Salomatlik Salomatlik Jigar sirrozi haqida hamma bilishi kerak bo‘lgan 6 fakt

Jigar sirrozi haqida hamma bilishi kerak bo‘lgan 6 fakt

O'qildi: 404


Jigar sirrozi haqida hamma bilishi kerak bo‘lgan 6 fakt

Gepatit bilan kasallanganlar, dori vositalarini qabul qiladiganlar va hatto shunchaki turmush tarzining sog‘lom emasligi ham jigar bilan bog‘liq jiddiy muammoga olib kelishi mumkin. “Domashniy ochag” nashri jigar sirrozi haqida barcha bilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Birinchi fakt: Sirroz chindan ham ko‘p tarqalgan kasallik

Aksariyat hollarda jigar sirrozini surunkali spirtli ichimlik intoksikatsiyasi keltirib chiqaradi. Spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan har uchinchi odamda odatda 10-15 yildan keyin ushbu kasallik kuzatiladi. Unda gepatotsitlar nekrozi va fibrozi tufayli jigar hujayralari shikastlanadi. Oqibatda jigar qonni avvalgidek tozala olmaydi, shunchaki biriktiruvchi to‘qimalarning yig‘indisi bo‘lib qoladi.

Ikkinchi fakt: Istalgan spirtli ichimlik, hatto eng sifatlisi ham xavfli hisoblanadi

Etanolning hatto kam miqdordagisi ham jigarga salbiy ta’sir qiladi. Etanol jigar to‘qimalarida fibrogenezni faollashtiradigan yoqimsiz xususiyatga ega hisoblanadi. Boshqacha tushuntirganda, aynan uning ta’sirida hujayralar kollagen ishlab chiqara boshlaydi. Oqibatda ishga layoqatli hujayralar o‘rnini foydasiz biriktiruvchi to‘qimalar egallaydi. Kuniga 40-80 gramm etanol(200-400 gramm aroq)xavfli doza hisoblanadi.

Uchinchi fakt: Sirroz bilan spirtli ichimlik iste’mol qilmaydiganlar ham kasallanishi mumkin

Virusli gepatit, o‘t pufak kasalliklari, toksinlar ta’siri, dori vositalarini haddan ortiq iste’mol qilish hamda ba’zi infeksion kasalliklar ham sirrozga olib kelishi mumkin.

To‘rtinchi fakt: O‘z vaqtida davolash boshlansa, kasallikni sekinlashtirish va hatto tuzalib ketish mumkin

Qancha avval tashxis qo‘yilsa, shuncha yaxshi. Spirtli ichimliklar keltirib chiqargan sirrozning erta davrida alkogoldan tiyilish va zamonaviy davolanish yaxshi samara bersa, viruslisida kasallanishning rivojlanishini to‘xtatadi. Jigar shishishi, teri sarg‘ayishi va burundan qon ketishi singari klinik simptomlar kasallanishning keyingi bosqichlarida kuzatilgani sabab ham ular paydo bo‘lgunida qo‘l qovushtirib o‘tirish yaramaydi. Yaxshisi, shifokorga borib, kerakli tahlillarni topshirish kerak.

Beshinchi fakt: Sirroz — surunkali kasallik

Sirroz yaxshilanishi, statsionar ahvolda kechishi, yomonlashishi va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Butunlay tuzalib ketish esa ushbu ro‘yxatda yo‘q. Ammo shu bilan birga: alkogol sabab kelib chiqqan sirrozda o‘z vaqtida chora ko‘rilsa, jigar hujayralarining tiklanishiga erishish mumkinligini unutmaslik kerak.

Oltinchi fakt: Gepatit har doim ham sirrozga sabab bo‘lavermaydi

Zamonaviy davolash choralari tufayli o‘tkir virusli gepatit, surunkaliga o‘tib ketishining oldini olsa bo‘ladi. Surunkaliga o‘tgan taqdirda ham, kamdan kam hollarda sirroz bilan yakun topadi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, sirroz gepatitning B yoki C turi simptomli yo bo‘lmasa, alomatsiz kechayotgan taxminan 1 foiz bemorlarda o‘rtacha 5 yil ichida rivojlanadi. Gepatit D va G esa xavfliroq hisoblanadi va sirrozning rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Mavzuga doir:

  • Jigar salomatligi uchun muhim bo‘lgan 5 mahsulot
  • Jigar kasalliklarini 20 foizga kamaytirishga yordam beradigan 7 odat
  • Jigar sirrozi qanday kasallik va unga xos qanday yashirin simptomlar bor?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.