Organizmda insulin miqdorini oshiruvchi mahsulotlar
Insulin – oshqozon osti bezida ishlab chiqariladigan va inson organizmida uglevod almashinuvini tartibga soluvchi oqsil gormoni. Uning darajasi salomatlik uchun muhimdir.
Foto: PinterestTanadagi insulinning optimal miqdori keraksiz glyukozadan foydalanishni ta’minlaydi. Shu bilan birga, organizmda insulinning ortiqcha ishlab chiqarilishi bilan insulin qarshiligi paydo bo‘lishi mumkin, ya’ni uning ta’siriga nisbatan sezuvchanligi pasayadi. Bu esa o‘z navbatida ikkinchi toifa diabetga olib kelishi mumkin.
Yuqori insulin darajasining asosiy sababi oddiy uglevodlar va yuqori glisemik indeksli oziq-ovqatlarni ortiqcha iste’mol qilishdir. Oddiy uglevodlar – bu fruktoza, glyukoza, saxaroza va laktoza. Oddiy uglevodlarga boy mahsulotlarga, masalan, rezavorlar, mevalar, asal va boshqa shirinliklar, sut va un mahsulotlari, shakarli gazlangan ichimlik va sharbatlar, kraxmalli sabzavotlar misol bo‘la oladi. Murakkab uglevodlar va kletchatkadan farqli o‘laroq, oddiy uglevodlar bir necha daqiqada shakarga aylanadi, bu esa insulin darajasining oshishiga olib keladi.
Ammo yuqori glisemik indeksli mahsulotlar haqida nima deyish mumkin?Glisemik indeksi 70 dan balandi – yuqori qiymat, 35 dan quyisi past hisoblanadi. Eng yuqori glisemik indeksga ega bo‘lgan mahsulotlarga kartoshka, shirin makkajo‘xori, oq non, guruch, xurmo, guruch unini misol qilish mumkin. Ushbu mahsulotlar qonda shakarning keskin oshishiga olib keladi, keyinchalik ochlik hissi paydo bo‘ladi va metabolizmni buzadi. Shuning uchun ulardan iste’mol minimallashtirish yoki foydaliroq mahsulotlar bilan to‘liq almashtirish tavsiya etiladi. Glisemik indeksi past bo‘lgan sog‘lom ovqatlar orasida diyetologlar ratsionga brokkoli, avokado, baqlajon va boshqa mahsulotlarni kiritishni tavsiya qiladi.
Mavzuga doir:
- Shakarning tashqi ko‘rinishdagi salbiy aksi: Glikatsiya nima va u go‘zallikka qanday ta’sir qiladi?
- Insult xavfini kamaytiruvchi mahsulotlar nomi ma’lum qilindi
- Insult, qandli diabet va gipotireoz: yuzdagi o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar
- Koronavirusdan keyin infarkt va insult xavfi oshishi ma’lum bo‘ldi
Manba