Salomatlik Salomatlik Shakardan voz kechilsa organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Shakardan voz kechilsa organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

O'qildi: 349


Shakardan voz kechilsa organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Psixoterapevt shifokor, AQShning funksional tibbiyot instituti(IFM)a’zosi Mixail Gavrilov, shakar iste’mol qilinmasa organizmda qanday o‘zgarishlar yuz berishiga to‘xtalib o‘tadi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Vazn tashlanadi

Shakarning me’yoridan ortiq iste’mol qilinishi, yog‘li taomlardan ham ko‘proq semirishga sabab bo‘ladi. Yog‘ murakkab molekula, organizm uni hazm qilishi uchun vaqt kerak. Glyukoza esa parchalanmaydi. Shu sabab ham glyukoza yog‘ga qaraganda zaxirada ko‘proq to‘planadi.

Taomga qaram bo‘lmaslik

Shirinlikka odam kokaindan ko‘ra 8 marta tez qaram bo‘lishi mumkin. Shirinlik iste’molidan keyin ta’m bilish bilan bog‘liq asab hujayralari opioid va endorfin ishlab chiqarilishiga signal beradi va bu og‘riq va stressni kamayishiga olib keladi. Kayfiyatni ko‘tarilib, inson o‘zini yaxshi his qilishiga sabab bo‘lgani uchun shirinliklarga qaramlik rivojlana boshlaydi. Bu esa ishtaha ochilishi, me’yoridan ko‘proq ovqatlanishga olib keladi.

Qandli diabetga chalinish xavfi kamayadi

Shakar iste’mol qilinganda qonda glyukoza ko‘payib, insulin ishlab chiqarilishi tezlashadi. Bu esa hujayralarning insulinga bo‘lgan ta’sirchanligi yo‘qolishiga olib keladi, qondagi glyukoza esa kamaymaydi. Giperglikemiya — qonda glyukozaning me’yordan ko‘payishi esa ikkinchi turdagi qandli diabet rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Aterosklerozga chalinish xavfi kamayadi

Shirinlik iste’mol qilishni yaxshi ko‘rish oqibatida ateroskleroz kuzatiladi. Glyukoza ta’sirida qon-tomir devorlari yallig‘lanadi. Yallig‘langan qismda “yomon xolesterin” to‘plana boshlaydi va bu tromb paydo bo‘lishiga olib keladi.

Ko‘rinishingiz yaxshilanadi

Shakar muntazam ravishda iste’mol qilinganda, hujayralardagi oqsillar bilan reaksiyaga kirishadi va oqsil glikatsiyasi kuzatiladi. Bu esa to‘qimalarni zararlab, a’zolar funksiyasi buzilishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, teriga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi va oqibatda terida erta qarish alomatlari sezila boshlaydi. Yuzga erta ajin tushishini oldini olish va yosh ko‘rinish uchun ratsiondan shakarni qisqartirish tavsiya qilinadi.

Ko‘p shamollash kuzatilmaydi

Shakarning me’yordan ortiq iste’mol qilinishi, organizmni virus va turli bakteriyalardan himoyalaydigan immun sistemasiga ham ta’sir ko‘rsatadi va sustlashishiga olib keladi. Kamaytirilganda esa immunitet past bo‘lmagani uchun avvalgidek tez-tez shamollash kuzatilmaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.