Salomatlik Salomatlik Komedonlar: kelib chiqish sababi, asorati va davo choralari

Komedonlar: kelib chiqish sababi, asorati va davo choralari

O'qildi: 343


Komedonlar: kelib chiqish sababi, asorati va davo choralari

Komedonlar – kichik oq yoki qora yallig‘lanmagan tugunlar bo‘lib, terida notekislikni hosil qiladi. Ular yuz, tanadagi tuk folikulasi teshigi tiqilib qolganda paydo bo‘ladi. Komedonlar teri hujayralari – kerotinotsitlar va teri yog‘i sebumdan iborat.

Foto: “BuyBeauty”

Komedonlar paydo bo‘lishining asosiy sababi – terining ortiqcha yog‘ ishlab chiqarishi va keratinizatsiyasining buzilishi. Bu o‘zgarishlar yog‘li soch kanalini to‘ldiruvchi “qora tiqin” deb ataladigan kasallikni paydo bo‘lishiga olib keladi.

Kasallikning sabablari:

  • irsiy moyillik;
  • gormonal o‘zgarish;
  • terini noto‘g‘ri parvarish qilish;
  • shirinliklar va un mahsulotlarini ortiqcha iste’mol qilish;
  • tez-tez stressga tushish.
Yog‘ bezlarining ishi garmonlar bilan tartibga solinadi, “qora nuqtalar” gormonal o‘zgarishlar davri – balog‘at yoshi, homiladorlik, klimaks davrida ko‘proq paydo bo‘ladi.

Ko‘p odamlar komedonlarni terining kirlanishi natijasi deb o‘ylaydi. Yuzni tez-tez yuvish qora nuqtalar paydo bo‘lishining oldini olmaydi. Dastlabki bosqichda yog‘ tiqinlari oq yoki tiniq suyuqlik bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan qattiqlashadi va sarg‘ayadi. Kislorod ta’sirida oksidlanib qorayadi.

Asoratlari

Yiring, terida har xil tugunlar, teri orasida kistalar paydo bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, yiringli bo‘shliqchalar paydo bo‘lib, teri yallig‘lanishiga olib keladi. Bu holatlar teri ko‘rinishini o‘zgartiradi. Ayniqsa, qizlarga bu holat psixologik bosim o‘tkazib, ruhiy holatiga ham ta’sir qiladi.

Davo choralari

Davolashda har bir bemorga individual yondashuv kerak. Shifokor bemorga uning holatini, o‘ziga xosligini va komedonlarning namoyon bo‘lish sababini tushintiradi. Davolash muolajalarini buyuradi va uyda terini qanday parvarish qilish kerakligi haqida batafsil ma’lumot beradi.

Davolash uch bosqichdan iborat

  1. Komedolitiklarni tayinlash.
  2. Komedonlarni ehtiyotkorlik bilan olib tashlash.
  3. Ovqatlanishni normallashtirish
Komedolitiklar – bu yog‘li soch kanalarining tiqilib qolishining oldini oluvchi vositalardir. Ulardan eng samaralisi retinol – haqiqiy A vitamini, toza shaklida beqaror, shuning uchun u retinol atsetat shaklida ishlab chiqariladi va ishlatiladi. Bu modda hujayra o‘sishini rag‘batlantiradi, yog‘ bezlari va ishlab chiqarilgan yog‘ hajmini kamaytiradi.

Ovqatlanish me’yorida terini yog‘ ishlab chiqarishini rag‘batlantiradigan mahsulotlarni yo‘q qilishga qaratilgan. Shuning uchun komedonlarga moyil bo‘lgan yog‘li teriga ega odamlar sut mahsulotlari, oq non, shokolad, chips, asal, xurmo, tarvuz, un mahsulotlaridan tayyorlangan shirinliklar yemagani ma’qul. Bu holat vaqtincha bo‘lib, gormonal disbalans davri o‘tib, hujayralar rivojlangandan so‘ng kuchli cheklov qilish shart emas.

Kasallikni bilmasdan turib o‘z-o‘zicha davolash noto‘g‘ri, vaqtni ayamasdan, noto‘g‘ri maslahatlarga berilmasdan malakali shifokor nazoratida uning oldini olish va davolanish kerak. Kasallik kuchayib, asoratlari paydo bo‘lgandan keyin shifokorlar ham davolash ishlarida qiyinchilikka duch keladi, eng asosiysi, asoratning “izlarini” har doim ham to‘liq bartaraf etib bo‘lmaydi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.