Hammasiga gormonlar sababchi: uyqusizlik, charchoq, ortiqcha vazn sababini qayerdan izlash kerak?
Barcha organlar va tizimlar yaxshi ishlashi uchun gormonlar tanada ma’lum miqdorda bo‘lishi kerak. Ularning ishlash mexanizmi shunday tuzilganki, ba'zi gormonal moddalar miqdorining o‘zgarishi odatda boshqalarning miqdori o‘zgarishiga olib keladi. Natijada nomutanosiblik yuzaga keladi.
Foto: Getty ImagesGormonlar darajasi turli omillar ta'sirida buzilishi mumkin:
- Genetika. Ba’zi odamlar gormonal muammolarga moyil bo‘lishi mumkin.
- Stressli vaziyatlar. Hissiy haddan tashqari kuchlanish kortizolning kuchli chiqarilishini keltirib chiqaradi.
- Hayot tarzi. Noto‘g‘ri uyqu va uyg‘onish, gadjetlar va boshqa qurilmalardan ko‘p foydalanish progesteron yetishmasligiga olib kelishi mumkin.
- Ovqat. Ba’zi oziq-ovqatlarda gormonlar bo‘lishi mumkin, ularni muntazam iste’mol gormonal yetishmovchilik ehtimolini oshiradi.
- Vitamin yetishmasligi. Agar diyetada vitamin B6 va magniy yetishmasa, tanada estrogen bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
- Spirtli ichimliklar. Etil spirti estrogen va testosteron ishlab chiqarishga salbiy ta’sir qiladi.
- Dorilar. Ba’zi dorilar insonning gormonal foniga bevosita ta’sir qiladi.
Kayfiyat o‘zgarishi
Juda yuqori prolaktin darajasi, estrogen va progesteronning noto‘g‘ri nisbati, shuningdek, qalqonsimon bezning noto‘g‘ri ishlashi hissiy holat bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Natijada ayollar mayda-chuyda narsalardan asabiylashadi, depressiyadan shikoyat qiladi.
Teri muammolari
Qora nuqtalar, bo‘yin va beldagi dog‘lar ko‘pincha tanadagi prolaktinning ortiqcha ekanligini ko‘rsatadi. Teridagi oq dog‘lar estrogenning anormal darajasi tufayli paydo bo‘lishi mumkin va erkak jinsiy gormonlar androgenlarining haddan tashqari ko‘pligi akne paydo bo‘lishiga olib keladi.
Soch o‘sishi yoki soch to‘kilishining kuchayishi
Ayol organizmida androgenlar ko‘payib ketganidan tanadagi tuklarning o‘sishiga olib keladi. Testosteron va qalqonsimon gormonlar kam ishlab chiqarilishidan esa aksincha, to‘satdan soch to‘kilishiga olib keladi.
Kilogramm ortishi yoki keskin vazn yo‘qotish
Odatda ortiqcha vazn insulin darajasi bilan bog‘liq muammolar tufayli paydo bo‘ladi. Uning ortiqcha bo‘lishi yog‘ hazm bo‘lishini qiyinlashtiradi va ochlik tuyg‘usini qo‘zg‘atadi. Bundan tashqari, semirish ko‘pincha kortizol gormonining katta miqdori bilan bog‘liq. Ammo qalqonsimon bez gormonlarining haddan tashqari ishlab chiqarilishi oqibatida keskin vazn yo‘qotish kuzatiladi.
Uyqusizlik
Uyqu bilan bog‘liq muammolar ko‘pincha tanada melatonin va serotonin yetishmasligi bilan yuzaga keladi. Bundan tashqari, menopauzadagi ayollar ko‘pincha uyqusizlikdan shikoyat qiladilar — bu holda buzilish progesteronning pasayishi tufayli yuzaga keladi.
Xotira buzilishi
Estrogen va progesteronning nomutanosibligi miya faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi, natijada xotirada muammolar paydo bo‘ladi. Ma’lumotni eslab qolish bilan bog‘liq qiyinchiliklar qalqonsimon bezning noto‘g‘ri ishlashi va kortizolning ortiqcha miqdori tufayli ham paydo bo‘ladi.
Nima qilish kerak?
Muammoning birinchi alomatlari paydo bo‘lishi bilanoq vaqtni boy bermang va endokrinologga murojaat qiling. Vrach tanadagi gormonlarning aniq darajasini aniqlash uchun kerakli testlarni tayinlaydi va agar kerak bo‘lsa, gormonal fonni normal holatga qaytarishga va yana hayot quvonchini his qilishga yordam beradigan tegishli davolanishni buyuradi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini olib borishga harakat qiling, yomon odatlardan voz keching va ratsioningizni nazorat qiling.
Mavzuga doir:
- Gerpes, konyunktivit, allergiya — oddiy qora choy yordamida davolash mumkin bo‘lgan kasalliklar
- Stress belgilari: yordamga muhtoj ekaningizdan darak beruvchi 10 ta simptom
- Umuman uxlamagan bo‘lsangiz: kun bo‘yi tetik yurish uchun tavsiyalar
Manba