vazn tashlash mumkin bo‘ladi.

Kimlarga mumkin emas?

Homilador ayollarga, buyrak va jigar kasalliklari, gastrit, oshqozon yarasi hamda yurak bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekadigan kishilarga ushbu parhezga amal qilish tavsiya qilinmaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.