Salomatlik Salomatlik Ichimizdagi dushman: ortiqcha vazndan xalos boʻlishga xalaqit beradigan uydagi 5 ta narsa

Ichimizdagi dushman: ortiqcha vazndan xalos boʻlishga xalaqit beradigan uydagi 5 ta narsa

O'qildi: 262


Ichimizdagi dushman: ortiqcha vazndan xalos boʻlishga xalaqit beradigan uydagi 5 ta narsa

Baʼzida vazn yoʻqotish uchun faqatgina likoplarni almashtirish va televizorni oʻchirib qoʻyish kifoya qiladi!  Vazn sezilmasdan ortib bormoqda: chalgʻitish uchun pechenye yoki chipslar yeyishda davom etamiz. Hatto, oʻz uyimizda ham “jozibali” dushman yashirinishi mumkin: biz har kuni koʻradigan tanish narsalarimiz vazn yoʻqotishga boʻlgan urinishlarimizga putur yetkazishi, bizni ehtiyojdan ortiq yeyishga majbur qilishi mumkin.

Hajmi katta likoplar

Aksariyat hollarda keragidan ortiq ovqatlanamiz — ovqatlanish tartibi boʻyicha koʻplab tadqiqotlar buni isbotlagan. Odatda, toʻyinganlik signallari sekin yetib keladi va organizm yetarli miqdorda oziq-ovqatga toʻyingandan keyin ham uch-toʻrt qoshiq ovqat yeyishga fursat boʻladi. Diametri uch santimetr kichikroq boʻlgan likoplarni sotib oling: bu sizni kunlik qismlarni kamaytirishga majbur qiladi va qanday qilib vazn yoʻqotayotganingizni oʻzingiz sezmaysiz. Parhez yoki biror xil ochliksiz.

Juda katta stakanlar

Agar shirin ichimliklar yoki sharbatlarni rad qila olmasangiz, ularni baland, ensiz stakanlarda iching — ular vizual ravishda kattaroq koʻrinadi, hajmi kichik boʻlgani uchun zararli suyuqlik kamroq sigʻadi. Ammo suv va sut uchun, aksincha, past va katta stakan tanlang – qancha koʻp suv ichsangiz, oʻzingizga yaxshi.

Televizor

Shubhasiz, oshxona televizor qulay joy. Serial yoki maʼruza pishirish sukunatidan koʻra ancha qiziqroq. Ammo tushlik yoki kechki ovqat va, asosiysi, nonushta vaqtida uni oʻchirib qoʻyishni maslahat beramiz: ovqatlanayotganda qanchalik diqqatli va fikrimiz bir joyda boʻlsa, toʻyish signalini shunchalik tez “tutib olamiz”.

Yotoqxonadagi pardalar

Yotoqxonadagi pardalar qanchalik yengil boʻlsa, uxlash shunchalik ogʻir boʻladi: yaxshi tungi uyqu uchun toʻliq qorongʻilik kerak. Va qanchalik kam va yomon uxlayotgan boʻlsak, ertasi kuni oʻzimiz bilmagan holda vasvasalarga berilib, yuqori kaloriyali va shirinliklar sotib olamiz, isteʼmol qilamiz, natijada ortiqcha ovqatlanamiz. Pardalarni almashtirishni xohlamasangiz, faqat qattiq uyqu vaqtida koʻzlar uchun yopinchiq yostiqchalardan sotib oling.

Noutbuk va smartfonlar

Oʻz-oʻzidan, ijtimoiy tarmoqlarga “yopishib qolish sindromi” bora-bora kilogramm ortishiga hissa qoʻshadi. Shuningdek, tarmoqlardagi oziq-ovqatlarning ishtaha ochar fotosuratlari ham ortiqcha ovqatlanishni ragʻbatlantiradi. Kechasi smartfon yoki noutbukdan foydalanish odati uyqu sifatiga salbiy taʼsir qiladi va bu, oʻz navbatida, semirishga olib keladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.