Salomatlik Salomatlik Fastfudlarni muntazam iste’mol qilish organizmga qanday taʼsir qiladi?

Fastfudlarni muntazam iste’mol qilish organizmga qanday taʼsir qiladi?

O'qildi: 295


Fastfudlarni muntazam iste’mol qilish organizmga qanday taʼsir qiladi?

Fastfudlar qanchalik tanqid qilinmasin, ko‘pchiligimiz vaqti-vaqti bilan ulardan tanovul qilish uchun maxsus restoranlarga boramiz. Axir u yerda siz tez va arzonroq ovqatlanasiz. Diyetologlar fastfudlarning ortiqcha kaloriyasi va ishtahani qitiqlovchi ko‘plab lazzatlari haqida bizga eslatib turadi. Tez tayyor bo‘luvchi taomlarni doimiy tarzda isteʼmol qilishni boshlasak, nima bo‘ladi?

Fastfudlar o‘zi nima?

Kulmang. Fastfud — bu o‘ylaganimizdan ancha kengroq tushuncha. Yaʼni bunday ovqatlanish tarmoqlarida biz faqatgina gamburger emas, balki kartoshka, qovurilgan tovuq, pitssa, sendvichlar, sushi va boshqa “qo‘shimcha”lar yeymiz.

Fastfud bilan muntazam ovqatlanish tajribalari

Ikkalasi ham kasal bo‘lib qoldi

Bir guruh odamlar o‘zlari ustida tajriba o‘tkazib ko‘rishdi: ular maʼlum vaqt davomida faqat fastfud isteʼmol qilishdi. Ularning orasida eng mashhuri amerikalik Morgan Spurlok bo‘ldi. U bir oy davomida faqat fastfud taomlar tanovul qilgan. Bu haqda hatto ikki qismdan iborat hujjatli film ham suratga olindi, unda Morgan bosh rolni ijro etdi.

Erkakning salomatligi shifokorlar tomonidan nazorat qilindi. Morgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va bir necha kunda bir marta tekshirilishi kerak edi. Tibbiy tadqiqotlar ijobiy natija ko‘rsatmadi: bir oy ichida Morgan 11 kilogramm vazn yig‘di, shifokorlar jigar faoliyati buzilganini qayd etdilar. Morganga ushbu tajribadan keyin formaga qaytish uchun bir yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi.

Foto: “Noviy ochag”

Xuddi shunday tajribani 24 yoshli britaniyalik yozuvchi Fibi Jekson ham o‘tkazdi, u 7 kun davomida faqat fastfud bilan ovqatlandi. Haftaning oxiriga kelib, qiz doimiy charchoq, sustlashish, asabiylik hissidan shikoyat qildi.

Bir nafar insonda salbiy holatlar kuzatilmadi...

Ishonmaysiz, lekin tajribalardan biri mutlaqo teskari natija bilan tugadi. Uni 54 yoshli amerikalik biologiya o‘qituvchisi Jin Sin olib bordi. U olti oy davomida fastfud isteʼmol qildi, buning bitta “lekin”i bor edi: Jin kuniga 2000 kaloriyadan ko‘p fastfud yemas edi. Va har kuni kamida 45 daqiqa yurganini maʼlum qildi.

Shu tariqa zararli ko‘rinadigan parhez bilan Jin Sin olti oy davomida 26 kilogramm vazn tashladi!Shuningdek, test tahlillari erkakning umumiy xolesterin darajasi pasayganini ko‘rsatdi.

Jin tajribani shunday yakunladi: “Men bunday davom etmayman. Shunchaki odamlarga, agar odam ortiqcha ovqatlanmasa, vaznini nazorat qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqchi edim. Hamma narsa meʼyorida bo‘lishi kerak”.

Fastfudlar meʼyordan ko‘p yeyilsa, nima bo‘ladi?

Foto: “Noviy ochag”

 

Semirib ketasiz

Fastfudlarning aksariyatida kaloriyalar nihoyatda ko‘p, bu uglevodlarning yuqori miqdori bilan bog‘liq. Bundan tashqari, tez tayyorlanadigan taomlar taʼm kuchaytiruvchi moddalar tufayli miyadagi ishtaha markazini haddan tashqari tez qo‘zg‘atadi. Shunday qilib, sezilmaydigan tarzda bunday restoranlarda ortiqcha ovqatlanamiz. Xushbo‘y qo‘shimchalar tez tayyorlanadigan taomlarning ajralmas qismidir. Ular ishtahani qo‘zg‘atibgina qolmay, balki o‘zlari organizm uchun zararli hamdir.

Ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolarga duch kelasiz

Fastfud tarmoqlarida sotiladigan taomning o‘ziga xos xususiyati — tarkibida ovqat hazm qilish traktining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan kletchatkalarning miqdori oz ekanligidir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, uglevodlarning juda yuqoriligi. Ko‘p miqdorda uglevodlarni tez-tez isteʼmol qilish qonda qand darajasining o‘zgarishiga olib keladi.

Shishlar va yurakka ortiqcha yuklama

Buni tez tayyor bo‘ladigan taomlarda mavjud bo‘lgan tuzning ortiqcha miqdori qo‘zg‘atishi mumkin. Tuz taʼm kuchaytirgichlardan biri ekanligi maʼlum. Ammo ko‘p miqdorda yog‘, shakar va tuz bo‘lgan ovqatdan so‘ng, tanada ko‘pincha shish paydo bo‘ladi.

Ortiqcha tuz yuqori qon bosimi bo‘lgan odamlar uchun xavflidir, natriy uni yanada oshiradi, bu yurak va yurak-qon tomir tizimiga qo‘shimcha yuk beradi. Transyog‘lar ham unga taʼsir qiladi. Ular zararli xolesterin darajasini oshiradi va buning yuqori miqdori nima bilan tugashini o‘zingiz bilsangiz kerak.

Foto: “Noviy ochag”

Bemalol ovqatlanishga yetarli vaqt bo‘lmaganda yoki baʼzan fastfudlarni xohlab qolsangiz, qanday yo‘l tutgan maʼqul?

Parhezshunoslarning taʼkidlashicha, “nazorat qilinadigan buzilishlar” agar bunga kamdan kam hollarda yo‘l qo‘yilsa, ham salomatlik, ham vazningizga zarar keltirmaydi. Bundan tashqari, ko‘plab bunday restoranlarda ham sog‘lom taomlar mavjud: salatlar, sabzavot yoki meva bo‘laklari, yangi sharbatlar va boshqalar yetarlicha topiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.