Salomatlik Salomatlik Suvsizlanish, osteoxondroz: yuqori qon bosimiga nimalar sabab boʻladi?

Suvsizlanish, osteoxondroz: yuqori qon bosimiga nimalar sabab boʻladi?

O'qildi: 291


Suvsizlanish, osteoxondroz: yuqori qon bosimiga nimalar sabab boʻladi?

30 yoshdan oshgan taxminan har uchinchi odam yuqori qon bosimidan aziyat chekadi. Bu xavotir olishga arziydigan holat, chunki yuqori qon bosimi infarkt va insult xavfini oshiruvchi asosiy omillardan biridir.

Qon bosimining qanday turi xavfli?

Doimiy past bosimning ikki haftadan ortiq vaqt mobaynida 130 ga koʻtarilishi turmush tarzini qayta koʻrib chiqish, agar bu koʻrsatkich 140 ga koʻtarilsa, shifokor koʻrigiga borish zarur. Spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, chekish, ortiqcha ovqatlanish, shuningdek, stress va harakatsiz turmush tarzi gipertoniyaning eng keng tarqalgan sabablaridir. Ammo sogʻligʻimizni katta xavf ostiga qoʻyadigan baʼzi odatlar mavjud.

Suvsizlanish

Suyuqlikning yetishmasligi va suvsizlanish organizm faoliyatiga, jumladan, qon bosimiga taʼsir qiladi. Suvsizlanganda qon bosimi odatdagidan sezilarli darajada past boʻladi. Koʻp miqdorda suv ichsangiz-u, oʻz vaqtida hojatxonaga bora olmasangiz, qon bosimi sezilarli darajada oshishi mumkin. Shu bois shifokorlar tekshiruvdan oldin ortiqcha suyuqlikdan xalos boʻlishni maslahat berishadi.

Vitamin yetishmasligi

Albatta, oʻz-oʻzini davolash mumkin emas, ammo vitaminlarni qabul qilish oʻrinli. Shu bilan muntazam ravishda qonni biokimyoviy tahlil qilish, kaliy va magniy kabi muhim minerallar darajasini kuzatish kerak. Kaliy organizmga ortiqcha natriyni tanadan chiqarib yuborishga yordam beradi, magniy esa yurakning normal ishlashi va qon quyqalariga qarshi kurashish uchun zarurdir. Shunday ekan, diyetangizda bu minerallarning yetarli boʻlishiga ishonch hosil qiling, lozim boʻlganda preparatlar shaklida qabul qiling.

Osteoxondroz

Osteoxondroz bu faqat egilish, yelkalar va boʻyin ogʻrigʻi, balki yuqori qon bosimi hamdir. Gap shundaki, boʻyin va kurak mushaklarining doimiy zoʻriqishi qon tomirlarida spazmlar paydo boʻlishiga, miyaga yetarli qon yetib bormasligiga va bosimning oshishiga olib kelishi mumkin. Faol harakatda boʻling, suzishga boring, massajlar qabul qilish uchun vaqt ajrating.

Ichki kasalliklar

Gipertoniya buyrak, jigar yoki qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi kabi boshqa kasalliklarning alomati boʻlishi mumkin. Oʻz vaqtida profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtish va kasalliklarni dastlabki bosqichlarda davolash kelgusida bundan-da jiddiy oqibatlarga duch kelmaslik uchun muhimdir.

Biologik faol qoʻshimchalar va multivitaminlarni qabul qilish

Oʻzboshimchalik bilan biologik faol qoʻshimchalar va multivitaminlarni ichish, haddan tashqari qaramlik, energiya darajasining qisqa muddatli oʻsishiga olib keladigan immunostimulyatorlar va dori-darmonlarni qabul qilish — bularning barchasi bosimning doimiy oshishiga, oqibatda gipertoniya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Har qanday holatda ham oʻzbilarmonlik bilan dori-darmonlarni, “zararsiz” faol biologik qoʻshimchalarni, damlamalarni va xalq tabobatining boshqa mahsulotlarini sinab koʻrmang. Toʻgʻri, dorivor oʻtlar va ularning damlamalarida faol moddalar konsentratsiyasi preparatlarga qaraganda kamroq, ammo sogʻliqqa ziyon yetkazishi uchun yetarli boʻlishi ehtimoldan holi emas.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.