Organizm qarishi: ushbu jarayonni sekinlashtira olmasligimizning 6 sababi
Ma’lumki, qarish jarayoni 25 yoshdan boshlanadi. Biroq inson faol hayot tarzi bilan shug‘ullansa, spirtli ichimliklarga qaram bo‘lmasa, bu darhol sezilmaydi. Ammo bu sog‘lom terining yagona dushmani emas. Quyida qarish jarayonini tezlashtiruvchi odatlar bilan tanishib chiqing.
Foto: PinterestSmartfon va ijtimoiy tarmoqlar
Olimlar gadjetlar chiqaradigan ko‘k nurning xavfi va foydalari haqida bahslashmoqda. Uning ta’siri to‘liq o‘rganilmagan, lekin haqiqatan ham asrash kerak bo‘lgan narsa ko‘zdir. Misol uchun, qo‘lda smartfon bilan standart holatni kuzatish kerak: bel bukiladi, bo‘yin egiladi, bosh pastga tushadi. Bularning barchasi teriga ta’sir qiladi va oqibatlar yaxshilikka olib kelmaydi. Hech bo‘lmaganda, ba’zida ijtimoiy tarmoqlar tasmasini ko‘rishdan bosh tortish, bir kecha-kunduz smartfon ekraniga egilgan holda o‘tirmaslik kerak. Toza havo, sport, to‘g‘ri ovqatlanish, g‘amxo‘rlik qarishning haqiqiy dushmanidir.
Fastfud yeguliklari
Fastfud yeguliklarini sevib iste’mol qiladiganlar ortiqcha vazn va erta qarishdan qochib qutulmaydi. Yuz to‘qimalarining shishishi, terining qurishi, deformatsiyasi va rangning xiralashishi – bu fastfud taomlarini me’yordan ortiq iste’mol qilishning oqibatlari. Buning oldini olish uchun nima qilish kerak? Albatta, ratsionni nazorat qilish lozim.
Quyosh nuri
Plyajda ko‘p vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radiganlar quruq teri, ajinlar, qizarish holatiga duch keladi. Bundan tashqari, haddan tashqari quyosh nurida toblanish foydali emas. Shuning uchun bunday holatda quyosh nuridan himoyalovchi maxsus vositadan foydalanish tavsiya etiladi.
Chekish
Sigaretalar teriga ultrabinafsha nurlari kabi salbiy ta’sir ko‘rsatadi: erkin radikallar chiqariladi va fermentlarni faollashtiradi. Ular, o‘z navbatida, elastin va kollagenni parchalaydi. Natijada teri bo‘shashadi va ajinlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ushbu zararli odatni asta-sekinlik bilan tashlash bilan salomatlikni saqlab qolish zarur.
Ofisda ishlash
Monitor qarshisida kuniga 6 soatdan ishlash ayollarni o‘rtacha 5-10 yilga qaritishini bilasizmi?Kosmetologlar hatto maxsus atamaga ham ega: kompyuter yuz – ko‘z ostidagi qora xaltachalar, terining qurishi va ajinlar hamda kurka bo‘yni. Shuning uchun ham ofisda ishlaydiganlar tanaffus haqida unutmasligi, toza havoga chiqishi, ko‘proq suv ichishi, o‘z holatini nazorat qilishi, havoni namlab turishi lozim.
Turmush tarzi
Tunda ham ishlashni yaxshi ko‘radigan “boyo‘g‘li”lar kunduzi burnini tishlashi shubhasiz. Bu nafaqat hayot sifatiga yomon ta’sir ko‘rsatadi, balki teri uchun ham zararlidir. Gap shundaki, terining ham o‘ziga xos hayot ritmi bor. Kechasi barcha hujayra jarayonlari faollashadi –hujayra bo‘linishi, yangilarining tug‘ilishi va eskilarining o‘lishi, shuning uchun kechasi uxlamaslik natijasida terining bioritmi buziladi. Asta-sekin asabiylik va gormonal buzilish yuzaga keladi. Surunkali uyqusizlikdan xalos bo‘lishga harakat qilish kerak, sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom ovqatlanishga o‘tish, terini qayta tiklash uchun tungi krem va niqoblardan foydalanish tavsiya etiladi.
Mavzuga doir:
- Margarin, kolbasa va organizm qarishini tezlashtiradigan boshqa mahsulotlar
- Ellik yoshdan oshgan insonlarga har kuni iste’mol qilish tavsiya etiladigan 9 mahsulot
- Uzoq umr ko‘rishga yordam beradigan 8 ta kundalik odat
Manba