Salomatlik Salomatlik Qon bosimidan ko‘rish qobiliyatigacha: Salomatlik bilan sog‘liq muammolarini qanday bartaraf etish mumkin?

Qon bosimidan ko‘rish qobiliyatigacha: Salomatlik bilan sog‘liq muammolarini qanday bartaraf etish mumkin?

O'qildi: 420


Qon bosimidan ko‘rish qobiliyatigacha: Salomatlik bilan sog‘liq muammolarini qanday bartaraf etish mumkin?

“Barcha kasalliklar asabiylikdan kelib chiqadi” degan iborani hamma biladi. Chindan ham bu ilmiy jihatdan tasdiqlangan haqiqat. Marie Claire nashri inson organizmida tez-tez uchraydigan salomatlik bilan bog‘liq muammolarni qanday bartaraf etish mumkinligi haqda so‘z yuritdi.

Foto: Marie Claire

Teri

Teri nafaqat organizmning eng katta organi, balki tashqi ta’sirdan asosiy himoya hamdir. Agar psixosomatika haqida gapiriladigan bo‘lsa, aqlga kelgan birinchi narsa so‘galdir. Buni odamlar ko‘pincha yoqimsiz vaziyat bilan talqin qilishi mumkin. Ammo bundan qochib qutulib bo‘lmaydi, natijada teri qo‘pollashadi, go‘yo psixologik zaiflikni kuchaytiradi va sezgirlikni kamaytiradi. Aytgancha, ko‘pincha yallig‘lanish xususiyati bartaraf etilsa, so‘gallar ham yo‘qoladi. Shuning uchun bunday muammolar paydo bo‘lsa, hayotni tahlil qilish lozim, ehtimol, biror narsa psixologik muvozanatni buzgan bo‘lishi mumkin.

Tayanch-harakat tizimi

Inson har qanday chidab bo‘lmas musibatlar yoki majburiyatlardan azoblanganda, umurtqa pog‘ona ko‘pincha zarar ko‘radi. Psixologik zo‘riqishlar ham bo‘g‘imlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu kuchli bel og‘rig‘i bilan ham belgi berishi mumkin.

Ko‘rish va eshitish qobiliyati

Inson organizmi o‘z-o‘zini juda yaxshi himoya qiladi. Masalan, kimnidir ko‘rgisi kelmasa, ko‘zlar yopiladi va bu bilan ko‘rish qobiliyatida muammo paydo bo‘ladi. Kimnidir tinglagisi kelmasa, quloqlar o‘zini berkitadi va natijada eshitish bilan bog‘liq kamchiliklar yuzaga keladi.

Qon bosimi

Qon bosimining oshishi ko‘pincha xavotirning kuchayishi bilan bog‘liq. Masalan, odam o‘zining salbiy tashvishlari bilan organizmni haddan tashqari zo‘riqtirib yuboradi. Ya’ni stress darajasi haddan tashqari ortib ketadi va organizm uni yengishga harakat qiladi. Natijada qon bosimi oshishi doimiy holatga aylanadi.

Ovqat hazm qilish tizimi

Gastrit kabi keng tarqalgan kasallik ba’zida odam o‘z hayotidagi biron bir odamni yoki vaziyatni tom ma’noda hazm qila olmasligi, o‘zini qoralashi, biror narsada ayblashi va ta’na qilishi tufayli yuzaga keladi. Ushbu vaziyatda oshqozon nishonga aylanadi, salbiy his-tuyg‘ular og‘riq belgilari shaklida qaytariladi. Ammo ichak bilan bog‘liq muammolar ko‘pincha odamni tinch qo‘ymaydigan shikoyatlaridan darak beradi. Buning sababi shundaki, xotirada ma’lum voqea bilan bog‘liq his-tuyg‘ular va tajribalar jonli ravishda muhrlanib qoladi, ammo odamning o‘zi ular bilan kurashishni xohlamaydi va organizm yallig‘lanish energiyasini butun badanga yo‘naltiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.