50 yoshda ham silliq teri va sarvqomatlik: nima sababdan xitoylik ayollar qarimaydi?
Tayvan va xitoylik ayollarning ko‘rinishi hamda yoshi hammani hayratda qoldirishi aniq. The Voice Mag nashri tanishtirib o‘tadigan bugungi qahramonlarning eng kichigi 42 yoshda. Ularning oddiy maslahatlariga amal qilgan holda, ajoyib natijaga erishish va yosh ko‘rinishni saqlab qolish mumkin.
Foto: The Voice MagQuyoshdan himoyalanish
Luer Syuy 43 yoshFoto: The Voice Mag40 yoshda ham terini quyoshdan himoya qiluvchi 20 faktorli mahsulotlarni qo‘llash kerak. Osiyolik ayollarning yuzi juda sezgir bo‘lib, qarish belgilarini to‘xtatish uchun ular hamma narsani qiladi. Quyoshdan himoya qiluvchi kremlar ularga bunda yordam beradi, ayollar har qanday ob-havoda ushbu vositadan foydalanadi va hatto uydan chiqmasalar ham. Agar xitoylik ayollar quyoshli kunda tashqariga chiqmoqchi bo‘lsa, ular o‘zi bilan qo‘lqop, keng qirrali shlyapa va hatto soyabonlarni olib ketadi.
“Yorqin” parhez
Kendi Lo 45 yoshFoto: The Voice MagXitoy aholisi terining rangi ko‘p jihatdan parhezga bog‘liqligiga amin. Bu kulgili ko‘rinadi, lekin ko‘plab osiyolik ayollar ochiq rangli mahsulotlar(sut, baliq, oq go‘sht)yuz rangiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va unga yorqinlik beradi, deb hisoblaydi. Qahva, qizil go‘sht, shokolad va boshqa quyuq rangli mahsulotlar esa teskari ta’sirga ega.
Ko‘proq choy, kamroq qahva
Feyfey Syuy 42 yoshFoto: The Voice MagSevimli tetiklantiruvchi ichimlikni nimaga almashtirish mumkin?Shubhasiz, xitoylik ayollar ko‘k yoki o‘simlik choylariga, deb javob beradi. Osiyolik ayollarning fikriga ko‘ra, choy organizmni zararsizlantirish, zararli moddalarni chiqarib tashlash va shu bilan birga terining yoshligini hamda uning yangi ko‘rinishini saqlashda ishtirok etadi. Choydan tashqari, ularning ratsionida suv, shakarsiz smuzi va limonadlar mavjud.
Sport
Lyu Eylin 50 yoshFoto: The Voice MagMuntazam jismoniy mashqlarsiz qomatni chiroyli saqlab qolish mumkin emas, chunki chunki tonus va taranglik uchun mushaklar javobgar. Misol uchun, 50 yoshli xitoylik ayol Lyu Eylin yigirma yoshida birinchi marta sport bilan shug‘ullanishni boshlaganini eslaydi. 30 yillik mashg‘ulot tajribasi blogerga ajoyib ko‘rinishni taqim etdi.
Oqartiruvchi mahsulotlar
Kendi Lo 45 yoshFoto: The Voice MagPigmentga qarshi krem, gel va niqoblar Xitoy va Tayvan go‘zallarining kosmetika sumkasida bo‘lishi aniq. Ularning tarkibidagi kislotalar epidermisning sirt qatlamini yengillashtirishga va terini tezda tiklashga imkon beradi va beta-karotin kabi ingredientlar yosh o‘tishi bilan paydo bo‘ladigan dog‘larini qo‘zg‘atuvchi gormon — melatonin ishlab chiqarishni sekinlashtiradi.
Kamroq olov
Luer Syuy 43 yoshFoto: The Voice MagXitoylik ayollarning ba’zi ovqatlanish odatlari an’anaviy Sharq falsafasi bilan belgilanadi. Ularning muvozanati spirtli ichimliklar, achchiq va qizarib pishgan ovqatlarni ko‘p iste'mol qilmaslikka olib keladi. Buning o‘rniga osiyolik ayollar o‘z ratsionini tofu, bodring, suv o‘tlari, bug‘doy va bambuk novdalari kabi neytral oziq-ovqatlar bilan to‘ldirishga harakat qiladi.
Manba