Ko‘kat, zaytun yog‘i va grechka: Qorin sohasidagi yog‘ni eritishga yordam beradigan 6 ta oziq-ovqat mahsulotlari
Agar navbatdagi “mazali parhez” organizmning ma’lum bir qismidagi yog‘lardan xalos bo‘lishga yordam berishini eshitsangiz, ehtiyot bo‘ling ─ bular marketing hiylalari. Birinchidan, yog‘ organizmdan bir tekisda chiqib ketishi isbotlangan va agar beldagi burmalar yo‘qotilsa, organizmdagi boshqa ortiqcha vazn ham kamayishi mumkin. Ikkinchidan, tabiatda ozishga yordam beradigan hech qanday sehrli mahsulot yo‘q. Chunki organizm juda murakkab fiziologiya va anatomiyaga ega va u keng qamrovli bo‘lib, xilma-xil ovqatlanishga muhtoj. Sog‘lom vazn yo‘qotish haqida gap ketganda, organizmga mos keladigan parhez bilan individual yondashuv juda muhimdir. Marie Claire nashri qorin sohasidagi yog‘larni eritishda yordam beradigan tasiyalar bilan bo‘lishdi, buning uchun, albatta, to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy mashg‘ulotlarni ham inobatga olish zarur.
Foto: PinterestTuz va suv
Inson doimo suv-tuz balansiga e’tibor berishi kerak, busiz organizmda limfa aylanishi, tonus va metabolizm yaxshi bo‘lmaydi, bu shunchaki vaznni to‘g‘ri yo‘qotish uchun zarurdir. Minimal darajada vaznning 1 kilogrami uchun 30 ml suv to‘g‘ri keladi. Tuzga esa ¼ choy qoshiq kunlik me’yor hisoblanadi. Tuzni me’yorida qabul qilish mumkin, chunki uni ratsiondan butunlay chiqarib bo‘lmaydi.
Dolchin
Qalampir munchoq, zanjabil, zarchava, hatto quritilgan ko‘katlar kabi boshqa ziravorlar ham foydali. Ular antioksidantlar bo‘lib, organizmni zararli erkin radikallardan xalos qiladi, toksinlarni chiqarib tashlaydi, hujayralarni kislorod, A, B va E vitaminlari va minerallar bilan to‘yintiradi. Antioksidantlar oziq-ovqat cheklovlari tufayli depressiyadan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Ko‘katlar
Har qanday ko‘kat noyob mahsulot bo‘lib, u oz miqdorda bo‘lsa ham, organizmga kerak bo‘lgan narsani, shu jumladan oqsilni o‘z ichiga oladi. Vazn kamaytirish jarayonida ko‘katlar ratsion balansi uchun muhimdir, shuningdek, ular organizmni suyuqlik bilan ta’minlaydi, ovqat hazm qilish tizimining yaxshi ishlashiga yordam beradi. Ratsionga ko‘katlarni kiritib, vitaminlarning butun majmuasini qabul qilish va hujayralarni xlorofill bilan boyitish mumkin.
Grechka
Nafaqat grechka, balki tushlik uchun boshqa murakkab uglevodlar va kletchatkalar — makaron mahsulotlari, javdar noni, kartoshka, shuningdek, meva va sabzavotlar iste’mol qilish mumkin. Ushbu mahsulotlarning barchasi metabolizmni tezlashtiradi, bu vaznni muvaffaqiyatli yo‘qotishga bevosita ta’sir qiladi. Faqatgina oqsil va sabzavotlarning o‘zini iste’mol qilish natija bermaydi.
Zaytun yog‘i
Kokos yong‘og‘i yoki zig‘ir urug‘i — asosiysi, organizmga bu yog‘lar tarkibidagi o‘simlik yog‘lari kerak. Ular gormonlar sekretsiyasida ishtirok etadi va to‘qlik hissi bilan rag‘batlantiradi, shuningdek, ichak faoliyatini yaxshilaydi.
No‘xat
No‘xat yoki boshqa oqsil manbaini ham iste’mol qilish mumkin. Oqsil organizm uchun juda muhim, ayniqsa vazn yo‘qotish paytida. Bu to‘qlikni keltirib chiqaradi va uzoq vaqt davomida ochlik hissini uyg‘otmaydi. Oqsil yangi hujayralar uchun asosiy vositadir va u kaloriyalarni sarflashga yordam beradigan mushaklarni ham oziqlantiradi. No‘xatni yoqtirmaydiganlar baliq, dengiz mahsulotlari, tuxum, tovuq go‘shti yoki loviyani ham iste’mol qilishi mumkin.
Manba