Qaysi yormadan tayyorlangan bo‘tqa nonushta uchun eng foydali?
Parhezshunoslar va JSST mutaxassislari bo‘tqalarning foydali yoki unday emasligi haqida turli fikr bildiradi. Ba’zilar ushbu mahsulotda uglevod bisyorligini ma’lum qilsa, boshqalar foydaning koni ekanligini ta’kidlaydi.
Foto: Harper’s BazarFanda esa bo‘tqa chindan ham foydali bo‘lishi uchun yormalar butun hamda kam miqdorda qayta ishlangan bo‘lishi kerakligi aytiladi. Bo‘tqalar organizm uchun zarur bo‘lgan va ochlik hissini qondiradigan vitamin, mineral, shuningdek, sekin hazm bo‘ladigan uglevodlarning manbayidir.
Eng foydali bo‘tqa qaysi?
Mutaxassislar grechkaning salomatlik va organizm uchun foydaligini ta’kidlaydi. Unda oshqozon-ichak trakti uchun foydali bo‘lgan hamda uzoq vaqt davomida qorinni to‘q tutish xususiyatiga ega bo‘lgan kletchatkalar serob. Shu sabab ham bir tarelka grechka bilan nonushta qilgandan keyin uzoq vaqt davomida ochlik bezovta qilmaydi. Bundan tashqari, grechka o‘simlik oqsili mo‘l bo‘lgan mahsulotlar orasida rekordsmen sanaladi. Oqsilining sifatli ekani sabab sportchilar va vegaterianlar ushbu mahsulotni tez-tez iste’mol qiladi.
Grechka boshqa yormalarga nisbatan minerallarga boydir. Unda marganets, mis, magniy, temir hamda fosfor bisyor. Ushbu minerallar organizmdagi barcha a’zolarning faoliyati uchun muhim. Temir va mis yurak-salomatligi, magniy asab tizimi va kognitiv qobiliyatlar, fosfor va marganets esa moddalar almashinuvi, to‘qimalar regeneratsiyasi uchun ahamiyatli.
Qolaversa, grechka hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladigan, yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishini oldini oladigan, qolaversa qarish jarayonini sekinlashtirib, teri ahvolini yaxshilaydigan antioksidantlarning ham koni. Ammo bu faqat grechka iste’mol qilish kerakligini bildirmaydi. Ratsionning balansli va rang-barang bo‘lishi muhimligini esdan chiqarmaslik kerak.
Mavzuga doir:
- Shirinliklar bilan parhez: Vazn tashlayotganda nimalar bilan tamaddi qilsa bo‘ladi?
- Tez ozmoqchisiz?Bunday qilmaslik uchun 9 sabab
- Made in Japan: Yaponcha parhez nima va unga amal qilish orqali qanday natijaga erishish mumkin?
- Samarali parhez: Xonanda Adel qanday qilib grechka yordamida 40 kilo vazn tashlashga erishdi?
Manba