Salomatlik Salomatlik Birinchi yordam: burun qonaganda, kuyish va boshqa jarohatlarda qanday yo‘l tutish kerak?

Birinchi yordam: burun qonaganda, kuyish va boshqa jarohatlarda qanday yo‘l tutish kerak?

O'qildi: 394


Birinchi yordam: burun qonaganda, kuyish va boshqa jarohatlarda qanday yo‘l tutish kerak?

Salomatlik va hatto yashab qolish ham birinchi yordam qanchalik to‘g‘ri ko‘rsatilishiga bog‘liq. Kimningdir hayotini saqlab qolishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim.

Foto: “Domashniy ochag”

Birinchi yordam ba’zida hayotni saqlab qolishi yoki aksincha, jabrlanuvchini salomatlikdan butunlay mahrum qilishi mumkin. Bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatishda tez-tez yo‘l qo‘yiladigan va shu bilan jabrlanganlarning sog‘lig‘iga qo‘shimcha zarar yetkazadigan eng keng tarqalgan xatolar bilan tanishib chiqing.

Burundan qon ketishi

Burundan qon ketganda boshni orqaga tashlash to‘g‘ri emas. Birinchidan, bu samarasiz va hech qanday tarzda qon ketishini to‘xtatishga yordam bermaydi, ikkinchidan, qonni yutib yuborish qayt qilishga olib kelishi mumkin. Ushbu vaziyatda bosh oldinga egilib, barmoqlar bilan burun ko‘prigi chimchilab qo‘yiladi. Agar qon 10 daqiqa ichida to‘xtamasa, burunga paxta qo‘yish orqali qonni biroz to‘xtatib, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Kuyish

Tananing kuygan qismiga muz yoki yog‘ surtish mumkin emas. Ushbu xalqona davolash zararli, chunki yog‘ surilgan hujayralar issiqlikni saqlaydi va faqat vaziyatni yanada yomonlashtiradi. Muz esa teri hujayralarini juda sovitadi va ularning yo‘q qilinishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun kuygan joyga oqim suv ostida bir necha daqiqa ushlab turish lozim, so‘ngra toza, quruq mato bilan yopib, shifokorga murojaat qilish kerak.

Og‘ir jarohatlar

Jabrlangan odamni harakatlantirmaslik kerak. Agar jabrlanuvchi o‘z joyida qolishi, masalan, yong‘in, binoning qulashi yoki portlash kabi jiddiy jarohat olish xavfi ostida bo‘lmasa, buni hech qachon qilmaslik kerak. Boshqa barcha holatlarda yaradorni harakatga keltirmaslik, ag‘darish yoki tananing holatini o‘zgartirish mumkin emas. Bu bilan olingan jarohatlar, shu jumladan umurtqa pog‘onasi yoki ichki organlar zo‘riqishi mumkin. Ushbu vaziyatda tez yordam chaqirib, jabrlanuvchining yonidan iloji boricha bo‘sh joy hosil qilish kerak.

Yengil jarohatlar

Yarani so‘lak bilan tozalashga urinish xatodir. So‘lakning bakteritsid xususiyatlariga ega ekaniga ishonishadi, ammo bu afsona. Darhaqiqat, og‘izda juda ko‘p bakteriyalar mavjud, masalan, ular tish plastinkasida joylashgan va ular yaraga tushgandan so‘ng infeksiyani kuchaytirishi mumkin. Xuddi shu sababga ko‘ra, yaralarni daryo yoki ko‘l suvlari bilan yuvish ham xavfli. Shuning uchun yarani toza suv yoki fiziologik eritma yuvib tashlash lozim.

Darz ketishi yoki sinish

Lat yegan joylarni isituvchi kompress qilish bilan vaziyatni faqat og‘irlashtirish mumkin. Issiqlik qon oqimini oshiradi, bu esa yanada kuchli shishga olib keladi. Shikastlangan yoki singan joyni muz yoki kompress bilan sovitib, tananing zararlangan qismini harakatsizlantirish va imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qilish lozim.

Ko‘zning shikastlanishi

Ko‘zga tushgan yot jismlarni olib tashlashga urinish to‘g‘ri emas. Istisno holatda, agar biron bir kimyoviy modda ko‘zga kirsa, bu holda darhol ko‘zni sovuq suv bilan yuvish kerak. Boshqa barcha holatlarda, begona narsalarni mustaqil ravishda olib tashlashga urinish faqat zararni kuchaytirishi va hatto tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko‘zlar shikastlanganda bint bilan himoya qilib, darhol shifokorga murojaat qilish zarur.

Yo‘l-transport hodisasi

Ushbu vaziyatda hammasi yaxshidek tuyilishi natijasida shifokorga bormaslikning o‘zi xato. Kuchli hayajon ta’sirida tana og‘riqni “niqoblashi” mumkin va hatto jiddiy jarohatlardan keyin ham jabrlanganlarga hammasi yaxshidek tuyilishi mumkin. Ayni paytda, aksariyat hollarda yordam ko‘rsatish tezligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Har qanday holatda ham, avtohalokatga uchragan inson o‘zini qanchalar yaxshi his qilsa-da, shifokorga uchrashishi zarur.

Mavzuga doir:

  • Ofis xodimlari uchun: Kun davomida hech bo‘lmaganda bir soat tik turib ishlansa, salomatlikda qanday o‘zgarish kuzatiladi?
  • Uzoq umr ko‘rish uchun yurak salomatligi haqida bilish kerak bo‘lgan 8 fakt
  • 40 yoshdan oshgan ayollar salomatligini asrash uchun rioya qilishi kerak bo‘lgan qoidalar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.