Salomatlik Salomatlik Nima uchun tomoq achishadi? Ushbu yoqimsiz alomatdan qanday qutulish mumkin?

Nima uchun tomoq achishadi? Ushbu yoqimsiz alomatdan qanday qutulish mumkin?

O'qildi: 492


Nima uchun tomoq achishadi? Ushbu yoqimsiz alomatdan qanday qutulish mumkin?

Tomoq achishishi yoqimli tuyg‘u emas. Boshqa alomatlar kuzatilmasa ham, bunday holat tez-tez bezovta qilishi mumkin. Tomoqdagi achishish hissi turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi. Wday nashri bunday vaziyatlarda nima qilish kerakligini ma’lum qildi.

Foto: Wday

Tomoq achishishining sabablari

Tomoq achishishi faqatgina shamollashning ishonchli belgisi emas. Ba’zan ushbu simptom tomoqqa aloqador bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ham paydo bo‘ladi.

Ushbu noxush belgining eng ko‘p uchraydigan sabablari:

  • Virusli kasalliklar. Bularga angina, faringit, tonzillit, laringit kiradi. Tomoqda yallig‘lanish jarayoni paydo bo‘ladi va bu achishish hissini keltirib chiqaradi?
  • Yuqori kislotali gastrit. Kislotalikning oshishi tufayli qizilo‘ngach va halqum shilliq qavatida qizarish xususiyati paydo bo‘ladi. Bu ham tomoq sohasida achishishni keltirib chiqaradi.
  • Zamburug‘ infeksiyasi. U tomoqning shilliq yuzasiga yaxshi joylashib olgan bo‘ladi. Bunday holda, kuchli achishish hissi bilan tilda oq rangli qoplama va og‘izdan yoqimsiz hid kelishi birgalikda kuzatiladi.
  • Tomoq nevrozi. Bu asab tizimi bilan bog‘liq muammo bo‘lib, sifilis(zaxm)dan o‘smalargacha — turli kasalliklardan kelib chiqadi.
  • Allergiya. Tomoq achishishi — allergiyaning ko‘rinishlaridan biri bo‘lishi ham mumkin.
Ovoz paychalarining ortiqcha zo‘riqishi ham bunga sabab bo‘ladi. Bu o‘qituvchi, murabbiylar va ishi doimiy shovqinli suhbatlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa odamlarning kasb muammosidir.

Tomoqdagi doimiy achishish hissini qanday yengish mumkin?

Agar achishish virusli kasallik tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, unda tomoqni chayish muammoni bartaraf etadi. Achishishdan xalos bo‘lish uchun iloji boricha tez-tez chayqab turish tavsiya etiladi.

Ovoz paychalarini zo‘riqtirmaslik lozim. Iloji boricha kamroq gapirishga harakat qilish kerak. To‘liq tuzalgunga qadar qo‘shiq aytish va baqirishdan butunlay voz kechgan afzal. Vaziyatni yengillashtirish uchun tomoqni muntazam ravishda namlash tavsiya etiladi. Shuningdek, nafas olinadigan havoni namlab turish ham muhim. Buning uchun maxsus qurilma yoki suv purkaydigan moslamadan foydalanish mumkin.

Agar tomoq achishsa, muammoni kuchaytirmaslik uchun quyuq ovqatlardan saqlanish kerak. Shuningdek, sariyog‘li sho‘rva, pyure va boshqa suyuq ovqatlarni iste’mol qilish foydali.

Zamburug‘ va boshqa muammolar tufayli achishish alomati faqat mutaxassis tomonidan davolanishi mumkin. Biroq, hatto tonzillit yoki laringit kabi viruslar ham shifokor tomonidan nazoratga olinadi, chunki ularni o‘zboshimchalik bilan davolash faqatgina vaziyatni yomonlashtiradi.

Agar achishish alomati uzoq vaqt davomida yo‘qolmasa, shifokorga murojaat qilish tavisya etiladi. Shifokor muammoning aniq sababini aniqlashi va davolanish uchun ko‘rsatmalar berishi mumkin. Ushbu noxush alomatni o‘z-o‘zidan o‘tib ketishini kutish kerak emas.

Mavzuga doir:

  • Tiqilib qoldingizmi?O‘zingizga yordam berishingiz uchun qo‘llanma
  • Bosh aylanishidan qanday qutulish mumkin?
  • Qalqonsimon bez kasalliklarini o‘tkazib yubormaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
  • Shamollash ortida yashirinishi mumkin bo‘lgan 6 ta kasallik


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.