Salomatlik Salomatlik Tez-tez kasal bo‘lishga va vazn ortishiga olib keladigan ovqatlanishga oid zararli odatlar

Tez-tez kasal bo‘lishga va vazn ortishiga olib keladigan ovqatlanishga oid zararli odatlar

O'qildi: 422


Tez-tez kasal bo‘lishga va vazn ortishiga olib keladigan ovqatlanishga oid zararli odatlar

Parhezshunoslar ta’kidlashdan to‘xtamaydi: oziq-ovqat mahsulotlarini zararli yoki foydali turga bo‘lib bo‘lmaydi, bu bilan ovqat hazm qilish tizimiga zarar yetkazish mumkin. Shunchaki har qanday mahsulotlar ijobiy hamda salbiy xususiyatlarga ega, deb yozadi “Woman.ru”.

Foto: “Woman.ru”

Oziq-ovqatlarni tanlash masalasida organizmning xususiyatlariga e’tibor qaratish va mutanosiblik hissini eslab qolish kerak. Quyida vazn ortishiga va kasallanishga sabab bo‘ladigan zararli odatlar bilan tanishib chiqish mumkin.

Juda tez ovqatlanish

Agar shoshqaloqlik bilan ovqatlanilsa, unda oshqozon bilan bog‘liq muammolar boshlanishi mumkin. Bundan tashqari, juda tez ovqatlanadigan odamlar ovqat hazm qilish jarayonini buzadi, natijada ular kerak bo‘lganidan ko‘proq narsani iste’mol qiladi, miya oshqozondan to‘qlik haqidagi ma’lumotni olishga ulgurmaydi. Ovqatlanish paytida to‘qlik hissi taxminan 15-20 daqiqadan so‘ng paydo bo‘ladi.

Nonushtani iste’mol qilmaslik

Nonushtani o‘tkazib yuborish odati xotira va aqliy qobiliyatga putur yetkazadi. Bu kunning qolgan qismini energiya bilan ta’minlaydigan ertalabki ovqat. Bundan tashqari, agar tushlikkacha och yurilsa, kun davomida juda ko‘p ovqatlanish xavfi paydo bo‘ladi. Shuning uchun, nonushta qilish shart va to‘yimli ovqatlarni iste’mol qilish yaxshidir.

Kechki ovqatni ko‘p iste’mol qilish

Kechqurun turli sabablarga ko‘ra ortiqcha ovqatlanish mumkin. Kimdir kun davomida odatdagidek ovqatlanishga ulgurmaydi, kimdir stressni boshdan kechiradi. Biroq juda ko‘p ovqat iste’mol qilinsa, uyqu bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelish mumkin va ertalab charchoq paydo bo‘ladi.

Shuning uchun kechqurun ortiqcha ovqatlanmaslikka harakat qilish lozim. Ammo och qolish kerak emas — kechki ovqatni o‘tkazib yuborish nonushta qilmaslik kabi yomon fikrdir. Shuning uchun yengilroq va past kaloriyali ovqatlar tanovul qilish kerak. Yotishdan oldin olma yeyish tavsiya etiladi: bu bilan ko‘proq vitamin va ichaklar uchun foydali bo‘lgan kletchatkalarni qabul qilish mumkin.

Ovqatdan keyin chekish

Prinsipial jihatdan chekish juda zararli, ammo ovqatdan keyin chekish ikki baravar zararli. Olimlar kechki ovqatdan keyin chekilgan bitta sigaret bir nechta sigaretga teng ekanini aniqladi.

Oz suv ichish

Ko‘proq suv ichish tavsiyalari barchaga ma’lum. Suvsiz odam omon qololmaydi, suvsizlanish salomatlikka zarar. Agar suv juda oz ichilsa, charchoq paydo bo‘ladi, bosh og‘rig‘i kuzatiladi va ich qotishi bezovta qila boshlaydi.

Ko‘p qahva ichish

Olimlar bu ichimlikning organizm uchun juda ko‘p foydali xususiyatlari borligini aniqlagan. Biroq me’yorni esdan chiqarmaslik kerak: kuniga besh yoki undan ortiq stakan qahva ichish yurak-qon tomir tizimiga zarar yetkazadi.

Dam olish kunlarida ortiqcha ovqatlanish

Ba’zi odamlar shunday parhezga rioya qiladi: ular ish haftasi davomida o‘zlarini hamma narsadan cheklaydi, keyin esa dam olish kunlari ketma-ket hamma narsani paqqos tushiradi. Biroq bu yondashuv parhezni buzadi va organizmga zarar keltiradi.

Yomon kayfiyatda ovqatlanish

Inson hayoti, afsuski, u yoki bu tarzda doimiy stress bilan bog‘liq. Ko‘pchilik salbiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirmaslikka, balki ularni egallab olishga harakat qiladi. Biroq har bir yomon kun tufayli ortiqcha shirinlik iste’mol qilish kerak emas. Birinchidan, stress bilan kurashishning boshqa usullari mavjud. Ikkinchidan, bunday vaqtda chips yoki shirinlik emas, mevalar iste’mol qilish mumkin.

Juda ko‘p shakar iste’mol qilish

Bu shakarni butunlay ratsiondan chiqarish kerak, degani emas. Shakar juda ko‘p iste’mol qilinsa, semirish, kariyes va qandli diabet rivojlanishi xavfi ortadi.

Gadjetlardan foydalangan holda ovqatlanish

Sevimli serial sadolari ostida ovqatlanasizmi?Hatto tushlikda ham yangiliklarni o‘qib turasizmi? Bu sog‘lom odat emas: chunki bu jarayonda keragidan ko‘p ovqatlanganlikni sezmaslik mumkin. Shuning uchun ovqatlanish jarayonida chalg‘ituvchi narsalardan cheklanish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.