Endokrinologga murojaat qilish vaqti kelganidan darak beruvchi 7 alomat
Terining qurishi, sochlarning zaiflashuvi, doimiy charchoq va uyqusizlik — ko‘pincha bularning barchasini stress, sovuq ob-havo va quyosh yetishmasligi bilan bog‘lanadi. Ammo bu alomatlar qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatishi mumkin, deb yozadi The Voice Mag.
Foto: PinterestQalqonsimon bezning asosiy vazifasi tiroksin, triiodotironin va tirokalsitonin gormonlarini ishlab chiqarishdir. Ular metabolizmning barcha turlariga ta’sir qiladi. Qalqonsimon bezning ishi buzilgan bo‘lsa, organizmdagi barcha tizimlar azoblanadi. Bu darhol tashqi ko‘rinish va hissiy holatga ta’sir qiladi, chunki bezning faoliyati markaziy asab tizimi bilan chambarchas bog‘liq.
Ayollar beqaror gormonal darajalar tufayli qalqonsimon bez kasalliklaridan ko‘proq azob chekadi: hayz davri, homiladorlik, emizish kabi. Shuning uchun yiliga kamida bir marta gormonlar darajasini tekshirish muhimdir. Profilaktik tekshiruvlarni o‘tkazishdan tashqari, quyidagi belgilar mavjud bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Vazn ortishi yoki kamayishi va shish paydo bo‘lishi
Ratsion va jismoniy faollik o‘zgarmasa ham vazn ortishi yoki kamayishi kuzatilmoqdami? Qo‘shimcha kilogramm yoki uning yetishmasligi, kuchli shish qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar haqida signal bo‘lishi mumkin. Ular tufayli metabolizm sekinlashadi yoki tezlashadi, ovqat hazm qilish buziladi.
Sochlar qurishi, to‘kilishi, teri rangi xiralashishi
Qalqonsimon bez kasalliklarining aniq tashqi belgilari teri va sochlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning uchun qalqonsimon gormonlar ishlab chiqarishning kamayishi va gormonal yetishmovchilik yuzaga kelganda, sochlar quriydi va to‘kila boshaydi. Teri quruqlik va qichishishdan aziyat chekadi, yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin, ayniqsa tovon va tirsaklar sohasida. Kosmetolog yoki trixologga borishdan oldin endokrinologga tashrif buyurish tavsiya etiladi.
Hayz siklning buzilishi
Gormonal yetishmovchilik hayz davrining buzilishiga va bu bepushtlikka olib kelishi mumkin. Masalan, gipotireoz prolaktin darajasini o‘zgartirishi mumkin, bu esa reproduktiv funksiyaning buzilishiga olib keladi. Bepushtlikni davolashdan oldin qalqonsimon bezning holatini tekshirish kerak.
Mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq
Mushaklardagi kuchsizlik, qo‘l va oyoqda og‘riqlar bo‘lsa, bu shifokorga murojaat qilish uchun sababdir. Organizm bo‘ylab bunday noqulaylik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tunnel sindromi ko‘pincha qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolarga hamroh bo‘ladi.
Ichak kasalliklari
Qattiq ich qotishi yoki diareya kabi muammolar qalqonsimon bezning disfunksiyasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday belgilar bilan gastroenterolog endokrinolog bilan maslahatlashishni tavsiya qilishi mumkin.
Bo‘yin sohasidagi noqulaylik
Agar ushbu alomatlardan birini sezsangiz, shifokorga murojaat qilishni unutmang:
- yutinish paytida tomoqdagi shish hissi;
- bo‘yinda bo‘g‘ilish hissi;
- jag‘ yoki quloqqa berishi mumkin bo‘lgan bo‘yinning old qismidagi og‘riq;
- ovozning xirillashi, terlash va yo‘tal.
Kayfiyatning keskin o‘zgarishi, ortiqcha ishlash, asabiylashish
Gipotireozda charchoq, uyquchanlik, diqqatni jamlay olmaslik va ketma-ket bir necha kun bir xil rejimda ishlay olmaslik kuzatiladi. Depressiyaga o‘xshash holat qalqonsimon bez kasalligi haqida signal bo‘lishi mumkin.
Agar tashvish, vahima hujumlari, kayfiyat o‘zgarishi, asabiylashish kuzatilsa, shifokor gipertireoz borligidan shubhalanishi mumkin. Ushbu kasallikda tiroksin, triiodotironin gormonlari miqdori ko‘payadi. Bu shoshilinch davolanishni talab qiladigan juda jiddiy kasallikdir.
Qalqonsimon bezni qanday qilib sog‘lom saqlash mumkin?
Albatta, sog‘lom turmush tarzini olib borish lozim: sifatli uyqu, sport bilan shug‘ullanish, chekishni tashlash va mutaxassislar tomonidan profilaktik tekshiruvlar.
Yodga boy ovqatlar iste’mol qilish tavsiya etiladi — bu qalqonsimon bez gormonlarining bir qismidir. Yod tanqisligining oldini olish uchun ratsionga dengiz mahsulotlari, baliq va tuxumlarni kiritish mumkin.
Har yili qalqonsimon gormonlar darajasini tekshirishni unutmaslik lozim. Hatto kichik o‘zgarishlar ham butun organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Manba