Salomatlik Salomatlik Immunitet tizimiga yordam: sog‘lom bo‘lish uchun sovuqda amal qilish tavsiya etiladigan 5 ta qoida

Immunitet tizimiga yordam: sog‘lom bo‘lish uchun sovuqda amal qilish tavsiya etiladigan 5 ta qoida

O'qildi: 338


Immunitet tizimiga yordam: sog‘lom bo‘lish uchun sovuqda amal qilish tavsiya etiladigan 5 ta qoida

Kasallik har doim kundalik hayot uchun noqulaylik tug‘diradi, ayniqsa qishki ta’til oldidan kun davomiyligi qisqarganda ham rejalashtirilgan vazifalar soni kamaymaydi. Organizm va immunitetni saqlab qolish uchun mavsumga qarab bir nechta oddiy qoidalarga amal qilish kifoya, deb yozadi Marie Claire.

Foto: Marie Claire

Muntazam ravishda vanna qabul qilish

Ko‘pchilik tez-tez bug‘ xonalariga tashrif buyuradi — bu meditatsiyaning bir turi. Ba’zilar uchun har hafta maxsus vanna qabul qilish yaxshi an’anadir. Darhaqiqat har kuni vanna qabul qilish mumkin, unda hech qanday cheklovlar yo‘q.

Vanna qabul qilish uchun ma’lum qoidalar bor, degan fikr noto‘g‘ri. Bu, masalan, ovqatlanish kabi individual jarayon. Kimdir past haroratlarda 10 daqiqa davomida o‘zini yaxshi his qiladi, kimdir issiqlik va uzoq tashrifni afzal ko‘radi. Haqiqatan ham, muntazam ravishda vanna qabul qilish immunitet va uyqu sifatini oshiradi, terining holatini yaxshilaydi va vazn yo‘qotishga hissa qo‘shadi.

To‘g‘ri ovqatlanish

Yaxshi ovqatlanish organizmdagi barcha kerakli moddalarga ega bo‘lish uchun zarurdir. Ratsionni to‘g‘rilashdan oldin tekshiruvlardan o‘tish kerak, so‘ngra mutaxassis bilan har kun uchun menyu tuziladi. Qoida tariqasida, to‘g‘ri ovqatlanish yordamida kaloriya, oqsil, yog‘, uglevod va mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘ldirish mumkin. Ammo jiddiy kamchiliklar yoki sog‘liqda muammolari bo‘lsa, faqat ratsionni o‘zgartirish muammolarni hal qilmaydi, maxsus qo‘shimchalar talab qilinadi.

Me’yorda uxlash

Kunni kamida 7 soat uxlash uchun rejalashtirishga harakat qilish kerak. Tezroq uxlab qolish uchun quyidagi qoidalardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • qorong‘i pardalar — qish kunlarida ham quyosh ba’zan ertalab porlaydi va u melatonin ishlab chiqarishga to‘sqinlik qiladi;
  • Ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazmaslik — ekranning ko‘k spektri uyqu gormonlarini ishlab chiqarishga salbiy ta’sir qiladi;
  • 15:00 dan keyin kofeinli ichimliklarni ichmaslik lozim;
  • xonani ventilyatsiya qilish, optimal harorat 17-20 daraja bo‘lishi kerak;
  • yotishdan kamida 3 soat oldin faol jismoniy mashg‘ulotlarini tugatish kerak, lekin yotishdan oldin yurish juda foydali bo‘ladi.
Ochiq havoda sayr qilish

Hamma ham sovuq mavsumda yurishni yoqtirmaydi. Muntazam jismoniy mashqlar salomatlikni saqlash uchun zarur va yurish eng yaxshi variantdir. Ular maxsus kiyim yoki poyabzal, maxsus joy yoki vaqtni talab qilmaydi va hamma uchun mos keladi. Yurish, har qanday sport kabi stress bilan kurashishga yordam beradi, to‘plangan kortizolni(qarish gormoni)yo‘q qiladi, qonni kislorod bilan to‘ldiradi, uyqu sifatini yaxshilaydi.

Yurish paytida audio kitoblarni tinglash yoki tinchlantiruvchi musiqa tinglash mumkin. Jismoniy mashqlar burun yo‘llarini tozalaydi, nafas olishni yaxshilaydi, shuningdek, quvnoqlik va energiya beradi. Toza havoda yotishdan oldin sayr qilish kunlik ishdan keyin dam olishga yordam beradi. Hatto yarim soatlik yurish ham stressni kamaytiradi va uyquni yaxshilaydi, uning sifatini oshiradi.

Organizmni o‘z vaqtida tekshirish

Tekshiruvlardan o‘tish soni yoshga bog‘liq. Ma’lum bo‘lishicha, 40 yoshdan kichiklar har 3 yilda bir marta, kattalar har yili to‘liq tekshiruvdan o‘tishi kerak. Majburiy tekshiruvlarga qon va peshob tahlili, onkotsitologiya, sut bezlarining ultratovush tekshiruvi — ayollar uchun, erkaklar uchun — urolog ko‘rigi kiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.