Salomatlik Salomatlik O‘tkir va surunkali pankreatit: xavfli kasallik alomatlari

O‘tkir va surunkali pankreatit: xavfli kasallik alomatlari

O'qildi: 442


O‘tkir va surunkali pankreatit: xavfli kasallik alomatlari

Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarining 10 foizini pankreatit – oshqozon osti bezining o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanishi tashkil etadi. Bundan tashqari, so‘nggi 30 yil ichida ushbu xavfli kasallikning surunkali shakli bilan kasallanganlar soni ikki baravarga oshdi. Pankreatit holatlarining yarmidan ko‘pi spirtli ichimliklarni iste’mol qilish tufayli rivojlanganiga qaramay, hatto hech qachon sutli mahsulotlardan kuchli narsa ichmaydiganlar va sog‘lom ovqatlanish qoidalariga rioya qilishga harakat qilayotganlar ham statistikadan joy olgan. Quyida o‘tkir va surunkali pankreatitni qanday aniqlash va undan qanday qilib himoyalanish mumkinligi haqida batafsil tanishish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Pankreatit nima?

Pankreatit – me’da osti bezi yallig‘lanishi, unda ovqatni hazm qilishga yordam beradigan fermentlar qonga kiradi. Me’da osti bezi keskin yallig‘langanda uning hujayrali yo‘q bo‘lib, yog‘ va uglevodlarni parchalaydigan fermentlar bo‘lgan lipaza va amilaza qonga tushadi va o‘tkir pankreatit kuzatiladi. O‘tkir pankreatitda fermentlarning qonda mavjudligini aniqlash va shunga muvofiq tashxis qo‘yish oson.

Surunkali pankreatitda oshqozon osti beziga toksinlar ta’siri to‘xtamasa yoki xuruj vaqtida organ juda yomon shikastlangan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan zararlanish belgilari paydo bo‘lishi mumkin. Ular, albatta, shifokor yordamida aniqlanadi. Natijada oshqozon osti bezi o‘z vazifasi bilan shug‘ullanishni to‘xtatadi. Oshqozon fermentlarining sekretsiyasi va tanaga tushgan ovqatni hazm qilish jarayoni buziladi.

Pankreatitni qanday aniqlash mumkin?

O‘tkir va surunkali pankreatitning alomatlari bir-biridan farq qiladi. O‘tkir pankreatitning birinchi va eng muhim alomati bu o‘ta kuchli bel og‘rig‘i bo‘lib, u ko‘krak osti va qovurg‘a atrofida boshlanadi, shuningdek, og‘riq orqa tomonda ham kuzatiladi. Xuruj davomida ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi va qorin dam bo‘lishi ham mumkin.

Shuningdek, holatlarning deyarli yarmida o‘tkir pankreatit oshqozon-ichak traktining boshqa kasalliklari ortiga yashirinishi ham mumkin. Ularga quyidagi alomatlar qo‘shiladi:

  • o‘ng qovurg‘ada og‘riq;
  • sariq kasali;
  • qorinning pastki qismida og‘riq;
  • kurak va ko‘krak orqasida og‘riq;
  • nafas qisilishi;
  • qorin devoridagi keskin og‘riq;
  • ko‘richak og‘rig‘iga o‘xshash qorinning o‘ng tomonida og‘riq.
Surunkali pankreatitga kelsak, u xurujli og‘riqlar bilan o‘zini namoyon etadi. Yoki bemorni taxminan 10 kun davomida bezovta qiladi, so‘ngra bir necha oy davomida pasayib ketadi. Shuningdek, surunkali pankreatitda oshqozon osti bezi fermentlari yetishmovchiligining qorin dam bo‘lishi, diareya kabi alomatlari qo‘shiladi.

Nima uchun pankreatit paydo bo‘ladi?

Taxminan 55 foiz holatlarda o‘tkir va surunkali pankreatit spirtli ichimliklar ichish, noto‘g‘ri ovqatlanish, og‘ir va yog‘li taomlar iste’moli oshishi kabilar sabab bo‘ladi. Boshqa hollarda oshqozon osti beziga safroning kirib borishi, bezning shikastlanishi, zaharlanish, yuqumli kasalliklar, allergiya va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari tufayli kelib chiqadi. Bundan tashqari ovqat hazm qilish fermentlarining mutatsiyasi tufayli pankreatit irsiyat bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.