Salomatlik Salomatlik Endokrin tizimi kasalliklarining alomatlari

Endokrin tizimi kasalliklarining alomatlari

O'qildi: 299


Endokrin tizimi kasalliklarining alomatlari

Endokrin tizimi inson tanasida deyarli barcha hayotiy jarayonlarni tartibga solishda juda muhim rol o‘ynaydi. Ichki sekretsiya bezlari garmonlar ishlab chiqaradi, bu jarayonni buzilishi jiddiy kasalliklarga olib keladi. Ko‘pchilik boshlang‘ich davrda organizmdagi o‘zgarishlarga befarq bo‘ladi yoki charchoq, stress va boshqa holatlarga bog‘lab, shifokorga murojaat qilmaydi. Kasallik kuchayib ketmasidan avval endokrinolog shifokori bilan maslahatlashib, boshlang‘ich davridayoq davolash va salbiy oqibatlarining oldini olish zarur.

Foto: “Avitesenna.uz”

Endokrin tizimi kasalliklarining belgilari:

Tomoq og‘rig‘i

Yutinganda tomoqda og‘riq, qichishish, narsa tiqilgandek bo‘lishi, ovoz tembrining o‘zgarishi kuzatiladi. Bunday o‘zgarishlar shamollash bilan bog‘liq bo‘lmasa, tez-tez qaytalansa, muntazam ko‘rinishga o‘tsa, bu qalqonsimon bez patologiyasi bo‘lishi mumkin. Bezning kattalashishi yoki unda tugunchalar paydo bo‘lishi yon atrofdagi to‘qimalar, nerv tolalarining siqilishiga olib keladi va natijada shunday belgilar paydo bo‘ladi.

Sochlarning faol to‘kilishi yoki tez o‘sishi, ko‘payishi

Аyollarning yuzida tuklarning ko‘payishi, boshning old qismidagi sochlar siyraklashishi, teri quruqligi, qichishish, tashqi ta’sirga sezgirlikning oshishi – bu jinsiy bezlar gormonal muvozanat buzilganligi tufayli, estrogenlarning kamayishi va testesteronning ko‘payganligini bildiradi.

Tana vaznining keskin o‘zgarishi

Ishtahaning keskin o‘zgarishi, og‘iz qurishi, tashnalik, tez-tez peshobga chiqish, oyoqlarning boldir qismida og‘riq, uvishish paydo bo‘lsa, ko‘rish qobiliyati pasaysa, vazn keskin kamaya boshlasa, qandli diabet kasalligi boshlangan bo‘lishi mumkin. Qalqonsimon bez faolligi ortsa, ishtaha ochilishi, ichak harakatining kuchayishi va vazn yo‘qotish alomatlari paydo bo‘ladi.

Аsabiylashish

Haddan tashqari asabiylik, jizzaki bo‘lib qolish, kayfiyatning tushunarsiz o‘zgarishi, to‘satdan ko‘z yosh qilish, birdan eyforiya – xushchaqchaq holatga o‘tish endokrin tizimi patologiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Diqqatni jamlay olmaslik

Hatto odatiy vazifalarga ham diqqatni jamlay olmaslik, ma’lumotni sekin qabul qilish, uyquchanlik, kundalik ishlarga erinchoqlik, biror ishni qilolmaslik qo‘rquvi qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi bilan bog‘liq.

Umumiy alomatlar

Terlashning kuchayishi, tana haroratining tez almashinuvi – isib yoki sovib ketish, bosh og‘rig‘i, yurak urish ritmining o‘zgarishi kuzatiladi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

Mavzuga doir:

  • Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammo borligidan darak beruvchi 8 simptom
  • Qalqonsimon bez olib tashlangandan so‘ng organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
  • Gormonal balansda muammo borligidan darak beruvchi 8 simptom


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.