Salomatlik Salomatlik Uxlashdan avval kefir ichish foydalimi yoki zararli?

Uxlashdan avval kefir ichish foydalimi yoki zararli?

O'qildi: 257


Uxlashdan avval kefir ichish foydalimi yoki zararli?

Uxlashdan oldin bir stakan kefir ichishning foydalari ko‘pchilikka ma’lum. Tunda ushbu sut mahsulotlarini ichish hazm qilish tizimiga yordam beradi, uyquni yaxshilaydi va hatto immunitetni mustahkamlaydi, degan qarash chindan ham to‘g‘rimi?

Foto: Harper’s Bazaar

Kefirning o‘zi juda foydali ichimlikdir. Uning tarkibida lactobacillus kabi noyob probiotik mavjud bo‘lib, u zararli bakteriyalarga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, kefir tarkibida antibakterial xususiyatlarga ega bo‘lgan polisaxarid kefiran mavjud. Kefir tarkibidagi probiotiklar ichakdagi foydali bakteriyalar muvozanatini tiklashga yordam beradi.

Shuningdek, kefir kalsiyga boy, lekin ayni paytda sutdan bir necha barobar kamroq laktoza mavjud. Ichimlikning kaloriya miqdori ham oz, shuning uchun u vazn saqlaydigan har bir kishi uchun juda mos keladi. Kefirni iste’mol qilish masalasi bo‘yicha uni yotishdan oldin ichish tavsiya etilmaydi. Ichimlik oqsilga boy bo‘lib, organizm uni hazm qilish uchun vaqt va kuch talab qiladi. Uyqu jarayonida barcha jarayonlar, jumladan, ovqat hazm qilish sekinlashadi. Natijada kefir to‘liq hazm bo‘lmaydi, ertalab esa ichaklarni shishiradi va noqulaylik paydo bo‘lishi mumkin.

Agar uxlashdan oldin kefir ichish odati bo‘lsa, uni yotishdan 1,5-2 soat oldin ichgan kerak. Bu vaqt mahsulot hazm bo‘lishi uchun yetarli, shundagina undan maksimal foyda olishi mumkin. Umuman olganda, kefirni iste’mol qilishga qarshi ko‘rsatmalar yo‘q, ammo buyrak va oshqozon-ichak trakti kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar ko‘proq ehtiyot bo‘lishi kerak va shifokor bilan maslahatlashishi zarur.

Mavzuga doir:

  • Xilma-xil nonushta: Tvorogga nima qo‘shib iste’mol qilsa bo‘ladi?
  • Faqatgina choy emas: shamollash mavsumida qanday ichimliklar bolalar salomatligini saqlashga yordam beradi?
  • Moddalar almashinuvini tezlashtirishning 7 samarali usuli


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.