Kuniga bir choy qoshiqdan ortiq tuz iste’mol qilmang: JSST ogohlantirdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti(JSST)tuz iste’molini kamaytirish zarurligi haqidagi birinchi global hisobotni e’lon qildi. Dunyodagi davlatlarning atigi 5 foizi bunga amal qiladi.
Foto: pixabay.comDunyoda bir kishi kuniga o‘rtacha 10,8 gramm tuz iste’mol qiladi. Bu me’yordagi kunlik 5 gramm tuzdan(bir choy qoshiq)ikki baravar ko‘pdir.
“Hisobot shuni ko‘rsatadiki, aksariyat mamlakatlar natriy iste’molini kamaytirish bo‘yicha majburiy choralar ko‘rmagan, bu esa aholi orasida yurak xuruji, insult va boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin”, — dedi JSST
Natriyni ko‘p iste’mol qilish hamda oshqozon saratoni, semizlik, osteoporoz va buyrak kasalligi xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqlovchi dalillar ko‘paymoqda. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda tashkilotga a’zo davlatlarning atigi 5 foizi va bu faqat to‘qqizta davlat — Braziliya, Chili, Chexiya, Litva, Malayziya, Meksika, Saudiya Arabistoni, Ispaniya va Urugvay — natriy miqdorini majburiy kamaytirish siyosatini yuritadi. Biroq, mamlakatlarning 73 foizi bunday siyosatlarning to‘liq to‘plamiga ega emas.
JSST natriy miqdorini majburiy kamaytirish siyosatini qisman amalga oshiruvchi davlatlar qatoriga Belarus, Ukraina va O‘zbekistonni kiritdi. Armaniston, Tojikiston va Qirg‘izistondagi vaziyat esa yomonligi, sababi rasmiylar hozircha faqat chora ko‘rishga va’da bergani aytildi.
JSST tavsiyalari
Hisobot mualliflari mamlakatlarga quyidagi harakatlarni amalga oshirishni tavsiya qiladi:
- tuz miqdorini kamaytirish uchun oziq-ovqat tarkibidagi natriy miqdorini belgilash;
- davlat idoralari, shifoxonalar, maktablar va qariyalar uylariga tuz yoki natriyga boy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni cheklovchi davlat xaridlari siyosatini ishlab chiqish;
- iste’mol tovarlarining old tomonida iste'molchilarga kam natriyli oziq-ovqatlarni tanlash imkonini beradigan majburiy markalash to'g'risidagi qonunlarni joriy etish;
- tuz va natriy iste’molini kamaytirishga qaratilgan axborot kampaniyalarini o‘tkazish.
Manba