Qorag‘atning ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir qilishi rostmi?
Ko‘zlar uchun qorag‘atning foydalari uzoq yillardan buyon muhokama qilinmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, britaniyalik uchuvchilar qorag‘at murabbosini shunchalik ko‘p yeyishganki, natijada ko‘rish qobiliyati sezilarli darajada yaxshilangan va ular urush davrida nemis samolyotlarini urib tushirgan. Ammo bu haqda hech qanday aniq dalil yo‘q.
Foto: GraziaKo‘p asrlar davomida qorag‘atlar ko‘plab kasalliklarni davolashda, qon aylanish muammolaridan diareya va oshqozon yarasigacha ishlatilgan. Buning sababi bor: bu rezavor antosiyaninlarga va antioksidant xususiyatlarga ega pigmentlarga boy.
Biroq uning ko‘rish qobiliyatiga foydali ta’siri isbotlanmagan, shuning uchun urushidan keyin olimlar bu rezavorga katta qiziqish bildirishdi. Ikki guruh yigitlar qorag‘atning ko‘rish qobiliyatiga ta’siri bo‘yicha tadqiqotda qatnashdi. Ikkala holatda ham ularga platsebo va 40 milligrammgacha antosiyaninlarni o‘z ichiga olgan ekstraktlar berildi. Biroq ilmiy tajriba natijasida uning ishtirokchilarining hech bir guruhi ko‘rish qobiliyatini yaxshilamadi.
Qorag‘atlarning ko‘rish qobiliyatini yaxshilashi haqida ilmiy dalillar mavjud bo‘lmasa-da, ular ratsionga qo‘shishga arziydi. Rezavor tarkibida ko‘plab vitamin, mineral va antioksidant mavjud bo‘lib, ular yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.
Qorag‘atlar milk kasalligi, metabolik sindrom va yurak-qon tomir kasalliklariga moyil bo‘lgan odamlar uchun foydali. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu rezavor xolesterin va qonda shakar darajasini pasaytiradi. Bundan tashqari, qon oqimini yaxshilaydi, qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Ortiqcha vaznli odamlar uchun ozishda ajoyib ko‘makchi bo‘ladi. Bu mevalar nafaqat sog‘lom va mazali, balki kaloriyasi ham past hisoblanadi.
Mavzuga doir:
- Nima uchun ko‘zda ajralmalar paydo bo‘ladi va bunday holda nima qilish kerak?
- Uzoq vaqt davomida ko‘rish qobiliyatining yaxshi saqlanishiga hissa qo‘shadigan 8 tavsiya
- Ko‘rish qobiliyati uchun foydali mahsulotlar
Manba