Salomatlik Salomatlik “Vitaminlar qiroli” deb taʼriflanadigan D vitamini nimasi bilan muhim?

“Vitaminlar qiroli” deb taʼriflanadigan D vitamini nimasi bilan muhim?

O'qildi: 330


“Vitaminlar qiroli” deb taʼriflanadigan D vitamini nimasi bilan muhim?

D vitamini organizmda muhim rol oʻynaydi: bu nafaqat vitamin, balki inson tanasining koʻplab asosiy funksiyalari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan gormon hamdir.

Bugungi kunda dunyo aholisining 50 foizdan ortigʻi D vitamini yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Keksalar orasida esa bu koʻrsatkich 80-90 foizga yetadi. Ekspertlarning bir guruhi D vitamini yetishmovchiligini XXI asrning yangi metabolik pandemiyasi deb atashadi. Kech kuz va qish mavsumi, shahar sharoitidagi hayot va hatto, majburiy tarzda oʻzini-oʻzi izolyatsiya qilish vaziyatni yanada ogʻirlashtirishi va sogʻliq muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Yetishmovchilik nima uchun paydo boʻlishi, oqibatlari bilan qanday kurashish kerakligi haqida quyida batafsil toʻxtalamiz.

D vitamini tanqisligi sabablari

“Quyoshli vitamin” tanqisligining birlamchi omili: bu ultrabinafsha nurlar taʼsirining yetishmasligi va uzoq vaqt uydan tashqariga chiqmaslik. Shuningdek, organizmda D vitamini ishlab chiqarishga salbiy taʼsir koʻrsatadigan individual omillar mavjud. Bunda tartibsiz ovqatlanish, shu jumladan, oziq-moddalarga boy mahsulotlarni yetarli darajada isteʼmol qilmaslik ham muhim rol oʻynaydi. Homiladorlik va laktatsiya davrida ayol organizmida ham koʻplab oziq moddalar yetishmaydi. Yosh oʻtishi bilan organizmdagi D vitamini darajasi pasayadi. Qolaversa, ichak mikroflorasining buzilishi va bir qator kasalliklar bu vitaminning yetishmasligiga olib keladi.

Foto: “Noviy ochag”

 

Nima uchun bizga D vitamini kerak?

D vitaminining asosiy fiziologik funksiyalari koʻpdan beri maʼlum: qondagi kalsiy miqdorini kerakli darajada ushlab turish, raxitning oldini olish va eng muhimi, suyaklar, tishlar va tirnoqlarni mustahkamlashdan iborat. Ammo soʻnggi yillarda ushbu modda haqida ilmiy doira sezilarli darajada kengaydi.

Xalqaro Endokrinologiya jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan D vitaminining hujayradan tashqaridagi taʼsiri boʻyicha dalillar bazasini tahlil qilishning mavjud tizimli natijalari D vitaminining organizmdagi quyidagi aʼzolar faoliyatida ishtirok etishini koʻrsatadi.

Teri

D-gormon antiproliferativ taʼsirga ega. Proliferativ taʼsir — bu teri hujayralarining koʻp sonli poʻstlogʻi nobud boʻlishi bilan birga terining ayrim joylarida keratinizatsiyaning kuchayishi jarayoni. Bu mexanizm koʻplab teri kasalliklari(psoriaz, dermatit, ekzema va boshqalar)asosida yotadi. Shu oʻrinda D vitamini terida namoyon boʻlishi mumkin boʻlgan koʻrimsiz dogʻlarini kamaytirishga va oldini olishga qodir. Shuningdek, dermatologiyada D vitamini bilan preparatlardan foydalanish allaqachon teri kasalliklariga qarshi kurashning samarali usullaridan biri hisoblanadi.

Immunitet tizimi

D vitamini organizmning immunitet tizimini mustahkamlashi va immunitetni qoʻllab-quvvatlashi isbotlangan. Taʼkidlanishicha, D vitamini infeksiyalar(SARS, OIV, sil va boshqalar)xavfini kamaytiradi, ayrim immunitet kasalliklarining(diabetning 1 turi, skleroz, vitiligo, revmatoid artrit va boshqalar)oldini oladi — koronavirusdan profilaktika uchun ajoyib yangilik deyish mumkin.

Ovqatlanish tartibi

D vitamini ovqatlanish tartibi va psixo-emotsional holatni normallashtiradigan gormondir. D vitaminining yetishmasligi odamning psixo-emotsional holatiga taʼsir qiladi: tez-tez tushkunlik, doimiy charchoq, tajovuzkorlik D vitamini yetishmasligidan dalolat berishi mumkin. Shunda organizm “quyoshli kayfiyat” izlashni boshlab, ochlikni his qiladi, bu ovqatlanish buzilishiga, ayniqsa, ortiqcha ovqatlanishga olib keladi. Bu alomatlar kuz-qish davrida, quyosh nurining keskin tanqisligini boshdan kechirayotganda yaqqol namoyon boʻladi.

Markaziy asab tizimi

D vitamini va MAT(markaziy asab tizimi)oʻrtasida bogʻliqlik mavjud. D vitaminining past darajasi kognitiv pasayish va demansiya, shu jumladan, Alsgeymer kasalligi xavfini oshiradi. Qoʻshimcha D vitamini qabul qilish keksalar uchun ancha samarali ekani qayd etilgan.

Yurak-qon tomir kasalliklari

Maʼlum boʻlishicha, D vitamini retseptorlari arteriya tomirlarida, yurakda va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi uchun javobgar boʻlgan deyarli barcha hujayra va toʻqimalarda mavjud. Bundan tashqari, D vitaminining aterosklerozga qarshi kurashda, miokard infarkti va gipertoniyaning oldini olishda samaradorligi isbotlangan.

Reproduktiv salomatlikka taʼsiri

D vitamini retseptorlari reproduktiv tizim organlarida ham topilgan. D vitamini tanqisligi bepushtlikning sabablaridan biri ekanligi aniqlangan. Bundan tashqari, ushbu gormonning yetishmasligi ayollarda tuxumdon kistasi rivojlanish xavfi va erkaklarda testosteron darajasining oshishi bilan bogʻliq.

Shuningdek, D vitamini 2-turdagi qandli diabetning, ayrim zararli neoplazmalarning rivojlanishining oldini olishda ishtirok etadi, osteoporoz xastaligi rivojlanishini toʻxtatadi va antioksidant taʼsirga ega.

D vitamini manbalari

Foto: “Noviy ochag”

 

D vitaminining ikkita manbasi mavjud: 80 foiz ultrabinafsha nurlar taʼsirida teri orqali oʻtadi va 20 foiz oziq-ovqat bilan tanamizga kiradi.

D vitaminining yana bir muhim manbai oziq-ovqat, asosan, goʻsht manbalari: baliq jigari, yogʻli baliq va baliq yogʻi, tuxum sarigʻi, yuqori darajali yogʻli sut mahsulotlaridir. Ammo ularni belgilangan miqdordan koʻp isteʼmol qilish ortiqcha vaznga sabab boʻlishini yodda saqlash zarur.

Profilaktika va davolash

D vitamini tanqisligining oldini olish uchun nima qilish kerak?Birinchi galda, tahlil uchun qon topshirish va D vitamini bilan taʼminlash darajasini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, agar daraja normal chegaradan yuqori boʻlsa, unda ovqatlanish va quyosh nuriga toʻyinish orqali oson oldini olsa boʻladi. Agar daraja normadan past boʻlsa, u holda shifokorning koʻrsatmasi bilan dori-darmonlar talab qilinadi.

Keng tarqalgan D vitamini tanqisligi muammosining ijobiy tomoni, xavf omillari boʻyicha mavjud maʼlumotlar optimal dori tanlash bilan birgalikda D vitaminining kerakli darajasiga tez, xavfsiz va samarali erishishga va uni uzoq vaqt saqlab turishga imkon beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.