Boshdagi yaralarning sabablari va ulardan qanday qutulish kerak?
Boshdagi, xususan, soch ildizlari orasida hosil bo‘ladigan yaralar kosmetik muammolar tufayli yuzaga kelmaydigan noxush hodisadir. Ularni eʼtiborsiz qoldirmaslik zarur, chunki bunday yaralar jiddiy kasalliklarni ko‘rsatishi yoki turli olib kelishi mumkin.
Boshdagi yaralarning sabablari
Taxminan 80 foiz hollarda teridagi yaralar, qoraqo‘tirlar va boshqa nuqsonlar immunitetning pasayishi va stress tufayli yuzaga keladi. Zaiflashgan inson organizmi viruslar, infeksiyalar va parazitlar bilan kurasha olmaydi, shuning uchun infeksiya paydo bo‘ladi. Boshqa hollarda teri muammolari yoki ichki organlarning kasalliklari tufayli yaralar hosil bo‘ladi.
Bosh terisiga nima zarar yetkazishi mumkin:
- oziq-ovqat yoki kosmetikadan allergiya;
- oshqozon-ichak traktining noto‘g‘ri ishlashi;
- surunkali teri kasalliklari — psoriaz, ekzema;
- viruslar, masalan, suv chechak yoki gerpeslar;
- seboreya — yog‘ bezlari ishining buzilishi;
- infeksiyalar;
- bitlar, kanalar;
Ushbu kasalliklar boshida qizil dog‘lar, husnbuzar, kepak, yaralar, qoraqo‘tirlar, ho‘ppozlar va, hatto, qon oqadigan yaralar ko‘rinishida paydo bo‘lishi mumkin. Kimdadir bu hol qichishish va og‘riq bilan o‘tadi, shunda yarani qichish, tirnash vaziyatni yanada og‘irlashtiradi.
Boshda yaralar bor, nima qilish kerak?
Foto: WdayDavolashning biron bir usuli haqida gapirib bo‘lmaydi, chunki terining shikastlanishi butunlay boshqa sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Bu holatda yagona to‘g‘ri qaror shifokor bilan maslahatlashishdir. Faqatgina shifoxonada yaralarni paydo qilgan kasallikni aniqlashga va tegishli davolanishni tanlashga yordam beradigan bir qator testlarni tayinlanadi.
Yaralarni xalqona usullar yoki kosmetika vositalari yordamida davolashga urinmang. Dastavval, ularni paydo qiladigan sababini aniqlash va undan xalos bo‘lish zarur. Aks holda, sog‘liqni battar yomonlashtirasiz.
Baʼzi kasalliklar yuqumli, shuning uchun davolanish paytida va yaralarning birinchi belgilari paydo bo‘lishi bilanoq, boshqa odamlarning narsalari va gigiyena vositalaridan foydalanishni to‘xtating.
Odatda, faqat murakkab davolanishdan keyingina bunday yaralar, qoraqo‘tir va boshqa alomatlardan xalos bo‘lish mumkin. Bunga mahalliy preparatlar — malhamlar, kremlar, gellar va ichga qabul qilish uchun preparatlar kiradi. Agar sizda seboreya yoki oshqozon-ichak kasalliklari bo‘lsa, parhezga rioya qilish tavsiya etiladi.
Boshdagi teriga har qanday zarar salomatlik holati haqida o‘ylash uchun signaldir. Shampunlar va niqoblar yaralar, qoraqo‘tirlar muammosini hal qilmaydi. Vaziyatni og‘irlashtirmang, dermatolog, trixolog yoki terapevt bilan bog‘laning.
Manba