Salomatlik Salomatlik Ari chaqqanda birinchi yordam ko‘rsatish uchun nimalarni bilish kerak?

Ari chaqqanda birinchi yordam ko‘rsatish uchun nimalarni bilish kerak?

O'qildi: 285


Ari chaqqanda birinchi yordam ko‘rsatish uchun nimalarni bilish kerak?

Asalarilar odamlarni deyarli chaqmaydi, ammo ba’zan bunday holatlar yuz beradi. Asalari chaqqanda qanday choralar ko‘rish kerakligini hamda allergik reaksiyani o‘tkazib yubormaslik uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi xususida quyida batafsil bilib oling. Chunki ayni bahor mavsumida to‘satdan qo‘lingizni ari chaqib olishi ehtimoldan holi emas.

Asalarilar eng foydali hasharotlardan biridir. Ular o‘simliklarni changlatish, odamlarga mo‘l hosil olish, asal, mum va boshqa zarur moddalarni ishlab chiqarishga yordam berish bilan shug‘ullanadilar. Shuningdek, asalari zahri shifobaxsh hisoblanadi. To‘g‘ri, agar ari tasodifan sizni chaqib olsa, bu foydalimi yoki yo‘q, buni esingizga ham keltirmaysiz.

Odatda, ari odamlarga nisbatan hech qanday tajovuzkorlik ko‘rsatmaydi — bu tabiatan xotirjam hasharot va uning odamlar bilan ishi yo‘q. Muammo ikki holatda paydo bo‘lishi mumkin - agar odam ari uchun jozibali ko‘rinsa(masalan, u o‘tkir gul hidli atir sepib olganda, bu hid arilarni o‘ziga jalb etadi)yoki ari o‘zini himoya qilishga majbur bo‘lsa. Ikkinchi holda, vaziyat quyidagicha sodir bo‘ladi: bir kishi asalari uyasiga juda yaqin kelgan va bu uyalardagi arilar uni o‘zlari uchun xavfli deb hisoblashadi. Yana bir variant — agar ari tasodifan yangi uzilgan mevalar yoki rezavorlar bilan tutilgan bo‘lsa. Darvoqe, bu juda xavfli holat, chunki ari og‘iz bo‘shlig‘idan chaqqanda shish paydo bo‘ladi, o‘z navbatida, nafas olishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.

Asalarilar bir marta chaqadi. Gap shundaki, ularning nishi chaqqanda teriga yopishib qoladi va hasharotlar uni tortib ololmaydi. Zahar juda ko‘p turli xil moddalarni o‘z ichiga oladi va ulardan biri gistamin bo‘lib, organizmda allergik reaksiya belgilari uchun javobgar bo‘lgan modda bilan bir xil. Masalan, ari chaqishi natijasida shishning paydo bo‘lishi. Bunga qo‘shimcha ravishda, zahar tarkibida oqsillar, fermentlar, kislotali, ishqoriy va boshqa komponentlar, shuningdek, boshqa asalarilarni o‘ziga jalb qiluvchi moddalar mavjud, shuning uchun, aytaylik, uyaning yonida odamni ari chaqqan bo‘lsa, u darhol bu joydan ketishi kerak, toki boshqa “hamkasblar” uchib kelmasin.

Asalari chaqqandan keyin nima bo‘ladi?

Agar sizni ari chaqqan bo‘lsa, birinchi navbatda o‘tkir og‘riqni his qilasiz. Asalari chaqqanda o‘zidan teriga zahar yuboradi. Hasharotning nishi terida qoladi va zahar bir muncha vaqt oqib chiqadi. So‘ng ari chaqqan joy qizarib ketadi, shish va uning markazida kichik oq nuqta paydo bo‘ladi. Odatda jarayon shu yerda tugaydi, ammo taxminan 0,5-2 foiz odamlar allergik reaksiyaga duch kelishadi. Mana, bunday holat kuzatilganda, nimalar ro‘y beradi:

  • ari chaqishidan keyin shishish pasaymaydi, aksincha, kattalashadi;
  • chaqqan joy qichishadi, uning ustida toshma paydo bo‘ladi, qichishish butun tanaga tarqaladi;
  • nafas olish qiyinlashadi;
  • ko‘ngil aynishi, hatto, qusish paydo bo‘ladi;
  • bosh aylanadi;
  • lablar, yuz, tomoq shishadi;
  • og‘ir holatlarda u ongni yo‘qotishi mumkin.


    Foto: The voice mag

     

    Asalari chaqishi uchun birinchi yordam boshqa hasharotlar chaqishi bilan bir xil algoritmga muvofiq ko‘rsatiladi:

    • Nishga tegmang. Hech qanday holatda uni barmoqlaringiz bilan tortib olmang va uni yaradan siqib chiqarmang. Biror noto‘g‘ri harakat bilan chaqqan joydagi zahar qopini ezib tashlaysiz va jabrlanuvchi noqulaylikning qo‘shimcha qismini boshdan kechiradi. Nishni pinset, igna yoki pichoq qirrasi bilan tortib oling — ari chaqqanda chaqqan joyga qanchalik kam zarar yetkazsangiz, jabrlanganlar uchun shunchalik yaxshi bo‘ladi.
    • Yarani toza suv bilan yuvib tashlang, sovun ishlatishingiz mumkin. Keyin unga biror antiseptik qo‘ying, zararlangan joyda turli xil mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin, yaqin tanishlar bilib-bilmay sizni xursand qilishlari dargumon. Asalari chaqqan joyga sodali eritmani ham qo‘ysa bo‘ladi — bu qichishishni yengillashtiradi va zaharning kislotali tarkibiy qismlarini zararsizlantiradi.
    • Asalari chaqishi natijasida hosil bo‘ladigan shishishni kamaytirish uchun sovuq kompressni qo‘llang. Bu joyga sovuq nam sochiqni, muzlatgichdagi sabzavotlar solingan qopni(yaxshisi uni matoga o‘ragan holda)qo‘llang.
    • Ko‘proq suv iching. Suv to‘qimalar orqali allaqachon tarqalib ketgan zahardan tezda xalos bo‘lishga yordam beradi.
    • Agar allergiya belgilari mavjud bo‘lsa, siz suprastin, setrin, kestin, fenistil, kalamin singari ari chaqishini davolashga yordam beradigan preparatlarni qabul qiling. Har qanday antigistamin foyda beradi. Yodda tutingki, birinchi guruh dorilari(suprastinlar)uyquchanlikka olib keladi, ammo ular tezroq ta’sir qiladi.

    Ta’kidlanganidek, kuchli allergik reaksiya holatida tez yordam chaqirish zarur. Bundan tashqari, agar ari odamning ko‘zidan, og‘iz bo‘shlig‘idan chaqqan bo‘lsa(masalan, olma bo‘lagini sezmasdan og‘izga ari bilan birga og‘izga solganda)shifokorga murojaat qilish kerak. Bundan tashqari, bir nechta arining chaqishi ham xavflidir, chunki bu holda tanadagi zaharning konsentratsiyasi ancha yuqori bo‘ladi va shunga mos ravishda salbiy oqibatlar ehtimoli ham ortadi.

    O‘zingizni asalari chaqishidan himoya qilish juda oson: asalari ko‘p bo‘ladigan bog‘lar, gulzorlardan uzoqroq yuring, qishloqqa yoki o‘rmonga boradigan bo‘lsangiz, o‘tkir hidli atirlardan foydalanmang, meva va rezavorlarni o‘zingiz iste’mol qilishdan yoki bolaga berishdan oldin ehtiyotkorlik bilan tekshiring. Biz takrorlaymiz: asalarilar odatda tajovuzkor emas, agar siz ularga tegmasangiz, ular ham sizga tegmaydilar.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.