Salomatlik Salomatlik Rivojlanib kelayotgan artritning e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan 5 alomati

Rivojlanib kelayotgan artritning e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan 5 alomati

O'qildi: 303


Rivojlanib kelayotgan artritning e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan 5 alomati

Artrit har doim ham og‘riq bilan tavsiflanmaydi. Ushbu noxush kasallikning boshqa belgilari va u bilan qanday kurashish haqida bilib oling.

Foto: Marie Claire

“Artrit” so‘zi bezovta qiluvchi og‘riq bilan bog‘liq, ammo bu kasallik boshqa alomatlar orqali o‘zini namoyon qilishi mumkin. Yaxshi tomoni shundaki, agar mutaxassisga vaqtida murojaat qilinsa, zararni kamaytirish va alomatlarni minimal darajada ushlab turish mumkin. Shuning uchun vaqtni o‘tkazmasdan rivojlanib kelayotgan artrit belgilari ro‘yxatiga e’tiborli bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

Qisqargan harakat oralig‘i

Ba’zi harakatlar endi oson emasligini sezish mumkin. Har qanday og‘ir yoki yengil harakat bo‘lmasin, ularning barchasi bo‘g‘imga bog‘liq. Quyida sanab o‘tilgan alomatlar harakatlanishni qiyinlashtirishi mumkin, ammo unutmangki, qon aylanishini yaxshilash artrit belgilarini kamaytirishga yordam beradi.

Bo‘g‘imlar harakatchanligining yomonligi

Bo‘g‘imlarning qattiqlashuvi artritda juda keng tarqalgan. Bu holat rivojlanganda, bo‘g‘imning harakatlanishida qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Ular odatdagidan kamroq elastik bo‘lib qolishi va ertalab uyg‘onganda qattiqlik kuchayganini taxminan bir soat yoki undan ko‘proq davom etishi yaqqol seziladi. Sovuq havoda ham bu alomatning kuchayishi kuzatiladi.

Bo‘g‘imlarda surunkali og‘riq

Doimiy davom etuvchi yoki kuchayib borayotgan bo‘g‘im og‘riqlari artritning asosiy belgisi hisoblanadi. Og‘riq vaqt o‘tishi bilan kuchayadi, ayniqsa davolanmasa. Agar biror tashqi ta’sir tufayli jarohat yoki yillar davomida yallig‘lanishga olib keladigan osteoartrit bo‘lsa, bitta, gohida ikkala tizza va sonda bo‘g‘imlarning og‘rig‘ini sezish mumkin. Agar immunitet tizimining reaksiyasidan kelib chiqqan holda revmatoid artrit aniqlansa, og‘riqlar simmetrik bo‘ladi. Og‘riq boshlanganda, masalan, o‘ng bilakda, keyin chap tomonda seziladi.

Bo‘g‘imlar atrofida shish paydo bo‘lishi

Bo‘g‘imlarning shishishi ularning atrofidagi to‘qimalarda suyuqlikning ko‘payishi fonida paydo bo‘ladi. Bu, ayniqsa, revmatoid artrit, osteoartrit, psoriatik artrit va podagrada ko‘proq kuzatiladi. Psoriatik artrit psoriazning yallig‘lanishli teri kasalligi bo‘lgan odamlarning taxminan 30 foiziga ta’sir qiladi. Podagra organizmda peshob kislotasining g‘ayrioddiy darajada yuqori bo‘lganida rivojlanadi. Bu barcha alomatlar alohida e’tiborga loyiqdir.

Bo‘g‘imlarning qizarishi

Bo‘g‘imlarning qizarishi ko‘pincha yallig‘lanishning natijasidir, shuning uchun yallig‘lanish mavjud bo‘lganda, bu sohadagi rang ko‘pincha o‘zgaradi. Shishning kuchayishi bilan qizarish paydo bo‘lishini yoki yomonlashishini sezish mumkin. Shu bilan birga, bo‘g‘im yoki ular atrofidagi joy issiq bo‘lishi mumkin. Albatta, bu yallig‘lanish bilan bog‘liq.

Nima qilish kerak?

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, artritni davolash mumkin bo‘lmasa-da, uni sezilarli darajada yaxshilashga qaratilgan usullar bilan yengillashtirish mumkin. Buning uchun:

  • to‘g‘ri ovqatlanish;
  • ozish;
  • chekishni tashlash;
  • stress darajasini nazorat qilish;
  • fizioterapiya;
  • gialuron kislotasi ineksiyalari;
  • endoprostetika;
  • retsept bo‘yicha dorilar;
  • steroid bo‘lmagan yallig'lanishga qarshi dorilar;
  • steroid inyeksiyalari.

Mavzuga doir:

  • Umurtqa pog‘onasiga zarar yetkazadigan odatlar
  • Bel og‘riganda darhol shifokor ko‘rigidan o‘tish shart bo‘lgan holatlar
  • Zararsiz deb o‘ylamang: qo‘l va oyoq uvishishining sabablari
  • Nima uchun oyoqlarni chalkashtirib o‘tirish zararli?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.