Salomatlik Salomatlik Tish og‘rib, yonoq shishsa, uy sharoitida birinchi yordam ko‘rsatish uchun nima qilish kerak?

Tish og‘rib, yonoq shishsa, uy sharoitida birinchi yordam ko‘rsatish uchun nima qilish kerak?

O'qildi: 588


Tish og‘rib, yonoq shishsa, uy sharoitida birinchi yordam ko‘rsatish uchun nima qilish kerak?

Tish og‘rib, yonoqda shish paydo bo‘ldi. Nima qilish kerak?Albatta, iloji boricha tezroq shifokorga ko‘rinish lozim. Ammo bu muammo yarim tunda sodir bo‘lib, shifokorga borish vaqt talab qilsa-yu, og‘riq tinchlik bermasa, darhol qanday chora ko‘rish zarur?Bunday hollarda, sabablarni aniqlashga harakat qiling va mavjud vositalar bilan kuchli og‘riqni bartaraf eting, deb yozmoqda “Noviy ochag” nashri.

Tish milki shishgan bo‘lsa, nima qilish kerak: sababni izlash

Xavotirga sog‘lom ko‘rinadigan yoki yaqinda davolangan tish sabab bo‘lishi mumkin. Tish milkida yallig‘lanish jarayoni rivojlana boshlaydi. Dastlab shish deyarli sezilmaydi, keyin u asta-sekin kattalashib boradi va og‘riq paydo bo‘ladi. Baʼzida tish milkining shishishi kuzatiladi. 

Yallig‘lanishga quyidagilar sabab bo‘ladi:

  • Shifokorga tashrif buyurgandan keyin tish milki yanada shishib ketadi. Agar shifokor ilgari sizga bu borada nima qilish kerakligi haqida tavsiyalar bermagan bo‘lsa, o‘zingiz holatni yengillatish haqida harakat boshlashingizga to‘g‘ri keladi. Ehtimol, bu kasallikning rivojlanishiga shifokorning aralashuvi sabab bo‘lgandir.
  • Tish chiqarish natijasida tish milki shikastlanishi mumkin, bu esa shish paydo bo‘lishiga olib keladi.
  • Faqat go‘daklarning tishlari kuchli og‘riq bilan chiqmaydi. Aql tishi chiqqanda, tish milki shishishiga olib kelishi mumkin.

Ammo ko‘pincha tish milkining shishishi kariyes natijasida, qattiq oziq-ovqat isteʼmol qilganda yoki tishlarni noto‘g‘ri yuvish oqibatida infeksiyani keltirib chiqaradi.

Tish og‘rib, yonoq shishgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

Og‘riq kuchayib borsa, hech bo‘lmaganda muammoning jiddiyligini zaiflashtirishga imkon beradigan tasdiqlangan vositalarni qo‘llash lozim. Tish milki shishgan bo‘lsa, uy sharoitida nima qilish kerakligi haqida bir qancha variantlar mavjud:

  • Soda-tuz eritmasi bilan chayish yallig‘lanishni yengillashtiradi(bir stakan suv uchun har bir moddadan 0,5 choy qoshiq).
  • Antiseptik va soda eritmasi(bir stakan suvda 2 osh qoshiq)sifatida yaxshi ishlaydi.
  • Shishgan tish milkini propolisning suvli eritmasi bilan yuvish mumkin.
  • Bir choy qoshiq shifobaxsh o‘tlar(romashka, shalfey, eman po‘stlog‘i)bir stakan qaynoq suv bilan aralashtiriladi, shishni yengillashtiradigan va og‘riqni kamaytiradigan damlama tayyorlanadi.
  • Tish atrofidagi tish milki shishgan bo‘lsa, uni barmoqlaringiz bilan uqalab, propolisning spirtli eritmasi bilan artishingiz yoki og‘riqli tishga muz surtishingiz kerak.
  • Yengil anestetik taʼsir ko‘rsatadigan aroq bilan chayish ham biroz yordam beradi.
  • Yallig‘lanish kariyesdan kelib chiqqan bo‘lsa, to‘g‘ralgan sarimsoq va piyozning teng qismlari aralashmasidan og‘riqli joyga kompress qilinadi.

Yallig‘langan joyni isitish taqiqlanadi, chunki issiqlik yiring hosil bo‘lishini tezlashtiradi va og‘riqni kuchaytiradi.

Agar tish shishganida nima qilish kerakligini bilmasangiz, xalqona davolash usullaridan foydalaning. Ular vaziyatni biroz yengillashtiradi va kuchli og‘riqni kamaytiradi. Ammo bu usullar sababni bartaraf etolmaydi. Tish milki shishib ketganda, odatda ho‘ppozni ochish va dori vositalari bilan infeksiyani bartaraf etish kerak. Va buni faqat mutaxassis amalga oshira oladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.