Salomatlik Salomatlik Varikoz haqida har bir ayol bilishi kerak bo‘lgan 5 ta fakt

Varikoz haqida har bir ayol bilishi kerak bo‘lgan 5 ta fakt

O'qildi: 387


Varikoz haqida har bir ayol bilishi kerak bo‘lgan 5 ta fakt

Tomir muammolari butun dunyodagi ayollarga ta’sir qiladigan eng keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biridir. Yaxshiyamki, agar choralar o‘z vaqtida ko‘rilsa, muammoni sezilarli darajada kamaytirish, hatto butunlay yo‘q qilish mumkin. Asosiysi, tomirlar salomatligi bilan bog‘liq tavsiyalarga muntazam amal qilish lozim.

Foto: Pinterest

Irsiyat eng katta xavf omilidir

Varikoz ehtimolini oshiradigan ko‘plab omillar mavjud, ammo irsiyat birinchi va eng hal qiluvchi omil hisoblanadi. Varikoz tomirlarining 80 foizidan ko‘prog‘i irsiydir. Shuning uchun agar oilada ushbu kasallik holatlari bo‘lsa, sog‘liqqa ehtiyot bo‘lish kerak. Shu bilan birga, qondagi qand miqdori, ortiqcha vazn va homiladorlik kabi omillar ham kasallikning rivojlanish xavfiga ta’sir qiladi.

Varikoz faqatgina oyoqlarda paydo bo‘lmaydi

Tana og‘irligi va tabiiy bosim tufayli varikoz tomirlari ko‘pincha oyoqlarda rivojlanadi. Ammo varikozning boshqa shakllari bo‘yin, yuz va tananing boshqa qismlarida paydo bo‘lishi ham mumkin. Homiladorlikda yoki yosh o‘tgandan keyin ko‘plab ayollar duch keladigan bavosil ham varikozning bir ko‘rinishi hisoblanadi.

Hayot tarzining o‘zgarishi xavfni kamaytirishi mumkin

Vaznni me’yorda saqlash, harakatsiz turmush tarzidan va uzoq vaqt tik turishdan, tor kiyim va baland poshnali poyabzallardan foydalanmaslik – bu kasallik rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradigan oddiy amallardir. Agar odamda irsiy moyillik bo‘lmasa, bu profilaktika choralari varikoz rivojlanishidan deyarli to‘liq himoya qilish uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

Varikoz tashqi ko‘rinishgagina putur yetkazuvchi muammo emas

Hamma varikoz tomirlari davolanishga muhtoj emas, ularning ba’zilari faqat kosmetik muammo bo‘lishi mumkin. Ammo simptomlarni bilish juda muhim, ular paydo bo‘lganda, albatta, shifokor bilan maslahatlashish kerak: og‘irlik, og‘riq, shish, qichishish, uyqusizlik, spazmlar va bezovtalanadigan oyoq sindromi, va albatta, agar terida yaralar paydo bo‘lsa, shifokor ko‘rigidan o‘tish kerak.

Varikoz tomirlari kamdan kam hollarda faqat bitta sohada rivojlanadi

Shuni eslatib o‘tish kerakki, bitta kengaygan tomir boshqa joylarda venoz kasallikning rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Shuning uchun tanada kengaygan tomir paydo bo‘lsa,, profilaktika choralarini ko‘rish va shifokor tomonidan muntazam tekshiruvdan o‘tish juda muhimdir.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.