Salomatlik Salomatlik Nima uchun tishni bosganda, vaqti-vaqti bilan og‘riq paydo bo‘ladi?

Nima uchun tishni bosganda, vaqti-vaqti bilan og‘riq paydo bo‘ladi?

O'qildi: 382


Nima uchun tishni bosganda, vaqti-vaqti bilan og‘riq paydo bo‘ladi?

Tish og‘rig‘i, hatto juda qisqa bo‘lsa ham, jiddiy noqulaylik tug‘diradi. Tish surunkali emas, balki vaqti-vaqti bilan og‘riydi va ovqatlanish qiyinlashadi. Wday nashri tishni bosganda paydo bo‘ladigan og‘riqda nima qilish kerakligini va bunday kasallik bilan qanday kurashish kerakligini ma’lum qildi.

Foto: Pinterest

Nima uchun tishni bosganda og‘riq kuzatiladi?

Bosim orqali kuzatiladigan tish og‘rig‘ining sabablari boshqacha bo‘lishi mumkin. Ular orasida quyidagilar keng tarqalgan:

  • Tish shifokoriga tashrif buyurgandan keyingi og‘riq. Ba’zida tish davolanayotganda, unga bosim o‘tkaziladi va og‘riydi. Ammo bir necha kundan keyin noqulaylik o‘tib ketadi.
  • Milkning yallig‘lanishi. Umumiy og‘riqqa milk kasalligi sabab bo‘lishi mumkin. Immunitetning zaiflashishi tishning arzimas bosimda ham og‘rishiga olib keladi. Ammo, aslida, tish sog‘lom — noqulaylik milkning yallig‘lanish xususiyati bilan bog‘liq.
  • Tishning jarohatlanishi. Agar qattiq konfet yoki yong‘oqlarni tishlashni yaxshi ko‘rsangiz, emaldagi mikro yoriqlar tishlarning shikastlanishini keltirib chiqarishi mumkin. Bir qarashda zarar sezilmaydi, lekin aslida u qattiq og‘riqni keltirib chiqaradi.
  • Periodontit. Bu tish ildizi yuqori qismining yallig‘lanishiga olib keladigan kariyes. Og‘riqdan tashqari, bu kasallik yana bir nechta alomatlar bilan birga kuzatiladi: kasallangan tish boshqalarga qaraganda ko‘tarilib qolganini his qilish, og‘riqning aniq joylashuvi va bemor ahvolining doimiy yomonlashishi kabi holatlar ham paydo bo‘ladi.
  • Tishlarning sezgirligi. Bu og‘riq ovqatni chaynash yoki issiq ichimliklar ichish paytida to‘satdan paydo bo‘ladi va xuddi shunday tez yo‘qoladi. Agar ushbu muammolardan biri kuzatilsa, og‘riqni uy sharoitida ham yengillashtirish mumkin.
Tish bosilganda nima uchun og‘riyotganini aniqlash uchun tishning jag‘da qanday mahkamlanganini bilish kerak. Tishning ildizi ligamentli apparatlar yordamida jag‘ning ichiga biriktiriladi. Bu ligamentli apparat periodont deb ataladi. Shunga ko‘ra, tishni bosganda og‘riq qandaydir tarzda periodont yallig‘lanish bilan bog‘liq — bu jarayon periodontit deb ataladi.

Periodont yallig‘lanishga nima sabab bo‘ladi?

  • Chaynash paytida qattiq oziq-ovqatning ta’siridan shikastlanishi;
  • Noto‘g‘ri gigiyena bilan bog‘liq og‘iz bo‘shlig‘idagi infeksiya;
  • Rivojlangan kariyes tufayli tishdagi infeksiya.
Bu barcha sabablar emas, balki asosiylaridir. Shuni ham ta’kidlash kerakki, tish kanallarini to‘ldirishda va ildizning yuqori qismidan tashqarida terapevtik materialni olib tashlashdan keyin bosilganda og‘riq bir oy davomida sezilishi mumkin. Ammo u pasaymasa va uzoq davom etsa, davolanishni nazorat qilish uchun rentgen tashxisini qo‘yish kerak.

Og‘riqn bartaraf etish uchun qanday yo‘l tutish kerak?

Og‘riqning aniq sababini aniqlash va uni yo‘q qilishning eng yaxshi usuli — shifokor bilan uchrashuv. Biroq uy sharoitida ham ba’zi choralarni ko‘rish mumkin.

  • Birinchidan, tishlarni yaxshilab yuvish va oziq-ovqat qoldiqlarini tish ipi bilan o‘z vaqtida olib tashlash kerak.
  • Ikkinchidan, muz yoki maydalangan zubturum ildizi kerakli joyga yarim daqiqa davomida qo‘llanilishi mumkin.
  • Uchinchidan, og‘izni iste’mol sodasi va yod eritmasi bilan chayish lozim.
Bunday mahsulotlar og‘iz bo‘shlig‘ini mukammal dezinfeksiya qiladi. Marmarak(shalfey) damlamasi ham mos keladi. Biroq tish bosilganda, og‘riq davom etayotgan bo‘lsa, uning o‘z-o‘zidan to‘xtashini kutmaslik va mutaxassisga murojaat qilish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.