Salomatlik Salomatlik Laringitning kelib chiqish sabablari, alomatlari va davo choralari

Laringitning kelib chiqish sabablari, alomatlari va davo choralari

O'qildi: 383


Laringitning kelib chiqish sabablari, alomatlari va davo choralari

Laringit — hiqildoq shilliq pardasining o‘tkir yallig‘lanishi bilan kechadigan yuqumli kasallik. Ko‘pincha u o‘tkir respirator xastaliklar, gripp bilan birga kechadi. Laringitning qoqshol va qizilcha xastaliklari bilan birga kechgani ham kuzatilgan. Аksariyat hollarda kasallik maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda uchraydi va ayniqsa allergiyaga moyilligi borlarda og‘irroq kechadi. Bu bolalar hiqildog‘ining anatomik jihatdan tor tuzilganiga ham bog‘liq.

Foto: “Kleo.ru”

Kasallikni keltirib chiqaradigan omillar:

  • umumiy va mahalliy sovqotish;
  • tovush chiqarishdagi zo‘riqish(baqirish, sovuqda uzoq gapirish);
  • muzdek ichimliklar va allergik holatga olib keluvchi yeguliklar iste’moli sabab bo‘lishi mumkin.
Аlomatlari:

Xastalik to‘satdan yarim tunda tana haroratining oshishi, yo‘tal bilan boshlanadi. Nafas olishi shovqinli bo‘lib, hansirash yuzaga keladi. Masofadan ham bolaning xirillab nafas olayotgani eshitiladi. Bola tomog‘ining qurigani, achishganini, ba’zan hiqildog‘idagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Ovoz xirillashi, qo‘pollashishi yoki umuman yo‘qolib qolishi mumkin. Nafas olishdagi qiynalish oqibatida yurak yetishmovchiligi yuzaga kelish ehtimoli oshadi. Bu esa bola hayoti uchun xavfli. Bemor to‘g‘ri davolansa, kasallikning 3-4-kunlarida balg‘am ajralishni boshlaydi. 7-10 kundan so‘ng esa laringit alomatlari butunlay yo‘qoladi.

Davo choralari ( shifokor nazorati ostida bajariladi):

Laringitni davolashning eng samarali usuli ingalyatsiya hisoblanadi. Lekin ahamiyat berish kerakki, laringit bilan og‘rigan bemorlarga sovuq ingalyatsiya(maxsus ingalyator apparati orqali)qilinadi. Ingalyatsiya vaqtida bola og‘zi bilan nafas oladi, bu muolajani kun davomida 3-4 marta takrorlab turish lozim.

Kasallikning birinchi kunlarida oyoq uchun 42-45 daraja issiq vannalar yaxshi yordam beradi. Bu muolaja uyquga yotishdan avval 20-30 daqiqa davomida bajarilgani ma’qul.

Laringitda tomoqdagi qichishish va shilliq qavatlar yallig‘lanishini davolash uchun tarkibida giyohlar bo‘lgan dorilar, to‘qimalardagi shishlarni ketkazishga mo‘ljallangan antigestamin(allergiyaga qarshi)dorilardan foydalaniladi.

Profilaktika:

  1. Go‘daklarni imkon qadar ko‘krak suti bilan boqish kerak. Bu bolani har qanday infeksion kasalliklardan himoyalashning eng samarali chorasi.
  2. Kichkintoyning organizmini chiniqtirib borish lozim.
  3. Parhez ham davolashning muhim shartlardan biri hisoblanadi. Sovuq, juda issiq, achchiq, sho‘r yeguliklar, shirinliklar, gazli ichimliklar tavsiya etilmaydi.
  4. Sitrus mevalar, tuxum, shirinliklar, asal, yong‘oq, mosh, no‘xat, tovuq va qo‘y go‘shtidan tayyorlangan ovqatlar mumkin emas.
  5. Sut mahsulotlari va ulardan tayyorlangan yeguliklar, giyohlardan tayyorlangan damlama(shifokor tavsiyasiga ko‘ra), mol go‘shtidan qaynatib, bug‘da dimlab pishirilgan taomlar berish mumkin.
Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

Mavzuga doir:

  • Sovuq havo organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?Qishda avj olishi mumkin bo‘lgan sog‘liqdagi muammolar
  • Sovuq mavsumda shamollamaslik uchun amal qilish kerak bo‘lgan 6 ta oddiy qoida
  • Kuzda sovuq qotishning 6 sababi
  • Kuz mavsumida immunitetni mustahkamlashga yordam beradigan 9 mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.