Kech bo‘lmasidan voz keching: Insultga olib keladigan 4 ta zararli odat
Miyaning qon tomir kasalliklari(shu jumladan insult)dunyo miqyosida o‘limning ikkinchi sababidir. Bu ko‘p jihatdan kasalliklar xavfini oshiradigan umumiy zararli odatlar bilan bog‘liq. Marie Claire nashri qanday odatlar insult ehtimolini oshirishini ma’lum qildi.
Foto: Marie ClaireKo‘p ovqatlanish
Foto: Marie ClaireMe’yordan ko‘p ovqatlanish ortiqcha vazn va semirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘ldir va bu, o‘z navbatida, insult xavfini sezilarli darajada oshiradi. Brigham and Women’s Hospital doktori Tobias Kurtning ma’lum qilishicha, ortiqcha vazn yoki semirib ketish bilan insultga chalinish ehtimoli ortadi.
Qon bosimini nazorat qilmaslik
Foto: Marie ClaireYuqori qon bosimi(gipertoniya)insultning asosiy sabablaridan biridir. “Gipertoniya ovozsiz qotil deb ataladi, chunki odamlar ko‘pincha uning mavjudligini bilmaydi, — deydi nevrologiya professori Brett Kukkiara. — Siz buni his qila olmaysiz. U og‘riq bermaydi. Shuning uchun odamlar qon bosimini muntazam tekshirib turishi kerak. Bu juda muhim”.
Spirtli ichimliklar ichish
Foto: Marie ClaireSpirtli ichimliklar va insult xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlik uzoq vaqtdan beri tibbiyot olamida aksioma bo‘lib kelgan. “Ko‘pgina tadqiqotlar gemorragik va ishemik insult xavfining ortishi spirtli ichimliklarni haddan tashqari ichish bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi”, — deyiladi Stroke jurnalida chop etilgan ilmiy maqolada.
Xolesterinli mahsulotlarni iste’mol qilish
Foto: Marie ClaireBularga qizil go‘sht, trans yog‘lari bo‘lgan mahsulotlar(xususan, fastfud), palma yog‘i, ko‘plab sut mahsulotlari va shirinliklar kiradi. Agar yomon xolesterinli mahsulot juda ko‘p iste’mol qilinsa, u qon oqimida to‘planadi va tomirlarda quyqalar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu esa insultga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘ldir. Kasallikning oldini olish uchun qondagi xolesterin darajasini muntazam tekshirib turish va ratsiondagi zararli mahsulotlar sonini kamaytirish tavsiya etiladi.
Manba