Salomatlik Salomatlik Uzoq umr ko‘rishni istasangiz, tark etishingiz kerak bo‘lgan 6 ta odat

Uzoq umr ko‘rishni istasangiz, tark etishingiz kerak bo‘lgan 6 ta odat

O'qildi: 237


Uzoq umr ko‘rishni istasangiz, tark etishingiz kerak bo‘lgan 6 ta odat

Salomatlik nafaqat turmush tarziga, balki umr ko‘rish davomiyligiga ham bog‘liq. Albatta, to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi sizni baxtsiz hodisalardan kafolatlay olmaydi. Ammo bu omillar xavfli va potensial o‘limga olib keluvchi kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkin. Shunday qilib kundalik odatlaringizni qayta ko‘rib chiqing va quyidagi odatlardan birortasi sizga tanish bo‘lsa, ulardan hech ikkilanmay voz keching, deb yozmoqda “Noviy ochag” nashri.

Kechasi ovqatlanish

Foto: “Noviy ochag”

Yarim tunda muzlatkichga mo‘ralab qarash va mazali(va ko‘pincha zararli)narsalarni yeyish odati nafaqat vazningiz, balki sog‘lig‘ingiz, hatto hayotingiz uchun ham xavflidir. Birinchidan, bu kechki yeguliklar glyukozaning xavfli darajada ko‘tarilishiga olib keladi, insulin bardoshliligiga taʼsir qiladi, bu esa 2-toifa diabet xavfini sezilarli darajada oshiradi. Ikkinchidan, tungi ovqat isteʼmol qilish qonda yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini oshiradigan xavfli yog‘lar — triglitseridlar darajasini oshiradi.

Kech uxlash

Sevimli filmingizning boshqa epizodi yoki do‘stlaringiz bilan suhbat qurib o‘tirish uchun uyquni qurbon qilsangiz, sog‘lig‘ingizni xavf ostiga qo‘yasiz. Uyqusizlik juda zararli, tungi dam olishning surunkali yetishmasligi yurak xastaliklaridan tortib saratongacha bo‘lgan turli kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, uyqusiz tundan keyin konsentratsiyani yo‘qotish, agar mashina haydasangiz yoki xavfli uskunalar bilan ishlasangiz, salbiy oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.

Tuzni meʼyordan ortiq isteʼmol qilish

Foto: “Noviy ochag”

Barcha o‘limlarning deyarli 10 foizi tuzni ortiqcha isteʼmol qilish bilan bog‘liq. Bundan tashqari, ratsiondagi juda ko‘p yoki juda kam tuz yurak xastaliklari, insult va 2-toifa diabet kasalliklaridan kelib chiqadigan o‘lim holatlarining 45 foiziga sabab bo‘ladi. Taomnomadagi tuz darajasini nazorat qiling — hayotingiz tom maʼnoda unga bog‘liq.

Qo‘lni yuvmaslik

Ko‘chadan qaytganimizdan keyin, ovqatlanishdan oldin, hojatxonadan so‘ng qo‘lni yuvish lozimligi haqida chaqiriqni shunchalik ko‘p eshitganmizki, buni ko‘pincha muhim narsa sifatida qabul qilmaymiz. Ammo kim nima deyishidan qatʼiy nazar, atrofimizdagi dunyo haqiqatan ham xavfli mikroblarga to‘la. Qo‘l yuvish sog‘liqni himoya qilishning eng oson va ishonchli usuli bo‘lib qolmoqda. Beparvolik qilmang!

Tish uchun maxsus iplardan foydalanmaslik

O‘qib hayron qolasiz. Lekin muntazam ravishda tishni iplari bilan tozalash umr ko‘rishni olti yilga uzaytirishi mumkin. Gap shundaki, tish iplari kasalliklar va milklar yallig‘lanishi bilan kurashishga yordam beradi. Shu bilan birga xavfli kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli bakteriyalarning qon oqimiga kirishining oldini oladi. Shunday ekan, tish va milklaringizning sog‘lig‘ini kuzatib boring. Tish iplari nafaqat ko‘zni qamashtiruvchi tabassumingiz ularga bog‘liq, balki sog‘lig‘ingiz ham!

Nonushtani o‘tkazib yuborish

Foto: “Noviy ochag”

Nonushta kunning eng muhim taomidir va uni hech qachon o‘tkazib yubormaslik kerak. Tadqiqotlar muntazam ravishda nonushta qilmaslik va diabet, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqlaydi. Bundan tashqari, nonushta bizni kun davomida to‘yimlilikni his qilishimizga, zararli qo‘shimcha yeguliklardan qochishimizga yordam beradi. Va bu salomatlik uchun, balki chiroyli qomat uchun ham foydalidir.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.