Salomatlik Ayollar uchun Qahva, zaytun va menemen. Turk nonushtasi nimasi bilan mashhur?

Qahva, zaytun va menemen. Turk nonushtasi nimasi bilan mashhur?

O'qildi: 354


Qahva, zaytun va menemen. Turk nonushtasi nimasi bilan mashhur?

Turkiyada nonushta — kahvalti muhim marosimga o‘xshaydi. Shved stolini esga soladigan dasturxonda turi mahsulotlar, sabzavot va mevalar alohida-alohida idishlarga solinib, did bilan bezatiladi.

Foto: Getty Images

Dasturxonda, asosan, non, zaytun, brinza yoki pishloq, ko‘katlar o‘rin olgan bo‘ladi. Turk nonushtasini omlet — menemen va tetiklashtiradigan achchiq choy yoki turk qahvasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Foto: Turkagram

Bundan tashqari turklar, nonushtaga kunjutli non — smit yeyishni xush ko‘radi. Yana bir o‘ziga xoslik shundaki, turli-tuman mahsulotlar ko‘p bo‘lmagan miqdorda stolga qo‘yiladi. Asal, murabbo, shokolad pastasi singari shirinliklar maxsus kichik idishlarda nonushta dasturxonini bezaydi.

Foto: Foolproof LivingBundan tashqari pishloqli tost, qovurilgan kartoshka yoki sosiskalar ham xohishga ko‘ra nonushtadan o‘rin olishi mumkin.

Foto: Twitter

Shuningdek, turklarda dam olish kunlari uydan tashqarida do‘stlar va yaqinlar bilan kechroq nonushta qilish an’anasi bor. Ba’zida bunday diydorlashish tabiat qo‘ynida o‘tkaziladi.

Qahva, zaytun va menemen. Turk nonushtasi nimasi bilan mashhur?

Foto: Spor Tesisleri

Turkiyada yashil parklar, sokin bog‘ va ko‘chalar ko‘p. Bog‘lardagi qalin, baland daraxtlar va favvoralar jazirama kunlarda ham bemalol piknik qilish imkoniyatini beradi. Piknik dasturxonidan, asosan, mavsumiy mevalar, shirinliklar, sharbat va buterbrodlar o‘rin olishi mumkin.

Foto: Getty Images

Turklar nonushtani tez-tez, yo‘l-yo‘lakay qilishni yoqtirmaydi aksincha, dasturxon atrofida to‘planib, taomdan shoshmay lazzatlanish va uning bahonasida dildan suhbatlashishni xush ko‘radi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.