Salomatlik Salomatlik Endokrinologlar ogohlantiradi: qalqonsimon bez haqida 3 ta muhim fakt  

Endokrinologlar ogohlantiradi: qalqonsimon bez haqida 3 ta muhim fakt  

O'qildi: 406


Endokrinologlar ogohlantiradi: qalqonsimon bez haqida 3 ta muhim fakt  

Yurak urishi, nafas olish, ko‘pgina ichki organlarning ishi va hatto metabolizm tezligi — bularning barchasi qalqonsimon bezning holatiga bog‘liq. “Noviy ochag” nashri organizmning bu kichik, ammo juda qimmatli organi haqida muhim faktlar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Qalqonsimon bez kasalliklari har qanday yoshda paydo bo‘lishi mumkin

Qalqonsimon bezning eng keng tarqalgan kasalliklari — gipo va gipertireoz(qalqonsimon bez juda kam yoki juda ko‘p gormonlar ishlab chiqarganda)mutlaqo har qanday yoshda paydo bo‘lishi mumkin. Bu kasalliklarning alomatlari ko‘pincha charchoq, ortiqcha ishlash yoki ruhiy tushkunlik sifatida niqoblangan bo‘lgani uchun ba’zida yillar davomida kasallikni aniqlash qiyin. Shuning uchun qalqonsimon bezni muntazam tekshiruvdan o‘tkazish va agar kerak bo‘lsa, gormonlar uchun qon topshirish muhimdir.

Ratsion qalqonsimon bez salomatligiga ta’sir qiladi

Yod, selen va rux uchta eng muhim element bo‘lib, ularning yetishmasligi yoki ortiqcha bo‘lishi qalqonsimon bez sog‘lig‘iga sezilarli darajada zarar yetkazishi mumkin. Shifokorlar iloji bo‘lsa, ushbu oziq moddalarning kerakli miqdorini oziq-ovqat orqali olishga harakat qilishni tavsiya qiladi va yod darajasi oshib ketmasligiga ishonch hosil qilish kerak, chunki bu qalqonsimon bez uchun uning tanqisligi kabi xavflidir.

Qalqonsimon bez saratoni tarqalishi ortib bormoqda

Bugungi kunda qalqonsimon bez saratoni ushbu kasallikning eng tez o‘sib borayotgan turlaridan biridir. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu, birinchi navbatda, diagnostikadan foydalanish imkoniyatining oshishi bilan bog‘liq, buning natijasida ilgari shifokorlar e’tiboridan chetda qolgan holatlar statistikaga kiradi. Ammo, shunga qaramay, zamonaviy inson duch keladigan ekologik vaziyat, noto‘g‘ri ovqatlanish va yuqori stress qalqonsimon bez saratoni rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkin. Qanday bo‘lmasin, qalqonsimon bez saratonining dastlabki belgilarini bilishga va agar biror noxush alomatlar kuzatilsa, iloji boricha tezroq shifokor bilan maslahatlashish lozim.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.