Salomatlik Salomatlik Sarimsoq, yong‘oq va qalqonsimon bez salomatligi uchun foydali bo‘lgan boshqa mahsulotlar

Sarimsoq, yong‘oq va qalqonsimon bez salomatligi uchun foydali bo‘lgan boshqa mahsulotlar

O'qildi: 332


Sarimsoq, yong‘oq va qalqonsimon bez salomatligi uchun foydali bo‘lgan boshqa mahsulotlar

Tanadagi deyarli barcha tizimlar faoliyati qalqonsimon bezning me’yorida ishlashiga bog‘liq. Ratsionda shakar, uglevod, spirtli ichimliklar, transyog‘lar ko‘p bo‘lgan muvozanatsiz ovqatlanish ushbu a’zoning faoliyatini buzishi, boshqa kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Qalqonsimon bez uchun foydali bo‘lgan mahsulotlarni esa quyida ma’lum qilamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Tuxum

Chindan ham super mahsulot: tuxum yurak, metabolizm, qon tomirlari va qalqonsimon bez uchun foydalidir. U qalqonsimon bezning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydigan va uning funksiyalarini yaxshiroq bajarishga yordam beradigan selenga boy.

Sardina balig‘i

Baliq va dengiz mahsulotlari yodga boy bo‘lgani tufayli qalqonsimon bez uchun foydali, degan qarash mavjud. Chindan ham baliqning ba’zi turlari foydalidir, chunki ular ko‘p miqdorda selenni o‘z ichiga oladi. Selen – qalqonsimon bez faol ishlashi uchun zarur bo‘lgan modda hisoblanadi. Shuning uchun baliqning ushbu turini tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Ismaloq

Ismaloq nafaqat temir, balki selenning haqiqiy xazinasi hisoblanadi. Agar u kamida haftasiga bir marta iste’mol qilinsa, hatto juda dangasa qalqonsimon bezni ham faollashtirib yuborish mumkin.

Yong‘oq

Birinchidan, yong‘oqlar vazn saqlashga yordam beradi: ular oqsilga boy. Bu  mahsulot to‘yimli bo‘lib, uzoq vaqt davomida to‘qlik hissini beradi. Ortiqcha vazn esa qalqonsimon bez salomatligini zaiflashtiradigan omillardan biridir. Ikkinchidan, yong‘oq ham selenni o‘z ichiga oladi, shuning uchun ularni ratsionga kiritish kerak.

Sut mahsulotlari

Sut yog‘i qalqonsimon bezning salomatligi va to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan D vitaminining so‘rilishi uchun juda muhimdir. Bu qimmatli vitaminni quyosh nuridan olib bo‘lmaydigan qish va kuz mavsumida sut mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilish salomatlik uchun muhimdir.

Sarimsoq piyoz

Ha, ushbu xushbo‘y sabzavot nafaqat shamollashning oldini olishda foydali, balki ruxga ham boydir. Ayniqsa, zaiflashayotgan qalqonsimon bez uchun zarurdir.

Qo‘ziqorin

Sarimsoqni yoqtirmaydigan insonlar uni qo‘ziqorin bilan almashtirishi mumkin. Chunki ushbu mahsulotda ham rux moddasi ko‘p. Ba’zi qo‘ziqorinlar D vitaminiga boy bo‘lib, qalqonsimon bezga ikki baravar foyda keltirishi mumkin.

Mavzuga doir:

  • Endokrin tizimi kasalliklarining alomatlari
  • Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammo borligidan darak beruvchi 8 simptom
  • Qalqonsimon bez olib tashlangandan so‘ng organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
  • Gormonal balansda muammo borligidan darak beruvchi 8 simptom


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.