Salomatlik Salomatlik Pankreatit: o‘z vaqtida bilish zarur bo‘lgan xavfli kasallikning ilk belgilari

Pankreatit: o‘z vaqtida bilish zarur bo‘lgan xavfli kasallikning ilk belgilari

O'qildi: 266


Pankreatit: o‘z vaqtida bilish zarur bo‘lgan xavfli kasallikning ilk belgilari

Spirtli ichimliklar isteʼmol qilmasangiz va to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilsangiz ham, o‘tkir pankreatitni boshdan kechirishingiz mumkin.

Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari barcha holatlarining 10 foizigacha pankreatit sabab bo‘ladi — bu oshqozon osti bezining o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanishidir. Shu bilan birga, so‘nggi 30 yil ichida ushbu xavfli kasallikning surunkali shakliga chalinganlar soni ikki baravar ortdi. Pankreatit holatlarining yarmidan ko‘pi spirtli ichimliklar isteʼmol qilish natijasida paydo bo‘lishiga qaramay, hatto kefirdan kuchliroq narsa ichmaydigan va sog‘lom ovqatlanish qoidalariga rioya qilishga harakat qiladiganlar ham ushbu statistikaga kiradi. O‘tkir va surunkali pankreatitning ilk belgilarini aniqlash va undan o‘zingizni qanday himoya qilish kerakligini maʼlum qilamiz, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.

Pankreatit nima?

Pankreatit ­— bu oshqozon osti bezining yallig‘lanishi bo‘lib, unda ovqat hazm bo‘lishiga yordam beradigan fermentlar qon tarkibiga qo‘shiladi. Bez keskin yallig‘langanda, uning hujayralari vayron bo‘lganda yog‘lar va uglevodlarni parchalaydigan lipaz va amilaza fermentlari qon oqimiga tushganda pankreatit og‘ir bosqichda bo‘ladi. O‘tkir pankreatitda qondagi bu fermentlarning mavjudligini aniqlash va shunga mos ravishda tashxis qo‘yish qiyin emas.

Ammo surunkali pankreatitda, agar oshqozon osti beziga toksik taʼsir to‘xtamasa yoki o‘tkir xurujlar paytida organ juda qattiq shikastlangan bo‘lsa, testlar normal natija ko‘rsatishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan tashqi zarar belgilari paydo bo‘ladi(ularni shifokorlar KT yoki ultratovush yordamida aniqlaydi): bez kanallarining torayishi, shikastlangan to‘qimalar o‘rnida kistalar shakllanishi va hokazo. Oqibatda, oshqozon osti bezi o‘z vazifasini bajarishni to‘xtatadi — ovqat hazm qilish fermentlarining chiqarilishi va organizmga kirgan ovqatni hazm qilish jarayoni buziladi.

Pankreatitni qanday aniqlash mumkin?

O‘tkir va surunkali pankreatit belgilari farq qiladi.

O‘tkir pankreatitning birinchi va eng muhim alomati — bu qorin bo‘shlig‘i ostidan va chap qovurg‘a sohasidan boshlanadigan, shuningdek, orqa tomonga tarqaladigan juda kuchli bel og‘rig‘i. Xuruj ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketish va qorin dam bo‘lishi bilan birga kechadi.

Shuningdek, deyarli yarmida(42 foizda)o‘tkir pankreatit oshqozon-ichak traktining boshqa kasalliklari kabi “niqoblanadi”. Bu quyidagi alomatlarni o‘z ichiga oladi:

  • O‘ng qovurg‘a sohasida og‘riq;
  • Terida sariqlik;
  • Qorinning pastki qismida og‘riq;
  • Yelkalar va ko‘krak sohasiga tarqaladigan og‘riq;
  • Nafas qisilishi;
  • Qorin devorlarida to‘satdan og‘riq va uning zo‘rayishi;
  • Qorinning o‘ng tomonida kuchli og‘riq,(ko‘richak og‘rig‘iga o‘xshash og‘riq)

Surunkali pankreatitga kelsak, u o‘zini og‘riqli xurujlar sifatida namoyon qiladi. Yoki bemorni taxminan 10 kun davomida bezovta qiladigan va keyin bir necha oy davomida susayadigan qisqa xurujlar yoki uzoq va kuchli og‘riq xurujlari, ular ham bir oydan ikki oygacha bo‘lgan “sokin” davrlar bilan ajralib turadi. Shuningdek, surunkali pankreatitda oshqozon osti bezi fermenti yetishmovchiligi belgilari qo‘shiladi: qorinning doimiy dam bo‘lishi, diareya va hokazo.

Nima uchun pankreatit paydo bo‘ladi?

O‘tkir va surunkali pankreatitning taxminan 55 foizi spirtli ichimliklarni haddan tashqari ko‘p dozasi yoki ularning muntazam isteʼmoli. Shu bilan bir qatorda, to‘yib ovqatlanmaslik — ratsiondagi yog‘li, “kuchli” ovqatlarning ko‘payishi, va yengil uglevodlarga boy ovqatlar bilan bog‘liq.

Boshqa sabablarga ko‘ra oshqozon osti bezi ichiga safro tushishi, bezlarning shikastlanishi, shuningdek zaharlanish, infeksiyalar, allergiya, ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari kiradi.

Ovqat hazm qilish fermentlari genlaridagi mutatsiya tufayli pankreatitga irsiyat ham sabab bo‘lishi mumkin, degan qarashlar bor.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.