Asal — foydasi, shifobaxsh xususiyatlari, zarari, tanlashning 7 oltin qoidasi
O'qildi: 414
Asal— asalarilar gul nektarini qayta ishlashi natijasida olinadigan shirin mahsulot. Asalning hushbo’yligi, rangi va ta’mi nektar qaysi o’simliklardan to’planganligiga bog’liq. Odatda och rangli asal qimmatroq hisoblanadi.
Gul nektari 80% suvdan iborat. Asalarilar tomonidan qayta ishlanganidan keyin undagi suv miqdori 20% gacha kamayadi. Asaldagi suyuqlik uyada hosil bo’ladigan yelvizak natijasida bug’lanib ketadi. Yelvizak o’z navbatida asalarilar takror va takror qanot qoqishi jarayonida shakllanadi. Asal kerakli quyuqlikka yetganda, uyalar mum bilan yopiladi.
1-2 osh qoshiq quritilgan moychechak guli olinadi va ustidan 400 ml qaynoq suv quyiladi.
Suv hammomida 10-15 daqiqa isitiladi.
Suzib olingan va sovutilgan damlamaga 1-2 choy qoshiq asal qo’shiladi va og’iz bo’shlig’i kuniga bir necha marta chayiladi.
1 stakan yerqalampir qirg’ichdan chiqariladi va 1,5 kun tindirishga qoldiriladi.
Bir osh qoshiq asal, lavlagi va sabzi va bitta limon sharbati olinadi.
Barchasi aralashtirib, kuniga 2 marta ovqatdan 40-60 daqiqa oldin qabul qilinadi. Kurs davomiyligi 1,5 oy.
100 gramm sariyog’, eritilgan hayvon yog’i, asal, kakao va 15 gramm aloe sharbati aralashtiriladi.
Qaynatmagan holda isitiladi.
Har kuni ertalab va kechqurun 1 stakan sutga 1 osh qoshiq aralashmadan qo’shgan holda qabul qilinadi.
Asal tanlash qoidalari:
Soxta yoki suyultirilgan mahsulotni uning qay tarzda oqishi «sotib qo’yadi». Asalni qoshiqqa aylantirib o’rab olib, ko’tarib ko’ring: soxta mahsulot, tezda oqib tushadi, yoyilib ketadi. Tabiiy asal esa qalin ip hosil qilgan holda asta-sekin oqadi, tomchilamaydi va tushganda yuzada vaqtincha «tepalik» hosil qiladi.
Hidini o’rganish: undan gul-o’simlik ifori kelishi kerak.
Rangga e’tibor bermang — tabiiy asalning rangi ham och, ham to’q bo’lishi mumkin.
Tatib ko’ring: haqiqiy asalda karamel ta’mi bo’lmaydi, yutganda tomoqda biroz qichishish chaqiradi va glyukoza tufayli tilda yengil achishish hissini keltirib chiqaradi.
Bir tomchi mahsulotni barmoqlar bilan aylantirib ko’ring: teriga singib ketsa — oldingizda sifatli mahsulot; kichik to’pchaga o’ralib qolsa — soxta.
Soxta mahsulotda cho’kma, xiralik va yot aralashmalar bo’lishi mumkin. Lekin bu har doim ham emas.
Shakarlanib qolishdan cho’chimang. Asal yig’ib olinganidan so’ng 1-2 oy ichida tabiiy ravishda kristallanadi.
Quyidagi tajribalar mahsulotning tabiiyligini aniqlashga yordam beradi:
Asalni suvda eritib, bir necha tomchi yod yoki lyugol qo’shing: eritma ko’k rangga bo’yalsa — mahsulotda kraxmal yoki un mavjud bo’ladi.
Mahsulotga bir bo’lak non soling: non qattiqligicha qolsa — tabiiy; yumshab qolsa — mahsulot o’zida ko’p miqdorda shakar saqlaydi.
Qog’ozga bir tomchi tomizib ko’ring: soxta mahsulot oqib ketadi.
Asalga qizigan sim tushirib ko’ring — tabiiy mahsulot metallga yopishib qolmaydi.
Asalni qorong’i joyda va shisha idishda saqlang.
Temir, qalay, rux bilan qoplangan va alyuminiy idishlarda saqlamang — bu oksidlanishga olib kelishi mumkin.
Asal gigroskopik mahsulot, shuning uchun yuqori namlikda uning 30 foiziga qadar qismi asalga o’tib oladi.
Mahsulot hidlarni o’ziga yutadi, shuning uchun uni aromatik mahsulotlar yaqinida saqlamang.
Manba
Og’iz bo’shlig’i kasalliklarida
Shilliq qavatining yallig’lanishini tabiiy asal va moychechak aralashmasi bilan chayish bartaraf etadi.1-2 osh qoshiq quritilgan moychechak guli olinadi va ustidan 400 ml qaynoq suv quyiladi.
Suv hammomida 10-15 daqiqa isitiladi.
Suzib olingan va sovutilgan damlamaga 1-2 choy qoshiq asal qo’shiladi va og’iz bo’shlig’i kuniga bir necha marta chayiladi.
Yurak-tomir kasalliklarida
Aterosklerozda asalga asoslangan quyidagi retsept ijobiy ta’sirga ega bo’ladi.1 stakan yerqalampir qirg’ichdan chiqariladi va 1,5 kun tindirishga qoldiriladi.
Bir osh qoshiq asal, lavlagi va sabzi va bitta limon sharbati olinadi.
Barchasi aralashtirib, kuniga 2 marta ovqatdan 40-60 daqiqa oldin qabul qilinadi. Kurs davomiyligi 1,5 oy.
Bronxitda
Uzoq muddatli yo’talda sariyog’li vosita yordam beradi.100 gramm sariyog’, eritilgan hayvon yog’i, asal, kakao va 15 gramm aloe sharbati aralashtiriladi.
Qaynatmagan holda isitiladi.
Har kuni ertalab va kechqurun 1 stakan sutga 1 osh qoshiq aralashmadan qo’shgan holda qabul qilinadi.
Bachadondan qon ketishi va og’riqli menstruatsiyalarda
Moychechak gullari, yalpiz va valeriana aralashmasidan damlama tayyorlab olinadi, so’ng damlama suzib olinadi, 2 osh qoshiq asal qo’shiladi va kuniga 2 marta 200 ml`dan qabul qilinadi.Asalni qanday tanlash kerak
Insofsiz ishlab chiqaruvchilar tezroq daromad qilish maqsadida mahsulotni hech qanday ari, asalari uyasi va o’simliklar zarur bo’lmagan holda olish usulni o’ylab topishgan. Soxta asal shakar, glyukoza, limon kislotasi, tarvuz yoki qovun sharbatidan tayyorlanadi. Yopishqoqligini oshirish maqsadida un, patoka yoki boshqa moddalar qo’shilishi mumkin. Albatta bunday usulda olingan asal foydasi shubhalidir.Soxta yoki suyultirilgan mahsulotni uning qay tarzda oqishi «sotib qo’yadi». Asalni qoshiqqa aylantirib o’rab olib, ko’tarib ko’ring: soxta mahsulot, tezda oqib tushadi, yoyilib ketadi. Tabiiy asal esa qalin ip hosil qilgan holda asta-sekin oqadi, tomchilamaydi va tushganda yuzada vaqtincha «tepalik» hosil qiladi.
Hidini o’rganish: undan gul-o’simlik ifori kelishi kerak.
Rangga e’tibor bermang — tabiiy asalning rangi ham och, ham to’q bo’lishi mumkin.
Tatib ko’ring: haqiqiy asalda karamel ta’mi bo’lmaydi, yutganda tomoqda biroz qichishish chaqiradi va glyukoza tufayli tilda yengil achishish hissini keltirib chiqaradi.
Bir tomchi mahsulotni barmoqlar bilan aylantirib ko’ring: teriga singib ketsa — oldingizda sifatli mahsulot; kichik to’pchaga o’ralib qolsa — soxta.
Soxta mahsulotda cho’kma, xiralik va yot aralashmalar bo’lishi mumkin. Lekin bu har doim ham emas.
Shakarlanib qolishdan cho’chimang. Asal yig’ib olinganidan so’ng 1-2 oy ichida tabiiy ravishda kristallanadi.
Quyidagi tajribalar mahsulotning tabiiyligini aniqlashga yordam beradi:
Asalni suvda eritib, bir necha tomchi yod yoki lyugol qo’shing: eritma ko’k rangga bo’yalsa — mahsulotda kraxmal yoki un mavjud bo’ladi.
Mahsulotga bir bo’lak non soling: non qattiqligicha qolsa — tabiiy; yumshab qolsa — mahsulot o’zida ko’p miqdorda shakar saqlaydi.
Qog’ozga bir tomchi tomizib ko’ring: soxta mahsulot oqib ketadi.
Asalga qizigan sim tushirib ko’ring — tabiiy mahsulot metallga yopishib qolmaydi.
Saqlash qoidalari
Asalni saqlash uchun eng yaxshi joy to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlaridan himoyalangan javon hisoblanadi. Juda yuqori va past haroratlar asal tarkibiga va konsistentsiyasiga zarar yetkazishi mumkin. Saqlash uchun optimal harorat 10-20 °C.Uzoq muddatli saqlash uchun 5 °C atrofidagi harorat mos keladi, bu holda asal kristallizatsiyalanmaydi.
Faqat yangi mahsulot foydali jihatlarga ega sanaladi. Asal o’z shifobaxsh xususiyatlari bir yil saqlaydi. Noto’g’ri saqlangan bo’lsa, bu muddat mos ravishda yanada qisqaradi.Asalni qorong’i joyda va shisha idishda saqlang.
Temir, qalay, rux bilan qoplangan va alyuminiy idishlarda saqlamang — bu oksidlanishga olib kelishi mumkin.
Asal gigroskopik mahsulot, shuning uchun yuqori namlikda uning 30 foiziga qadar qismi asalga o’tib oladi.
Mahsulot hidlarni o’ziga yutadi, shuning uchun uni aromatik mahsulotlar yaqinida saqlamang.
Agar asal shakarlanib qolsa nima qilish mumkin
Haqiqiy asal 3-4 hafta ichida shakarlanib qolishi mumkin. Istisnolik — 1 yil davomida suyuq holatda qoladigan veresk va akatsiyadan olinadigan asallar. Shakarlanib qolgan mahsulot shifobaxsh xususiyatlarini yo’qotmaydi va uni suyuq holatiga qaytarish mumkin. Buning uchun uni suv hammomida 40 °C ga qadar isitib oling. Haroratni oshirmang, aks holda qimmatli moddalar «bug’lanib ketadi». Asal organizmga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan universal vositadir. U pazandalik, kosmetologiya va tibbiyotda ishlatiladi, shuningdek shakarning foydali va mazali o’rnini bosuvchisi hisoblanadi. Shunga qaramay, «Asalning ham ozi shirin» degan iborani unutmaslik kerak.Manba: Mymedic
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.